Djafarova Nigina Alisherovna “turizmda statistik ma’lumotlarni yig’ish metodologiyasini xalqaro standartlarga moslashtirish yo’llari”


 O‘zbekiston turizm statistikasini xalqaro standartlarga moslashtirish



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/66
Sana30.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#194409
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   66
Bog'liq
turizmda statistik malumotlarni yigish metodologiyasini xalqaro standartlarga moslashtirish yollari

3.3. O‘zbekiston turizm statistikasini xalqaro standartlarga moslashtirish 
yo‘llari bo‘yicha tavsiyalar 


87 
 
Hozirgi  kunda  turizm  sohasini  rivojlantirish  yoʻlida  qoʻyilgan  asosiy 
vazifalardan  biri  mukammal  darajaga  yetkazilgan,  yagona  va  oʻzaro  taqqoslay 
olinadigan ko’rsatkichlarga asoslangan statistik hisobotlarni tuzishdan iboratdir. 
Ushbu  maqsad  amalga  oshirilsa,  turizm  statistikasi  toʻgʻrisidagi  eng  toʻgʻri 
axborotga erisha olish imkoniyati vujudga keladi. 
Turizm  statistikasini  xalqaro  darajada  olib  boruvchi  tashkilot  sanalmish 
BTT  tomonidan  ma’lumotlarni  tartibga  solish  va  jahon  miqyosida  yagona 
koʻrsatkichlarga birlashtirish maqsadida turli tavsiyanoma va uslubiyotlar qabul 
qilingan  boʻlib,  ular  orqali  mamlakatimizning  turizm  sohasiga  oid  axborotlarni 
yig’ish, statistik kuzatuvlar olib borish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.  
Oʻzbekiston  Respublikasining  “Turizm  toʻg’risida”  gi  qonunining  3-
moddasida  turist,  turizm,  ekskursiya  faoliyati  kabi  tushunchalarga  ta’rif 
berilgan,  ammo  ushbu  kategoriyalarni  oʻzida  birlashtiruvchi  “tashrif 
buyuruvchi” koʻrsatkichi mavjud emas. Vaholangki, hozirgi kunda butun dunyo 
boʻylab asosiy maqsadi daromad olish boʻlmagan barcha sayohatchilar hisobini 
olib borishda ayni shu atama qoʻllanilmoqda. 
 Bundan  tashqari,  ushbu  moddada  ekskursantlar  faoliyatiga  quyidagicha 
izoh berilgan: “turistik faoliyatning tarixiy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylar 
va boshqa obyektlar bilan tanishtirish maqsadida oldindan tuzilgan yoʻnalishlar 
boʻyicha  ekskursiya  yetakchisi  hamrohligidagi  24  soatdan  oshmaydigan 
ekskursiyalarni  tashkil  etishga  doir  qismi”.  BTT  ning  “Turizm  Statistikasi 
boʻyicha  xalqaro  tavsiyalar,  2008”  metodologiyasida  turistlar  kategoriyasini 
tahlil  etishda,  tashrif  buyuruvchi  mamlakatga  kelganiga  24  soat  boʻlmagan 
holatlarda ham, tunash amalga oshirganda “turist” kategoriyasiga kiritilishi shart 
deb  belgilangan.  Agar  tashrif  buyuruvchi  kelgan  hududida  tunash  amalga 
oshirmasa,  masalan,  bir  necha  soat  davomida  sport  musobaqalarini  tomosha 
qilib,  tunash  amalga  oshirmasdan  ertasi  kuni  qaytib  ketsa  “ekskursant”  deb 
hisoblanadi. 
BTT  tomonidan  dunyo  mamlakatlarining  turizm  statistikasi  toʻg’risidagi 
axborotlari  yillik,  mavsumiy  va  boshqa  jurnallarda  xalq  ommasiga  taqdim 


88 
 
etiladi.  Shulardan  biri,  2001-yildan  beri  har  yili  nashr  etiladigan  “Tourism 
Highlights”  boʻlib,  unda  mamlakatlarning  yil  davomidagi  xalqaro  turizm 
tendensiyasi koʻrsatiladi.  
BTT  ga  a’zo  mamlakatlarning  xalqaro  turistik  tashriflari  soni,  hamda 
xalqaro  turistik  daromadlar  toʻg’risida  axborot  beriladi.  Unda  dunyo 
mamlakatlari makro hudud jihatidan 5 ga ajratilgan boʻlib, Oʻzbekiston Yevropa 
davlatlari guruhining Markaziy/Sharqiy Yevropa qismiga kiritilgan. Eng birinchi 
Oʻzbekiston turizmi toʻg’risidagi axborot 2013-yilgi sonida chop etilgan. 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish