Izohlash, tushuntirish - og’zaki izoh, yoritilishi lozim bo`lgan turli materiallarni izohlash, isbotlash, tahlil qilish.
Individuallik - shaxsning betakror biosotsiologik xususiyatlari.
Intellekt (aql) - shaxsning turli faoliyat turlarini muvaffaqiyat bilan o`zlashtirishini belgilaydigan tug’ma va o`zlashma barcha aqliy qobiliyatlar to`plami.
Ishontira olish - axborot oqimining shaxs tomonidan tanqiddan holi, erkin ravishda o`zlashishiga erishishni ko`zlagan ruhiy ta’sir etish uslubiyoti.
Ishonch hosil qilish - shaxsning muayyan qoida va talablarini ongli ravishda o`zlashtirish vositasida tarbiyalash uslubiyoti. Tegishli ma’lumotlar va dalillarga asoslanib, shaxsning o`z hukmi va xulosalari to`g’riligiga ishonchni yuzaga keltirish jarayoni va natijalari.
Ichiqoralik - o`zgalarning muvaffaqiyatsizligidan sevinish.
Ichki holat (mavqe) - shaxsning kundalik ehtiyoji bilan uzviy bog’liq va hayotining muayyan davri faoliyatining asosiy mazmuni va yo`nalganligini belgilovchi ijtimoiy ko`rsatkichlari tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |