Djurayev umidning



Download 83,17 Kb.
bet6/8
Sana29.03.2022
Hajmi83,17 Kb.
#516499
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DJURAYEV UMID QOG\'OZ PULLARNING PAYDO BO\'LISHI VA EVOLYUTSIYASI

Jamg‘arish vositasi.
Pul shuningdek jamg‘arish vositasi sifatida xizmat qiladi; daromad olingan vaqtdan boshlab xarajat qilingungacha bo‘lgan davrda xarid qobiliyatini saqlab turish vositasi xisoblanadi. Pulning ushbu funksiyasi foydali hisoblanib, ko‘pchiligimiz saqlashni afzal ko‘rib, pullarni olishimiz bilan darhol xarajat qilishni hoxlamaymiz. Pul – yagona jamg‘arish vositasi emas; har qanday aktivlar – pullar, aksiyalar, obligatsiyalar, er, uy, san’at asarlari yoki zargarlik mollari – jamg‘arish vositasi hisoblanadi. Ushbu aktivlardan ko‘pchiligi pulga nisbatan o‘zining egalariga katta foyda (foiz) keltirib, narxi kutariladi va qulayliklar yaratadi (masalan, boshimiz ustidagi tom). Agarda ushbu aktivlar jamg‘arish vositasi sifatida pul bilan taqqoslaganda ancha foydali bo‘lsa, unda insonlar nega pullarni jamg‘arishadi? Ushbu savolga javob muhim iqtisodiy tushuncha hisoblangan likvidlilik bilan bog‘liq hisoblanib, aktiv oson va tezkorlik bilan ayirboshlash vositasiga aylanadi. Likvidlilik juda ham muhim hisoblanadi. Pul ayirboshlash vositasi hisoblanganligi bois eng likvidli aktiv hisoblanadi; bir narsa sotib olish uchun pul boshqa narsaga aylantirish shart emas. Boshqa aktivlar pulga aylantirilganda tranzaksion xarajatlarni talab qiladi. Masalan, siz uyingizni sotsangiz, brokerlik komissiyasini to‘lashingiz shart (odatda sotish narxining 4-6% ini tashkil qiladi). Agar siz kechiktirib bo‘lmaydigan hisobraqamlarni tezda to‘lash uchun naqd pullarga muhtoj bo‘lsangiz, pulni tezda sotish uchun uyingizni ancha past narxda sotishingizga to‘g‘ri keladi. Pul eng likvidli aktiv bo‘lmasin va yuqori darajadagi jamg‘arish vositasi hisoblanmasada odamlar bajonidil pulni saqlaydi. Jamg‘arish vositasi sifatida pulning ishonchliligi narxlar darajasiga bog‘liq hisoblanadi. Masalan, barcha narxlarning ikki barobar oshishi, pulning qiymatini ikki barobarga kamayganligini anglatadi. Teskari holatda narxlarning ikki barobarga kamayishi pulning qiymatini ikki barobarga oshganligini ko‘rsatadi. Inflyasiya sharoitida narxlar darajasining tezlik bilan o‘sishi kuzatilsa, pul tezda o‘zining qiymatini yo‘qotadi. Natijada odamlar istar-istamas o‘zlarining boyliklarini pul shaklida saqlashadi. Bu holat oylik inflyasiya surati 50% dan oshishi natijasida yuzaga keladigan giperinflyasiyaga hos bo‘lgan bo‘lgan yuqori inflyasiya sharoitiga ko‘proq mos tushadi. Birinchi jahon urushidan so‘ng Germaniyada xuddi shunday inflyasiya sodir bo‘lib, inflyasiya surati ba’zan oyiga 1000% dan oshib ketdi. 1923 yilda giperinflyasiya tugagungacha narxlar darajasi ikki yil oldingiga nisbatan 30 milliard marotaba o‘sishi kuzatildi. Aytishlaricha, giperinflyasiya tugash davrida buxanka non sotib olish uchun bir zambil naqd pul talab qilingan ekan. Pul o‘zining qiymatini shunchalik darajada tez yo‘qotgan ediki, ish kuni davomida ishchilarga bir necha marotaba ish haqi to‘langan va pullar o‘zining qiymatini yo‘qotib qo‘yishidan oldin ertaroq pullarni sarflashlari maqsadida tanaffuslar e’lon qilingan. Hech kim pulni jamg‘arishni xohlamagan, chunki ularning almashuv vositasi sifatida o‘rni yo‘qolgan va barter tizimi yanada rivojlanishiga olib kelgan. Operatsion xarajatlar yuqori darajada o‘sib, kutganimizdek, yalpi ishlab chiqarish hajmi keskin tushib ketgan.5
Iqtisodiyotni boshqarishning bozor munosabatlari joriy etilgan mamlakatlar iqtisodiy adabiyotlarida, pul uchta, ya’ni qiymat o‘lchovi, muomala vositasi va jamg‘arma vositasi funksiyalarni bajarishi bayon etiladi.
P.Samuelson Aristotelning ta’limotlariga tayangan holda pul faqat ikkita, ya’ni ayirboshlash vositasi, baho mashtabi birligi yoki o‘lchov hisobi funksiyalarini bajarishini ta’kidlaydi6.
Angliya – amerika iqtisodchi olimlari pulning uchta funksiyasi (muomala vositasi, qiymat o‘lchovi va jag‘arma vositasi) mavjudligini e’tirof etishadi7. Jumladan, Edvin Dj. Dolan, Kolin D. Kempbell, Rozmari Dj. Kempbelllar pul muomala vositasi, qiymat o‘lchovi va jamg‘arma vositasi funksiyalarini bajarishini ta’kidlaydi8.
Nemis iqtisodchi olimi K.Knis (1821 – 1898) pulning to‘rtta ya’ni, qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi va jamg‘arma vositasi funksiyalarini e’tirof etadi.
S.Fisher, R.Dornbush, R.Shmalenzilar ham pulning to‘rtta funksiyalarini bajarishlarini e’tirof etib, ularni quyidagi ketma – ketlikda amal qilishini ta’kidlaydi: birinchisi – muomala vositasi va to‘lov vositasi, ikkinchisi – o‘lchov hisobi, uchinchisi – qiymatni saqlash vositasi, to‘rtinchisi – kechiktirilgan to‘lovlarni o‘lchovi9.
K.Marks pulning funksiyalari konsepsiyasida uni uchta funksiyasi mavjudligini ta’kidlaydi. U pulning funksiyalarini quyidagi ketma – ketlikda ifodalaydi. Birinchisi – qiymat o‘lchovi, ikkinchisi – muomala vositasi, uchinchisi – moliyaviy pul. K.Marksning pulning uchinchi funksiyasi ayrim iqtisodchilar tomonidan jamg‘arma vositasi, to‘lov vositasi va jahon puli kabi vazifalarini bajarishi mumkinligini ilgari suriladi10.
Rossiyalik iqtisodchi olim, professor O.I.Lavrushin11, professor V.A.Shegorsova12, professor V.V.Ivanov va professor B.I.Sokolovlar13 tahrirlari ostida chop etilgan Pul, kredit, banklar darsliklarning barchasida pul beshta funksiyani bajarishi e’tirof etiladi.
O‘zbekistonlik iqtisodchi, professor Sh.Z.Abdullaeva pul to‘rtta funksiyani bajarishini, ular qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi va jamg‘arma vositasi funksiyalari ekanligini ta’kidlaydi14.
Professor O.Yu.Rashidov tahriri ostida chop etilgan Pul, kredit va banklar darsligida pul beshta, ya’ni qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi, jamg‘arma vositasi va jahon puli vazifalarini bajarishini ta’kidlanadi15.
Ko‘rinib turibdiki, pulning funksiyalari haqida xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlarning fikrlari turlicha bo‘lib, birinchi guruh olimlar pulni beshta funksiyasi mavjudligini ta’kidlashsa, ikkinchi guruh iqtisodchi olimlar uning to‘rtta funksiyani bajarishini e’tirof etadi. Uchinchi guruh iqtisodchi olimlar, asosan anglo – amerikaliklar uni uchta funksiyani bajarishini bayon etadi. Hatto ayrim iqtisodiy adabiyotlarda pulni oltita funksiyani bajarishi qayd etilib, oltinchi funksiya sifatida baho masshtabi ekanligini isobtlashga urinishadi16.
Iqtisodchi olimlar pulning funksiyalari haqida turlicha talqin etishiga quyidagilar sabab bo‘ladi. Bir guruh iqtisodchi olimlar, pulning funksiyasini zamonaviy sharoitda uning xossalaridan kelib chiqib bayon etadi, boshqa guruh olimlar esa turli mamlakat olimlarining pulni funksiyalari xususidagi fikrlariga tayangan holda unga talqin beradi. Yana boshqa guruh iqtisodchi olimlar esa pulning funksiyalarini ta’riflashda uning tarixan vujudga kelishi bilan bog‘liq voqelik va nazariyalarga tayanadi.
Pulning funksiyalari xususida fikr yuritganda uning asl (haqiqiy pul) qiymatiga ega bo‘lgan va asl qiymatiga ega bo‘lmaganligi (o‘rinbosar pullar) ga e’tibor qaratish lozim. Chunki muomalada asl qiymatga ega bo‘lgan pullar to‘lov vositasini bajarganda ularda pulning barcha funksiyalari namoyon bo‘ladi va aksincha. Asl qiymatga ega bo‘lgan pullar sifatida qimmatbaho metallar oltin va kumushni, kredit pullarni va 100 foiz oltin bilan ta’minlangan pullarni qayd etish mumkin. Asl qiymatga ega bo‘lmagan pullarga qog‘oz pullar, oltin asosiga ega bo‘lmagan kredit pullar kiradi.
Haqiqatda ham qimmatbaho metallar to‘lov vositasini bajargan paytda ular pulning barcha funksiyalarini bajargan. Qimmatbaho metallar o‘rnini qog‘oz pullar egallagandan so‘ng, qog‘oz pullarning inflyasiyaga uchrashi natijasida ular pulning barcha funksiyalarini bajarmay qo‘ydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, yuqorida ko‘rib chiqilganidek, vaqt o‘tishi bilan pulning funksiyalari haqida turli qarashlar vujudga kela boshladi.
Pulning funksiyalari xususidagi fikrlarga tayanib, pul to‘rtta, ya’ni qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi va jamg‘arma vositasi funksiyalarini bajaradi degan fikrga keldik.
Pulning qiymat o‘lchovifunksiyasi asosan tovarlar qiymatini baho shaklida aks ettirish orqali namoyon bo‘ladi. Pulning qiymat o‘lchovi barcha tovarlar uchun umumekvivalent vositasi sifatida ularning qiymatini o‘lchaydi. Barcha tovarlarning qiymati pul o‘lchovi vositasi, ya’ni baho masshtabi, dastlabki bosqichda hukumat tomonidan o‘rnatiladi. Masalan, metr o‘lchovi bilan uzunlikni, kilogramm o‘lchovi bilan og‘irlikni o‘lchagan kabi, pulning qiymat o‘lchovi funksiyasi bilan barcha tovarlarning qiymati o‘lchanadi.
O‘zbekistonda qiymat o‘lchovi bevosita milliy valyuta «so‘m», AQShda dollar, Evropa ittifoqiga a’zo mamlakatlarda evro, Buyuk Britaniyada funt sterling, Yaponiyada iena qiymat o‘lchovi vositasi hisoblanadi.
Pulning inflyasiya darajasi yuqori bo‘lgan paytda uning qiymat o‘lchovi funksiyasining amal qilishi bir qadar chegaralanadi. Masalan, 1939 yildan 1949 yilgacha Yaponiya ienasining inflyasiya darajasi yuqori bo‘lganligi uchun ko‘pchilik yapon savdogarlari tovarlarning bahosini belgilashda, ayrim hollarda savdo sotiqni ham AQSh dollarida amalga oshirganlar. Chunki AQSh dollarining qiymat o‘lchovi ienaga nisbatan bir necha barobar mustahkam va barqaror bo‘lgan. Shuning uchun, Yaponiyada 1939 – 1949 yillarda barcha tovarlar bahosi ikkita narxda, dollar va ienada yuritilar edi. Ayni paytda, ienada belgilangan tovarlar bahosi oshib borish tendensiyasiga ega edi, dollarda esa baholar dastlabki holatidan o‘zgarmasdan qolgan.
Hukumat mamlakatda pul islohotini amalga oshirish orqali pulning qiymat o‘lchovini o‘zgartirishi mumkin.Pul islohoti – muomaladagi pul massasini kamaytirish orqali, uning joriy qiymat o‘lchovidan boshqasiga o‘tishdir. 1944 – 1952 yillarda Evropa mamlakatlarida 24 martadan ortiq pul islohotlari amalga oshirilgan.
Sobiq ittifoq davrida rubl kuchli inflyasiyaga uchramagan va iqtisodiyot nisbatan barqaror darajaga ega bo‘lgan bo‘lsada, 1961 yilda mamlakatda pul islohati amalga oshirilgan. Hukumat muomalada mavjud bo‘lgan rubllarni yangi chiqarilgan rubllarga 1/10 nisbatda pul islohatini amalga oshirgan. O‘sha davrda o‘tkazilgan pul islohotining asosiy maqsadi mamlakatdagi xufyona iqtisodiyotning ulushini kamaytirish va baho masshtabini pasaytirishga qaratilgan bo‘lib, xufyona iqtisodiyot ishtirokchilari eski rubllarni to‘lig‘icha yangi banknotalarga almashtira olmaganligi natijasida iqtisodiy jihatdan zarar ko‘rgan va baho masshtabi 10 martaga kamaygan.
Pulning muomala vositasi bozor ishtirokchilari o‘rtasida tovarlarni oldi – sotdisi va xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida namoyon bo‘ladi. Ushbu jarayonda pul vositachi rolini bajaradi.
Pulning muomala vositasi funksiyasini bajarishining bir sharti mavjudki, u ham bo‘lsa, tovarlarni sotib olish va xizmatlarni ko‘rsatish uchun to‘lov bir vaqtda amalga oshiriladi. Pulning ushbu funksiyasini bajarishda bevosita naqd pullar ishtirok etishi talab etiladi.


XULOSA.
Xulosa qilib aytganda, pulning vujudga kelishi jamiyat ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarini rivojlanishi va takomillashib borishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, bularning ichida kishilar o‘rtasida mehnat taqsimotining paydo bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, biz yashab istiqomat qilayotgan zaminda pullarning vujudga kelishi uning tarixi va sivilizatsiyasi juda boy va qadimiy ekanligidan dalolat beradi.
Bizning iqtisodiyotimizdagi mavjud deyarli barcha bozor iqtisodiyoti tamoyillarida yuzaga keladigan operatsiyalarda pul naqd pullar yoki cheklar ko‘rinishida tovarlar va xizmatlar to‘lovi uchun foydalanilib ayirboshlash funksiyasini namoyon qiladi. Pulning ayirboshlash vositasi sifatida foydalanilishi ayirboshlash operatsiyalarida vaqt xarajatlarini kamaytirib iqtisodiyotning samaradorligini oshiradi. Nima uchun aynan shunday ekanligini tushunish uchun tovarlar va xizmatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqa tovar va xizmatlarga ayirboshlanadigan barter iqtisodiyotni ko‘rib chiqamiz.
Misol tariqasida, iqtisod fanlari professori Elen faqat bitta ajoyib ishni, ya’ni iqtisodiyot bo‘yicha ma’ruza o‘qiy oladi. Agar Elen ovqatlanishni hoxlasa, barter iqtisodiyotda nafaqat unga mos keladigan maxsulotlar ishlab chiqaradigan balki uning iqtisodiyot bo‘yicha ma’ruzalariga qiziqadigan ferma topishiga to‘g‘ri keladi. Ko‘rinib turibdiki, Elen faqatgina uning leksiyalariga muhtoj bo‘lgan odamlarga ma’ruza o‘qiy olishi ko‘p vaqt va kuch talab qiladi. Bunday holat ochlikdan o‘lishiga olib kelishi mumkinligi bois u ma’ruza o‘qishni to‘xtatib, fermerlik bilan shug‘ullanishiga to‘g‘ri keladi

Download 83,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish