Документ Microsoft Office Word



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/103
Sana29.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#80545
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   103
Bog'liq
sotsial psixologiya darslik

Intervyu o‘tkazish uchun odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko‘rishi kerak, 
chunki  u  tadqiqotchidan  qator  muhim  shaxs  sifatlarining  bo‘lishini  talab  qiladi. 
Shuning  uchun  ham  ijtimoiy  psixologiyada  “rolli  o‘yinlar”  metodi  yordamida 
psixolog yoki sotsiolog maxsus tayyorgarlik kursidan o‘tadi, turli vaziyatlarda turli 
toifali inosnlar bilan intervyu o‘tkazish orqali, o‘z malakasini oshiradi.  
Anketa  metodi  hammaga  tanish  bo‘lgan  usullardan  biri.  Lekin  ko‘pincha 
anketani  o‘tkazgan  odamuning  tuzilishi  qanchalik  qiyinligini  yoki  olingan 
ma’lumotlarni  qayta  ishlash,  ularni  to‘g‘ri  sharhlash  naqadar  mushkul  ekanligini 
tasavvur qilmaydi. Anketaga kiritilgan savollar ma’lumotiga ko‘ra anketa ochiq va 
yopiq  turlarga  bo‘linadi.  Ochiq  anketa  respondentdan  o‘z  fikrini  erkin  bayon 
etishni  talab  qiladi,  yopiq  shakldagi  anketa  savollarining  esa  javoblari  oldindan 
berilgan  bo‘lib,  tekshiriluvchi  o‘ziga  ma’qul  bo‘lgan,  o‘zining  qarashlari,  fikrlari 
bilan  mos  kelgan  javobni  belgilab  beradi.  Ochiq  savollarning  kamchiligi  – 
respondentlarning  har  doim  ham  qo‘yilgan  vazifaga  yetarli  darajada  mas’uliyat 
bilan  qaramasliklari hamda  berilgan  javoblarni  statistik  jihatdan  ishlov berishdagi 
qiyinchiliklar  bo‘lsa,  yopiq  anketada  respondentga  tekshiriluvchi  (tomonidan  o‘z) 
fikriga  ergashishga  o‘xshash  holatning  mavjudligi  yoki  har  doim  ham  hamma 
savolning  barcha  javob  variantlarini  topib  bilmaslikdadir.  Shunday  holatlarda 
respondent  yo  umuman  javob  bermasligi  yoki  “tavakkal”  qilib  bir  variantni 
belgilab  berishi  mumkin.  Shuning  uchun  ham  keyingi  paytlarda  yarim  yopiq 
savollardan  iborat  anketalar  tuzilmoqdaki,  ularda  javob  variantlaridan  tashqari 
qo‘shimcha tarzda fikr bildirish uchun qo‘shimcha qatorlar beriladi.   
Anketaga 
kiritilgan 
savollar 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
berilishi 
mumkin. 
Masalan,”...xususida  Sizning  fikringiz?”,  “...ekanligini  bilasizmi?”,  “Sizga 
ma’qulmi?”  va  shunga  o‘xshash.  Lekin  savollar  bilvosita  berilsa  ham  u  yaxshi 
qabul qilinadi. Masalan, “Ba’zi odamlar..., deb hisoblaydilar. Sizchi?” yoki oilaviy 
daromad  tadqiqotchini  qiziqtirganda  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  “Daromadingiz  qancha?” 
demasdan,  balkiuy-ro‘zg‘or  buyumlari  ro‘yxati  va  boshqa  pul  bilan  bog‘liq 


narsalarning  bor  yoki  yo‘qligini  so‘rash  yo‘li  bilan  ham  o‘rganish  mumkin. 
Ko‘pgina tadqiqotlarda tekshiriluvchilarga “proektiv” savollar ham beriladi. Bunda 
shaxsga  bir  qancha  hayotiy  vazifalar  u  yoki  bu  xulq-atvor  shakllari  taklif  qilinib, 
ular  ichidan  o‘ziga  ma’qul,  u  ma’qullashi  mumkin  bo‘lgan  javobni  tanlash 
topshiriladi.    

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish