Tadqiqot metodlari. O‘zbekiston Respublikasining sohaga oid qonun va
qarorlari, normativ-huquqiy qonun-qoidalar, BTT tomonidan ishlab chiqilgan va
amalda qo‘llashga taqdim etilgan “Turizmning yordamchi hisobi (2008)” hamda
“Turizm statistikasi bo‘yicha xalqaro tavsiyalar, 2008” kabi hujjatlarga tayangan
holda dunyo mamlakatlari turizm statistikasi tajribasi tahlil etilib, ular asosida
tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Dissertatsiya ishi bo‘yicha chop etilgan ilmiy ishlar:
Ilmiy tadqiqot
mavzusi doirasidan 1 ta ilmiy - amaliy konferensiya maqolalar to‘plamida, 1 ta
ilmiy - nazariy va metodik jurnalda, 2 ta Buxoro Davlat Universitetining
magistirlar maqolalari to‘plamida, hamda 1 ta OAK ro`yxatiga kiritilgan ilmiy
elektron jurnalda maqolalar e’lon qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |