Djumayeva n


Guruh jamoasini tashkil etish va tarbiyalashga



Download 1,13 Mb.
bet9/77
Sana31.12.2021
Hajmi1,13 Mb.
#209363
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77
Bog'liq
guruh murabbiylari uchun

2.3. Guruh jamoasini tashkil etish va tarbiyalashga

qo‘yilgan talablar
Hozirgi davrda o‘quv muassasalar va ulardagi o‘quv, tarbiya jamoa oldida juda katta ijtimoiy ahamiyatga molik vazifalar qo‘yilmokda.

Oliy o‘quv yurti yosh avlodning dunyoqarashini tarkib toptirishi, ularni g‘oyaviy va siyosiy jihatdan chiniqtirishi, yuksak axloqiy fazilatga ega qilishi, mehnatga va ongli kasb tanlashga tayyorlashi lozim. Bu vazifalarni hal qilishda guruh murabbiysi muhim rol o‘ynaydi. Chunki u bir guruh sharoitida tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi va boshqaradi. Guruh murabbiysining ko‘p qirrali vazifasi va funksiyalari «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da, «O‘quv yurti ichki Nizomlari»da bayon qilingan bo‘lib, unda o‘qituvchilarga, ota-onalarga va guruh rahbarlariga tavsiyalar berilgan; aqliy, axloqiy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyaning vazifasi va mazmuni guruhlarga nisbatan moslashtirilgan.

Ana shunga ko‘ra, guruh murabbiysi quyidagi vazifalarni bajaradi:

1. O‘ziga yuklatilgan guruhda tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi.

Bu vazifani bajarishda u dars berayotgan turli fan o‘qituvchilari bilan yaqin hamkorliqda va ularga suyangan holda o‘quvchilarda dunyoqarash asoslarini shakllantiradi, axloq tarbiyasini amalga oshiradi. «Kamolot» tashkiloti hamkorligida, muntazam suratda ularga tayanib va kundalik ishda yordam uyushtirib talabalar bilan darsdan tashqaridagi xilma-xil ishlarni tashkil etadi va guruh jamoasini mustahkamlaydi.

2. Guruh murabbiysining diqqat markazida talabalarning yuqori darajada o‘zlashtirishini ta’minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir talabaning kundalik o‘zlashtirishidan voqif bo‘lib turadi, orqada qolayotganlarga o‘z vaqtida kechiktirmay yordam uyushtiradi.

3. Guruhdagi talabalarning o‘z-o‘zini boshqarish ishlarini yo‘naltiradi, ular ishtirokida guruh jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini ta’min etadi, o‘quv yurti miqyosida uyushtirilayotgan muhim tadbirlarda o‘z guruhining faol qatnashishini ta’minlaydi.

4. Guruh talabalarining ota-onalari, korxonalar va muassasalardagi, turar joylardagi oila va o‘quv yurtiga yordam beruvchi homiy mahallalar bilan yaqin aloqa o‘rnatadi.

5. Guruh murabbiysi shu guruhda dars berayotgan barcha fan o‘qituvchilari o‘rtasida, o‘kuv yurti bilan oila o‘rtasida talabalarga nisbatan yagona talablar o‘rnatilishiga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilimlar tarqatib, oila bilan o‘quv yurti o‘rgasidagi aloqani mustahkamlaydi.

6. Guruh murabbiysi o‘z guruhidagi turli hujjatlarning: guruh jurnali, o‘zlashtirish monitoringi, talabalarning reyting daftarchasi, shaxsiy hujjatlari, turli xil reja va hisobotlarni yuritadi.

Ko‘rinib turibdiki, vazifa keng va murakkab, ularni muvaffaqiyatli hal qilish guruh murabbiysining shaxsiy sifatlariga ham bog‘likdir. Guruh murabbiysining shaxsiy sifatlariga qo‘yiladigan talablar o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablardan farq qilmaydi. Lekin guruh murabbiysi asosiy tarbiyachi, bolalar ma’naviy jihatidan andoza oladigan shaxs bo‘lganligi uchun ham bu talablar uning shaxsiy fazilatiga aylanib ketishi bilan tarbiyada alohida o‘rin egallaydi.

Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining g‘oyaviy ishonchiga va siyosiy ongining darajasiga bog‘liq.




Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish