Документ Microsoft Office Word



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/103
Sana29.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#80545
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   103
Bog'liq
sotsial psixologiya darslik

 
 
16-MAVZU: SOTSIAL-PSIXOLOGIYADA KATTA GURUHLARNING 
O’RGANILISHI (4SOAT) 
Reja: 
1. Gurux strukturasi 
2. Gurux normalarining shaxs individual xususiyatlariga ta’siri 


 
 
 
Etnopsixologik  tadqiqotlarda  xilma-xil  uslub    va  metodlar  qo‘llaniladi. 
Chunki bunday tadqiqotlarda shaxs xususiyatlarini o‘rganuvchi turlicha testlardan 
tortib,  proektiv  metodlar,  eksperimentlarning  turlicha  ko‘rinishlari,  so‘roq 
metodlari  —  anketa,  intervyu,  sotsiometriya,  shakl  metodlari  va  boshqalar 
ishlatiladi.  Bu  metodlar  hozirgi  kunlarda  ham  ''madaniy  muhit  va  shaxs", 
guruhlararo  munosabatlar  hamda  boshqa  tadqiqotlarda  qo‘llanilmoqda.  Bunday 
ishlarni  faqatgina  ijtimoiy  psixologlar  emas,  balki  umuman  psixologiya  bilan 
shug‘ullanuvchi  olimlar  ham  o‘tkazmoqdalar.  Lekin  shunday  bo‘lishiga  qaramay, 
etnopsixologik metodlarni hammaga ham birday qo‘llash to‘g‘ri  kelmasligi tufayli 
ularning  tanqisligi  sezilarlidir.  Chunki  etnopsixologiya  muammosi  bilan 
shug‘ullanishni  maqsad  qilib  qo‘ygan  har  bir  tadqiqotchi  yo  mavjud 
metodikalardan  birini  qayta  o‘zgartirishga,  yoki  bo‘lmasa,  o‘zicha  yangi  metodni 
kashf qilishga majbur bo‘lmoqda. Nihoyat, etnopsixologik metodlarni qo‘llashning 
noqulayligi  shundaki,  masalan,  Amerikada  juda  yaxshi  natija  berib,  ishonchli 
ma’lumotlar to‘plangan metodika Osiyo mamlakatlari yoki bizning jumxuriyatimiz 
sharoitida  umuman  hech  narsani  o‘lchamasligi  mumkin.  Shuning  uchun  ham 
hozirda butunjahon olimlari har qanday  madaniy  muhitdan ham  yuqori turadigan, 
universal  test  yoki  metodika  yaratish  fikrining  asossizligi  haqida  umumiy  fikr 
bildirmoqdalar
Etnopsixologik  tadqiqotlar  o‘tkazish  ni  maqsad  qilib  qo‘ygan  har  qanday 
tadqiqotchi asosiy prinsiplar sifatida madaniy muhit sharoitlarining xilma-xilligi va 
ularning  o‘zaro  bir-birlariga  ta’sir  ko‘rsatishini  inobatga  olmog‘i  zarur.  Bu  narsa 
etnopsixologik  tadqiqot  dasturini  tuzishda  albatta,  hisobga  olinishi  kerak.  Misol 
uchun,  O‘zbekiston  sharoitida  tadqiqot  o‘tkazilmoqchi  bo‘linsa,  quyidagi 
narsalarga e’tiborni qaratish lozim: bu sharoitida yashovchi barcha millatlarga xos 
bo‘lgan  umumiy  psixologik  omillar  va  ularni  aniqlash  usullari;  faqat  o‘zbek 
millatiga  xos  bo‘lgan  psixologik  sifatlar  va  omillarni  aniqlash;  aniqlangan 
Гуруҳ  - 
маълум  ижтимоий  фаолият  мақсадлари  асосида 
тўпланган,  мулоқот  эҳтиёжлари  қондириладиган  инсонлар 
уюшмасидир. 
Гуруҳ турлари 
Референт гуруҳ 
Норматив гуруҳ 
Қиёслаш 
гуруҳлари 
Негатив 
гуруҳлар 


omillarni  yoki  psixologik  sifatlarni  o‘lchaydigan  yoki  eksperimental  usulda 
tekshirishga  imkon  beradigan  metodlarni  tanlash  va  ularni  konkret  sharoitlarga 
moslash;  tadqiqotchilar  guruhini  tekshirilayotgan  milliy  guruh  tilini,  urf-odatini 
biladigan xodimlar bilan ta’minlash. Chunki, tadqiqot ob’ekti hisoblangan guruhda 
o‘sha  guruh  tilida  tadqiqot  o‘tkazish  kerak,  bu  orqali  esa  tekshiriluvchilarga 
qo‘yilgan  har  bir  talab,  savol  va  topshiriqlar  ular  uchun  tushunarli  bo‘lishi 
ta’minlanadi. 
Shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  u  yoki  bu  milliy  guruh  psixologiyasini, 
undagi  etnik  stereotiplarni  tekshirishga qaratilgan  maxsus  metodlar  yo‘q,  shuning 
uchun  ham  tadqiqotlar  mavjud  metodlar  orasidan  keragini  tanlab,  ularni  joy 
sharoitlariga moslashtirish zaruratini tug‘diradi va buning uchun zarurat bo‘lsa bu 
metodlarni  u  tildan  bu  tilga  tarjima  qilish  ham  kerakdir.  Tarjima  xususida  shuni 
aytish  kerakki,  maxsus  psixologik  testlar  yoki  metodlarni  (anketalar,  so‘roqlar, 
shkalalar savollarini) tarjima qilish tarjimondan yuksak bilimdonlik va professional 
sifatlarni  talab  qiladi.  Aks  holda,  metodika  o‘z  qimmatini  yo‘qotishi  yoki  kerakli 
sifatni  aniqlamasligi  yoki  o‘lchamasligi  mumkin.  Hattoki,  noverbal  (og‘zaki 
berilgan)  testlarni  turli  sharoitlarda  qo‘llab,  olingan  ma’lumotlarni  sharhlash 
bosqichida  uning  mazmuni  yoki  maqsadi  o‘zgarganligi  ko‘plab  tadqiqotlarda 
isbotlangan.  Shuning  uchun  ham  har  qanday    metodik  uslubni  qo‘llashdan  oldin 
uni  kichikroq  guruh  doirasida  sinab  ko‘rish  va  natijalarni  ekspertlarga  berib  yoki 
boshqa  yordamchi  metodlar  yordamida  qayta  sinovdan  o‘tkazish  yo‘li  bilan 
tekshirib olish maqsadga muvofiqdir. 
Konkret  etnopsixologik  tadqiqotlarga  qo‘yiladigan  yana  bir  talab  — 
tadqiqotni tabiiy sharoitlarda, tekshiriluvchilar uchun tanish bo‘lgan joylarda qisqa 
ko‘rsatmalar  berish  yo‘li  bilan  o‘tkazishdir.  Chunki  etnopsixologik  tadqiqotlarda 
ko‘pincha  turli  yosh,  kasb  va  ma’lumotga  ega  bo‘lgan  shaxslar  ishtirok  etadilar. 
Shuning  uchun  ham  ularning barchasi  uchun  tushunarli,  aniq  topshiriqlar  tizimini 
tuza  olish  ham  psixologdan  qator  professional  malakalarni  talab  qiladi.  Metodik 
uslublar milliy psixologiyani o‘rganishda  millatning ko‘p  qirralarini,  psixologik 
holatini  aniqlashga  imkon  beradi.  Bu  esa    tadqiqotchining    uslubiy  tayyorgarlik 
darajasiga bog‘liqdir. 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish