HARAKAT
MASHQLAR
Siz dahosiz; har qanday muammoni hal qilish, har bir to’siqlarni oshib o’tish va o’z oldingizga qo’ygan har qaysi maqsadingizga yetish yo’lida tug’ma ijodkor qobiliyatingizdan foydalanishga qat’iy qaror qiling.
O'zingizning eng muhim maqsadingizni sahifaning yuqori qismiga savol shaklida yozing; bu savolga yigirma (20) ta javob yozing va keyin ulardan kamida bittasida olib amalga oshiring; buni har kuni qiling.
Ishlab chiqarayotgan mahsulotingiz yoki ko’rsatayotgan xizmatingizning avzal va ustun jihatlarini aniqlang; nima siz sotayotgan mahsulotni boshqa raqobatchilardan yaxshiroq qiladi?
Mijozlaringiz nima uchun birovdan emas, balki sizdan sotib olishlarini aniqlang; qaysi jihatlarni kuchaytirish orqali foydani oshirish mumkin?
Siz uchun foydali bo’lgan mijozlaringizning diqqat markazi qayerda? Ularni ko’proq o’rganishga harakat qiling.
Xizmat yoki mahsulotingizni to’g’ri farqlang; nimaga odamlar sizning mahsulotingizni sotib olishayotganini toping va ularga mahsulotingiz eng yaxshi tanlov ekanini ko’rsatib bering.
Mahsulotingizdan mamnun bo’lgan mijozlaringizdan minnatdorlik xatlarini yozdirib oling hamda ularni boshqa mijozlaringiz ko’rishi mumkin bo’lgan yerga osib qo’ying.
Hayot taklif qiladigan eng buyuk mukofot bu shubhasiz – qilishga arziydigan ishda sidqidildan mehnat qilish imkoniyatidir.
Teodor Ruzvelt.
5. KO’PROQ UCHRASHUVLAR TAYINLASH
Kishi oilasi va jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun qo'lidan kelganicha harakat qilgan va bor kuchini safarbar etganda g’olib bo’lish ko’nikmasini egallaydi.
MAK DUGLAS
Muvaffaqiyatli sotishning eng muhim qoidasi - yaxshiroq prospectlar bilan ko'proq vaqt sarflash. Ushbu qoida oltita so'zdan iborat, ammo u sizning sotish uchun to'liq strategiyayingizni umumlashtiradi. Ehtimolliklar qonuniga ko'ra, siz yaxshiroq prospectlar bilan ko'proq vaqt sarflash orqali ko'proq savdo-sotiq qilasiz va yanada muvaffaqiyatli bo'lasiz.
Suhbatlashish uchun yangi odamlarni topish va ular bilan birinchi aloqani o'rnatish sotuv jarayonining eng qiyin qismlaridan biridir. Barcha reklama va yordamchi vositalar ushbu jarayonni tezlashtirish yoki uni engillashtirish uchun mo'ljallangan.
Kelajakni rejalashtirish - bu jarayonning eng ko'p stressni keltirib chiqaradigan va umidsizlik uyg'otadigan qismi hisoblanadi. Ko'plab sotuvchilar istiqbollarini belgilash qobilayatiga ega bo'lmaganliklari bois o'z kasblaridan ko'ngillari sovib tashlab ketishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |