Oila-ijtimoiy psixologiyaning o‘rganish ob’yekti sifatida.
Bu yerda oilaga xos psixologik jarayonlar oila a’zolarining bir-birlariga
munosabatlari, nikohdagi o‘zaro moslik masalalari, oilaviy mojarolarning
psixologik omillari, oilada bola tarbiyasining ijtimoiy-psixologik metodlari
o‘rganiladi.
Ijtimoiy tasavvurlar ijtimoiy psixologiyaning o‘rganish ob’yektidir.
Ijtimoiy tasavvurlar shaxslararo munosabatlar tizimida shakllanib, ular shaxs
xulq-atvorini turli ijtimoiy vaziyatlarni boshqarib turuvchi muhim psixologik
mexanizmdir. Ular individual va ijtimoiy ong o‘rtasidagi o`ziga xos psixologik
ko‘prik bo‘lib, bizning kundalik hayot tarzimiz, ob’ektiv borliqni tushunish va
anglashning muhim vositasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |