II-BOB. ÒZBEKISTONDA ERKIN IQTISODIY ZONALAR TASHKIL QILINISHI VA RIVOJLANISHI
Òzbekistonda erkin iqtisodiy zona tashkil qilinishi zaruriyati va iqtisodiy jihati
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hududlarida loyihalarni moliyalashtirayotgan barcha tijorat banklariga, tasdiqlangan kvotalar doirasida, kredit liniyalari ochilishini ta’minlaydi;
maxsus iqtisodiy zonalar va ularning ishtirokchilariga yer uchastkalarini ajratish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF- 5600-son Farmoniga muvofiq amalga oshiriladi; kichik sanoat zonalarini tashkil etish nazarda tutilgan yer uchastkalari kichik sanoat zonasining bosh rejasiga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi, umumiy foydalanishdagi yerlar esa kichik sanoat zonalari direksiyasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi;
Kichik sanoat zonalari hududidagi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishdan kelib tushgan pul mablag‘lari (Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan xarajatlar chegirib qolingan holda) kichik sanoat zonalarining direksiyalariga o‘tkaziladi, ushbu mablag‘lar kichik sanoat zonalarining bosh rejalari asosida tashqi va ichki muhandislik-kommunikatsiya hamda ishlab chiqarish infratuzilmasini qurish va yaxshilash uchun sarflanadi;
Ma’muriy kengashlarga maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari tashkil etilgan barcha hududlardagi davlat mulki bo‘lgan faoliyat yuritmayotgan bo‘sh obyektlarni tasarruf etish huquqi beriladi; maxsus iqtisodiy zona va kichik sanoat zonasidagi ishlab chiqarish quvvatlari, birinchi navbatda, tortib kelingan muhandislik infrastrukturasiga ega bo‘lgan hududlarda va faoliyat ko‘rsatmayotgan bo‘sh binolar, inshootlar hamda qurib bitkazilmagan obyektlar bazasida joylashtiriladi; 2018-yilning 1-martidan boshlab investorlar maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari direksiyalariga axborot tizimlarini ko‘llagan holda interfaol shaklda investitsiya buyurtmanomalarini taqdim etishlari mumkin;
Investitsiya kiritish to‘g‘risidagi bitimlarda nazarda tutilgan investitsiya loyihasi parametrlarini bajarish bo‘yicha belgilangan majburiyatlarning xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilmasligi tadbirkorlik subyektini maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomidan belgilangan tartibda mahrum etish uchun asos hisoblanadi
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi daxldor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini transport, muhandislik- kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalari O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi va keyingi yillardagi rivojlanish davlat dasturlariga kiritilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
maxsus iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish taklif etilayotgan loyihalarning doimiy yangilab turiladigan ro‘yxatini shakllantirish, investitsiya buyurtmanomalarini sifatli va tezkor ko‘rib chiqish, maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilari — subyektlar tomonidan ma’qullangan investitsiya loyihalari amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish yuzasidan;
Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda maxsus iqtisodiy zonalarning har biri uchun sherik- mamlakatni belgilash, salohiyatli xorijiy investorlarni MIZ hududida loyihalarni amalga oshirishga jalb etish, ular bilan tizimli ish olib borish, shuningdek, yangidan barpo etilayotgan ishlab chiqarishlarni zamonaviy uskunalari va texnologiyalar bilan jihozlash qismida maxsus iqtisodiy zonalar hududida ishlab chiqarishni joylashtirishga investitsiya buyurtmanomalarini sifatli va har tomonlama ko‘rib chiqish yuzasidan;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda bekor yotgan yoki qurilishi tugallanmagan obyektlar, samarasiz foydalanilayotgan ishlab chiqarish binolari hamda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilari.
Do'stlaringiz bilan baham: |