Документ Microsoft Office Word


-MAVZU:KICHIK GURUHLAR PSIXOLOGIYASI



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/103
Sana29.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#80545
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   103
Bog'liq
sotsial psixologiya darslik

18-MAVZU:KICHIK GURUHLAR PSIXOLOGIYASI 
(4SOAT) 
Reja: 
1.Kichik  guruhlar  klassifikatsiyasi:  birlamchi  va  ikkilamchi  guruhlar,  rasmiy  va 
norasmiy, a’zoli va referent guruxlar.  
2.Gurux va tashkilot. Tashkilot psixologiyasi. 


 
 
Guruhdagipsixologikmuhit 
 
 
Kichik guruhlarning klassifikatsiyasi
R.S.Nemov  kichik  ijtimoiy  guruhlarning  quyidagi  klassifikatsiyasini  taklif 
etgan.  
1-rasm. 
KICHIK GURUHLARNING TURLARI 
Shartli (nominal) 
real (haqiqiy) 
tabiiy 
Laboratoriya tipli 
Formal (rasmiy) 
Noformal (norasmiy) 
Ижтимоий  психологик  муҳит  деганда,
  ўша  гуруҳнинг 
аъзолари 
фикрлари, 
ҳиссиётлари, 
дунёқараши, 
установкалар  ва  ўзаро  муносабатларидан  иборат  бўлган 
эмоционал-интеллектуал ҳолати тушунилди. 
 
Гуруҳнинг шахсга ижобий таъсири 
ҳодисасини фасцилитациядеб 
аталади. Бунда шахс ўзидаги қобилият 
ва фазилатларини, ишчанлик 
хусусиятларини намоён қила олиши 
кузатилади. 
Шахс  ўзидаги  қобилият,  имконият 
ва лаёқатини юзага чиқара олмаса, бунда 
гуруҳ унга салбий таъсир кўрсатса, шахсда 
тормозланиш 
намоён 
бўлади, 
бу 
ҳодисани ингибициядеб аталади.   
Кичик гуруҳлар классификацияси 
Шартли (номинал) 
Реал (хақиқий) 
Табиий; 
Лаборатория типли 
Расмий ва норасмий; 
Кучсиз ривожланган ва кучли 
ривожланган; 
Корпорация ва жамоалар; 


Kuchsiz rivojlangan 
Kuchli rivojlangan 
Korporatsiya 
Jamoalar 
Referent 
Noreferent 
Tarixan kichik guruhlarni rasmiy va norasmiy turlarga bo‘lish qabul qilingan. 
Bunday  bo‘linishni  amerikalik  olim  E.Meyo  taklif  etgan  edi.  Uning  fikricha, 
rasmiy guruh har bir a’zolarning rasmiy rollarga ega ekanligi, ular mavqeining va 
guruhda  tutgan  o‘rnining  aniqligi  bilan  harakterlanadi.  Bunday  guruhlarda 
munosabatlar  asosan  ''vertikal"  tarzda  ro‘y  berib,  guruhning  bir  yoki  bir  necha 
a’zosida  ''hokimiyat"  bo‘lganligi  uchun  ham,  ular  boshqalarni  boshqarish,  ularga 
buyruq, rasmiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘ladilar. Rasmiy guruhga misol 
qilib  har  qanday  birgalikdagi  faoliyat  maqsadlari  asosida  shakllangan  jamoalarni 
— ishlab chiqarish brigadasi, talabalar guruhi, sinf o‘quvchilari, pedagogik jamoa 
va boshqalarni olish mumkin. 
Rasmiy  guruhlardan  farqli  o‘laroq  norasmiy  guruhlar  ham  mavjud  bo‘ladiki, 
ular asosan stixiyali tarzda, aniq maqsadsiz tarkib topadi va ularda a’zolarning aniq 
mavqelari,  rollari  oldindan  belgilangan  bo‘lmaydi.  Ko‘pincha  norasmiy  guruh 
rasmiy  guruh  tarkibida  tashkil  topadi  va  ularni  boshqarish  ham  oldindan 
belgilangan  bo‘lmay,  odamlar  ichidan  u  yoki  bu  shaxsiy  sifatlari  tufayli  ajralib 
chiqqan a’zolar norasmiy rahbarlik rolini bajarishlari mumkin. 
Bundan  tashqari,  ijtimoiy  psixologiyada  referent  guruh  tushunchasi  ham 
bor.  Bu  tushuncha  fanga  birinchi  marta  amerikalik  tadqiqotchi  G.  Xaymen 
tomonidan  1942  yilda  kiritilgan  edi.  U  o‘z  tadqiqotlarida  shuni  isbot  qildiki, 
ma’lum bo‘lishicha, guruh a’zolari uchun shu guruh ichida yoki boshqa doiralarda 
shunday  shaxslar  guruhi  mavjud  bo‘lar  ekanki,  u  o‘z  hatti-harakatlari,  fikrlari  va 
yo‘nalishlarida o‘sha guruh a’zolariga ergashish, ularning fikrlarini tanqidsiz qabul 
qilishga moyil hamda tayyor bo‘lar ekan. SHunday shaxslar guruhi referent guruh 
nomini  oldi.  O‘quvchi  uchun  bunday  guruh  rolini  maktabdagi  bir  necha 
o‘qituvchilar, otasi yoki onasi, yaqin do‘sti yoki qarindoshlaridan kimdir o‘ynashi 
mumkin. SHunisi harakterliki, shaxs doimo shu guruhga ergashadi, uni qadrlaydi, 
u  bilan  muloqotda  bo‘lishga  intiladi.  Rus  psixologlari  bu  guruhni  odatda  shaxs 
uchun  mavjud  haqiqiy  guruh  (a’zolik  guruhi)  tarkibida  yoki  unga  qarshi  bo‘lgan 
guruh sifatida qaraydilar. Nima bo‘lganda ham ana shunday guruhning mavjudligi 
shaxs  uchun  ahamiyatli  bo‘lib,  uning  xulq-atvor  uchun  etalon  hisoblanadi. 
Tadqiqotchi  yoki  tarbiyachining  vazifasi,  ana  shu  guruhni  aniqlay  olish  va 
aniqlagandan so‘ng nima uchun aynan shu guruh referent rolini o‘ynaganini bilish 
muhimdir.  Referent  guruhga  qarab  shaxsga  baho  berish,  uning  xulq-atvorini 
bashorat qilish mumkin. 


Agar  odamlar  ko‘chada  tasodifiy  hodisani  tomoshabini  bo‘lib  turishgan 
bo‘lsa,  ularni  psixologiya  tilida  guruh  emas,  agregatsiya  (olomon)  deb  atashadi. 
Haqiqiy  guruh uchun  o‘sha odamlarning  barchasiga  aloqador umumiy  faoliyat  va 
hamkorlik  qilish,  bir  -  birlariga  ta’sir  ko‘rsatish  imkoniyati  bo‘lishi  kerak. 
Amerikalik  psixolog  CH.  Kuli  hamkorlikning  darajasi  mezoniga  ko‘ra  guruhlarni 
birlamchi  va  ikkilamchi  turlarga  bo‘lib  o‘rganishni  taklif  etgan  edi.  Birlamchi 
guruhda  shaxslararo  o‘zaro  ta’sir  «yuzma  -  yuz,  bevosita»  ro‘y  beradi.  Masalan, 
oila  davrasidagi,  sinfdagi,  hisobchilar  xonasida  o‘tirganlar  birlamchi  guruhga 
misoldir. 
Ikkilamchi  guruhlarda  har  doim  ham  odamlarning  bevosita  muloqotda 
bo‘lish  imkoniyatlari  bo‘lmaydi.  Ular  o‘rtasidagi  munosabat  va  o‘zaro  ta’sir 
bilvosita  bo‘ladi.  Masalan,  yirik  bir  tashkilotdagi  tizimlar  orqali  muloqot,  kasaba 
uyushmasiga  birlashgan  odamlar,  «Vatan»  taraqqiyoti  partiyasi  a’zolarining 
bog‘liqligi  ikkilamchi  guruhga  misol.  Ularda  ham  umumiylik  bo‘ladi,  masalan, 
o‘sha  partiyani  oladigan  bo‘lsak,  ular  Qashqadaryoda  bo‘ladimi,  Farg‘onadami, 
baribir  umumiy  g‘oya  atrofida  birlashishadi,  a’zolik  badallarini  vaqtida  to‘lab 
turishadi, saylov oldi kompaniyalarida bir - birlarini qo‘llab - quvvatlab turadilar. 
Turli  guruhlar  inson  hayotida  bir  necha  funksiyalarni  bajaradilar:  a) 
ijtimoiylashtiruvchi  funksiya;  b)  instrumental,  ya’ni,  aniq  mehnat  funksiyalarni 
amalga oshirishga imkon beruvchi muhit; v) ekspressiv - odamlarning o‘zgalarning 
tan olishlari, hurmatga sazovor bo‘lish, ishonch qozonishini ta’minlash; g) qo‘llab 
-  quvvatlash,  ya’ni,  qiyin  paytlarda,  muammolar  paydo  bo‘lganda  odamlarni 
birlashtirish funksiyasi. 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish