O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI “TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV” FAKULTETI FIZIKA YO’NALISHI 8F-20 GURUH TALABASI DJUMAYEVA IRODANING FIZIKA O’QITISH METODIKASI FANIDAN TAYYORLAGAN KURS ISHI
Mavzu: Fizikani o'qitishda qo'shni fanlari bilan bog'lanishini taminlash Bajardi; 8F20-guruh talabasi Djumayeva Iroda
Qabul qildi ; To’raxonov Fozil Denov -2022 MUNDARIJA: KIRISH I- BOB FIZIKA FANI VA UNI BOSHQA FANLAR BILAN BOG`LIQLIGI 1.1. Fizika fani va uni texnika bilan bog`liqligi………………………………
1.2. Fizika faninining psixologiya va dedaktika fanlari bilan bog’liqligi…….
II- BOB TABIATNI O’RGANISHDA FIZIKANING O’RNI VA UNING BOSHQA FANLAR BILAN TARAQQIYOTDAGI AHAMIYATI. 2.1.Fizikaning rivojlanish tarixidan ma’lumotlar………………………………..
2.2.Sharq allomalarining Fizika fani rivijida boshqa fanlar bilan bog’liqligini urganishda qoshgan hissasi…………………………………………………………
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH Ishning dolzarbligi: Fanning turli sohalarini uzluksiz rivojlantirib borishda
yangi axborotning nihoyatda tez ko’payishi hozirgi zamon uslubiyati oldiga juda
katta qiyinchilik va muammolarni qo’ydi. Ta’lim oluvchilarni hozirgi zamon
bilimlari bilan tanishtirish va fanni yaxshi o’zlashtirishi uchun nima ishlar qilish
kerakligi dolzarb muammoga aylanib qolmoqda. Bu muammo oldida butun dunyo pedagog olimlari bosh qotirmoqdalar.
Ma’lumki, Respublika ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi kelajakda barkamol avlodni tarbiyalash, kamol toptirishga qaratilgan.Bu esa o’z navbatida ta’lim jarayoniga yangi zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni qo’llashni taqoza etmoqda.
Hozirgi zamon fizika fanining, texnikaning va energetikaning ulkan yutuqlari, bevosita biri biri bilon bog’liq holda olib borilayotganidir.
Fizika fani orqali olib borilayotgan sanoat, texnika ishlab chiqarish soxalari albata boshqa fanga ham muhtojlik sezadi shu tufayli boshqa fanlar bilan bog’lab urgatish bu kurs ishining dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Kurs ishi mavzusining bunday tanlanishiga sabab fizikaning turli bo’limlarida bo’limida yangi pedagogik tajribalarni joriy etish orqali ta’ lim sifatini oshirish va yuksak samaralarga erishishning optimal usullarini aniqlash, qolaversa yangi interfaol usullarni ishlab chiqish va ta’lim jarayoniga tadbiq etishdir.