Doira Doira (childirma, chirmanda, doyra, daff, dapp) — oʻzbek, tojik, uygʻur va boshqa sharq xalqlarining cholgʻu asbobi. Doira zarb bilan urib chalinadi. Gardishi oʻrik, yongʻoq yogʻochidan yasaladi



Download 6.65 Kb.
Sana03.03.2017
Hajmi6.65 Kb.
Doira

Doira (childirma, chirmanda, doyra, daff, dapp) — oʻzbek, tojik, uygʻur va boshqa sharq xalqlarining cholgʻu asbobi. Doira zarb bilan urib chalinadi. Gardishi oʻrik, yongʻoq yogʻochidan yasaladi. Gardishi ustidan tashqari tomondan teri bilan qoplanadi. Gardishning ich tomoniga tamburinnikiga oʻxshash xalqachalar osiladi.



Tarixi

Doira qadimiy musiqa cholgʻularidan hisoblanadi. Markaziy Osiyo (Niso shahri, eramizdan avvalgi 2-asr)da topilgan terrakota yodgorliklarida doirachi ayollar tasvirlangan. Doira va unga yaqin urma musiqa cholgʻulari tojik, arman, ozar, uygʻurlarda dap, dapp, daff, def deb nomlanadi.

20-asrda oʻzbek doira ijrochilik anʼanalarini Usta Olim Komilov, T. Inogʻomov, D. Sottixoʻjayev, Rahim Isoxoʻjayev, F. Azimov, Qahramon Dadayev, O. Kamolxoʻjayev, aka-uka Islomovlar, M. Oripov, R. Otaboyev, T. Sayfiddinov, R. Samadov va boshqalar mukammallashtirgan.

Tuzilishi

Doiraning asosiy qismi (gardishi) tok zangi, soʻnggi yillarda zarang, akatsiya, loʻlilarda tol daraxtlaridan ishlanadi. Gardishning tashqi tomoniga buzoq, toy yoki echkining oshlangan terisi qoplanadi. Ichki tomoniga esa tamburinnikiga oʻxshash maʼdandan ishlangan halqachalar osiladi. Doiraning halqasiz turlari ham mavjud.

Gardish diametri 400—510 mm ni tashkil etadi. Doirada tovush ikki qoʻl barmoqlari yordamida hosil qilinadi. Undan yakka ijroda hamda turli xil milliy cholgʻu ansambllarida joʻrnavoz cholgʻu sifatida foydalaniladi.

Chalish usuli

Doirani chalishda qoʻllaniladigan ritm birliklari (naqralar) haqida qadimiy manbalarda yozilgan. Doira usuli odatda ikki xil zarbdan iborat. Biri — bak (baka, bako, bakka, bakko). Bak doira gardishiga yaqin joyga urilganda chiqadigan tovushdir. Ikkinchi zarb — bum. Bumni chalish uchun barmoqlarni choʻzib doiraning oʻrtaroq qismiga uriladi.



Maqola www.furqatjon.ga sayti maxsuloti. Yanada ko’proq maqola va kerakli ma’lumotlar yuklab olish uchun www.furqatjon.ga saytiga tashrif buyuring.

Eslatma: Maqola ko’chirib olinib boshqa saytga yuklanganda www.furqatjon.ga saytidan olindi deyishni unutmang. Tashrifingiz uchun raxmat.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa