Qayroq
Qayroq-O‘rta Osiyo xalqlarining o‘rtasida keng tarqalgan urma zarbli
musiqa asbobi hisoblanadi. Ma‘lumotlarga qaraganda qadimda saroy
marosimlarida bo‘ladigan bazmlarda qayroq ijrosi ko‘p ishlatilgan. Asosan
bu cholg‘uni ayollar ijro etishgan.
O‘zbekistonda jumladan Xorazm va Buxoroda qayroq cholg‘usini ko‘p
ishlatadilar. Raqslarda ijro etiladigan qayroq cholg‘usi, yapaloq, tekis qilib
silliqlangan to‘rtta toshdan iborat bo‘ladi. Ijrochi har bir qo‘liga bir juftdan
ushlab, qayroqlarni silkitib yoki titratib har xil kerakli usullarni beradi.
Qayroqda biror kuy, raqs yoki ashula usulini (ritmini) ijro etish paytida,
ijrochi har xil milizm ya‘ni milliy bezaklardan foydalanadi.
Odatda qayroqni raqs tushuvchi o‘zi chaladi. Raqqos yoki raqqosa
qayroqni bir-biriga urilishidan chiqqan ritmik tovushni o‘z raqsiga jo‘r qiladi.
Qayroq cholg‘usida ijro etiladigan kuylardan: «Qayroq o‘yini», «Norin-
norin», «Xorazm lazgisi» va shunga o‘xshash rašsona kuy qo‘shiqlardir.
Chang
Chang cholg‘usi juda ko‘hna va qadimiy cholg‘ulardan hisoblanadi.
Abu Nasr Muhammad Forobiyning ta‘kidlashicha o‘sha davrdagi changning
15 ta tori bo‘lgan, ikki oktavalik musiqa cholg‘ulari guruhiga kirgan. Oralig‘i
teng yarim ton tovushlarga ega bo‘lgan. Risolada ta‘rif berishicha barcha
cholg‘ular ashula, raqs, yakkanavoz va ansambl ijrochiligiga jo‘r bo‘lishda
foydalanilgan. Ayniqsa ud cholg‘usida ijro etilayotgan kuyga, tanbur, rubob,
chang uyg‘un jo‘r bo‘lishi uchun, sozlash usullarini tushuntiradi. Sharqning
ulug‘ allomasi Al-Forobiy musiqa ilmining bir bo‘limi sifatida cholg‘ularni
o‘rganuvchi cholg‘ushunoslik sohasiga asos soldi. Bu soha keyinchalik
boshqa olimlarning asarlarida ham keng boyitildi va rivojlantirildi.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) ning "Davolash kitobi" deb nomlangan
qomusining " Musiqa xaqida risola" bobida o‘sha davrning musiqachiligiga
oid ilmiy-falsafiy bilimlari bayon etilgan. Bu risolada cholg‘ular ikki guruhga
bo‘linganlgini ta‘riflaydi: mizrobli, noxunli (barbod, tanbur, rubob) va butun
rezanator qopqog‘i bo‘ylab tortilgan ochiq torli cholg‘ular (shohrux, chiltor,
lira) chang va arfa asboblaridir.
XVII asrda yashab ijod etgan mashhur musiqashunos olim Xofiz
Darvish Ali chang cholg‘usidagi mukammal ilm olgan cholg‘uchi
hisoblangan. U kishining ustozlari Toshkentlik Amir Fathiy bo‘lgan.
Abdurauf Fitratning ma‘lumot berishicha XVII asrda Abdullaxon zamonidan
Imomqulixon zamonigacha bo‘lgan mashhur musiqashunoslar: Hofiz Darvish
Ali changchi, Buxorilik dutorchi Mahmud Ishoq o‘g‘li, Toshkentlik Amir
Fathiy, Samarqandlik Mavlono Boqiy Zardo‘z, Hojagiy Ja‘far qonuniy, Hofiz
Tonish, Hofiz Turdiy qonuniy, Mirza arabiy Qo‘ng‘irot, Qubuzchi Hofiz
Poyanda, Qubuzchi Shayx Ahmad, Qubuzchi Mirmastiy, Balxlik ustod
Abdullo Naychi, tanburchi Xo‘ja Navro‘z, Husayin Uddiy, g‘ijjakchi ustod
O‘zbek va boshqalar.
Darvish Ali (XVII) ning ma‘lumotiga qaraganda chang cholg‘uvchilar
homiysi Zuhraga bag‘ishlangan. Ta‘riflangan changning yetti maqom ijrosi
uchun yigirma olti tori va yetti pardasi bo‘lgan. Risoladagi ta‘rif bo‘yicha
cholg‘u asboblarining yettitasi: tanbur, chang, qonun, ud, rubob, qubuz,
g‘ijjak, o‘sha davrda juda keng tarqalgan cholg‘ular edi. Darvish Alining
ma‘lumotlari musiqa amaliyotida dastlab ansamblda uyg‘un jo‘r ovoz hosil
qiladigan torli-noxunli va torli-kamonchali cholg‘ular qo‘llanilganligi
haqidagi fikrni tasdiqlaydi.
Taniqli cholg‘uchi Darvish Alidan ud va chang chalish mahoratini
egallagan, uning shogirdi, mohir sozanda Mavlono Zaynullo Bedaniy Rumiy
ko‘pgina peshrav (Isfaxon, saqil, peshrav va boshqalar) ijodkori edi.
A.Navoiy
Do'stlaringiz bilan baham: |