Документ Microsoft Office Word


-MAVZU: GURUHLARARO MUNOSABATLAR (4SOAT)



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/103
Sana29.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#80545
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   103
Bog'liq
sotsial psixologiya darslik

19-MAVZU: GURUHLARARO MUNOSABATLAR (4SOAT) 
Reja: 
1. Katta guruhlar psixologiyasi muammosi 
2. Katta guruhlarni sinflarga bo’lish zaruriyati 
 
Katta guruhlar muammosi- ijtimoiy psixologiyada eng yaxshi ishlangan va 
ko‘plab  ilmiy  tadqiqotlar  o‘tkazilgan  ob’ektlardandir.  Bu  an’ana  Amerikada 
asrimiz  boshida  o‘tkazilgan  ko‘plab  eksperimental  tadqiqotlar  boshlangan  bo‘lib, 
ularda  olimlar  oldiga  qo‘yilgan  asosiy  muammo  shu  ediki,  individ  yakka  holda 
yaxshi  ishlaydimi  yoki  guruhda  yaxshiroq  samara  beradimi,  boshqa  odamlarning 
yonida  bo‘lishi  uning  faoliyatiga  qanday  ta’sir  ko‘rsatadi  kabi  savollarga  aniq 
ilmiy  asoslangan  javob  topish  zaruratidir.  SHuni  ta’kidlash  lozimki,  bunday 
sharoitlarda individlarning o‘zaro hamkorligi (interaksiya) emas, balki ularning bir 
vaqtda  bir  erda  birga  bo‘lganligi  faktining  (koaksiya)  ta’siri  o‘rganiladi.  Olingan 
ma’lumotlar  shuni  ko‘rsatadiki,  boshqalar  bilan  hamkorlikda  bo‘lgan  individ 
faoliyatining  tezligi  oshadi,  lekin  harakatlar  sifati  ancha  pasayishi  aniqlandi. 
Bunday  ma’lumotlar  amerikalik  N.Triplett,  nemis  olimi  A.Mayer,  rus  olimi 
V.M.Bexterev, yana bir nemis olimi V.Myode va boshqalarning tadqiqotlarida ham 
qayd  etildi.  Bu  psixologik  hodisa  ijtimoiy  psixologiyada  ijtimoiy  fatsilitatsiya 
nomini  oldi,  uning  mohiyati  shundan  iborat  ediki,  individning  faoliyat 
mahsullariga uning yonida bo‘lgan boshqa individlarning bevosita ta’siri bo‘lib, bu 
ta’sir  avvalo  sensor  kuchayishlar  hamda  ish-harakatlarning,  fikrlashlarning 
tezligida  namoyon  bo‘ladi.  Lekin  ayrim  eksperimentlarda  teskari  effekt  ham 
kuzatildi,  ya’ni,  boshqalar  ta’sirida  individ  reaksiyalaridagi  tormozlanish 
faoliyatining susayishi holatlari kuzatildi. Bu xodisa fanda ingibitsiya nomini oldi. 
Lekin olingan faktlarning qandayligidan qat’i nazar, olimlar uchun kichik guruhlar 


asosiy  tadqiqot  mavzuiga  aylanib  qoldi  va  ular  natijasida  qator  qonuniyatlar 
ochildi.  
Tarixan  kichik  guruhlarni  rasmiy  va  norasmiy  turlarga  bo‘lish  qabul 
qilingan.  Bunday  bo‘linishni  amerikalik  olim  E.Meyo  taklif  etgan  edi.  Uning 
fikricha,  rasmiy  guruh  har  bir  a’zolarning  rasmiy  rollarga  ega  ekanligi,  ular 
mavqeining  va  guruhda  tutgan  o‘rnining  aniqligi  bilan  xarakterlanadi.  Bunday 
guruhlarda munosabatlar asosan “vertikal” tarzda ro‘y berib, guruhning bir yoki bir 
necha  a’zosida  “hokimiyat”  bo‘lganligi  uchun  ham,  ular  boshqalarni  boshqarish, 
ularga  buyruq,  rasmiy  ko‘rsatmalar  berish  huquqiga  ega  bo‘ladilar.  Rasmiy 
guruhga  misol  qilib  har  qanday  birgalik-dagi  faoliyat  maqsadlari  asosida 
shakllangan  jamoalarni  –  ishlab  chiqarish  brigadasi,  talabalar  guruhi,  sinf 
o‘quvchilari, pedagogik jamoa va boshqalarni olish mumkin.  
Rasmiy guruhlardan farqli o‘laroq norasmiy guruhlar ham mavjud bo‘ladiki, 
ular asosan stixiyali tarzda, aniq maqsadsiz tarkib topadi va ularda a’zolarning aniq 
mavqelari,  rollari  oldindan  belgilangan  bo‘lmaydi.  Ko‘pincha  norasmiy  guruh 
rasmiy  guruh  tarkibida  tashkil  topadi  va  ularni  boshqarish  ham  oldindan 
belgilangan  bo‘lmay,  odamlar  ichidan  u  yoki  bu  shaxsiy  sifatlari  tufayli  ajralib 
chiqqan a’zolar norasmiy rahbarlik rolini bajarishlari mumkin.  
Bundan  tashqari,  ijtimoiy  psixologiyada  referent  guruh  tushunchasi  ham 
bor.  Bu  tushuncha  fanga  birinchi  marta  amerikalik  tadqiqotchi  G.Xaymen 
tomonidan  1942  yilda  kiritilgan  edi.  U  o‘z  tadqiqotlarida  shuni  isbot  qildiki, 
ma’lum bo‘lishicha, guruh a’zolari uchun shu guruh ichida yoki boshqa doiralarda 
shunday  shaxslar  guruhi  mavjud  bo‘lar  ekanki,  u  o‘z  xatti-harakatlari,  fikrlari  va 
yo‘nalishlarida  o‘sha  guruh  a’zolariga  ergashish,  ularni  tanqidsiz  qabul  qilishga 
moyil  hamda  tayyor  bo‘lar  ekan.  SHunday  shaxslar guruhi  referent  guruh nomini 
oldi. O‘quvchi uchun bunday guruh rolini maktabdagi bir necha o‘qituvchilar, otasi 
yoki  onasi,  yaqin  do‘sti  yoki  qarindoshlaridan  kimdir  o‘ynashi  mumkin.  SHunisi 
xarakterliki, shaxs doimo shu guruhga ergashadi, uni qadrlaydi, u bilan muloqotda 
bo‘lishga intiladi. Rus psixologlari bu guruhni odatda shaxs uchun mavjud haqiqiy 
guruh (a’zolik guruhi) tarkibida yoki unga qarshi bo‘lgan guruh sifatida qaraydilar. 
Nima  bo‘lganda  ham  ana  shunday  guruhning  mavjudligi  shaxs  uchun  ahamiyatli 
bo‘lib,  uning  xulq-atvori  uchun  etalon  hisoblanadi.  Tadqiqotchi  yoki 
tarbiyachining vazifasi, ana shu guruhni aniqlay olish va aniqlagandan so‘ng nima 
uchun  aynan  shu  guruh  referent  rolini  o‘ynaganini  bilish  muhimdir.  Referent 
guruhga qarab shaxsga baho berish, uning xulq-atvorini bashorat qilish mumkin.          

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish