O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNVERSITETI KATTAQO’RG’ON FILIALI
“Biznesni boshqarish va axborot texnalogiyalar fakulteti”
“ Biznesni boshqarish kafedrasi”
“Ijishtimoiy ish ” yo'nalishi 21/17 guruh talabasi
“Abdugʻaniyeva Madina”
“Sotsiologiya fanidan”
Mavzu: Jinoyatchilikning oshishi va jamiyatda kriminallashuv sabablari va uning oqibatlari
Reja:
1) Ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatlarning nazariy masalalari.
2) Jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi
3) Jinoyat ishtirokchilarining turlari va shakllari. Jinoyatga daxldorlik
4Jinoyato’zi nima?
Ishtirokchilikda sodir yetilgan jinoyatlarning nazariy masalalari.
Mamlakatimizda yerkin va demokratik jamiyat qurilishining hozirgi bosqichida huquqiy tizimning takomillashuvining o’ziga xos belgisi sifatida huquq tarmoqlari va alohida normalarni ijtimoiy munosabatlarning o’zgaruvchan tarkibiga muvofiqligini ta’minlash asosiy maqsad deb qaralmoqda. Huquqiy tartibga solish mexanizmini tizimli tahlil qilishda yuzaga kelgan yehtiyojlar shundan dalolat beradiki, huquqning ayrim tarmoqlarini tabaqalashtirib, institutlarga bo’lib o’rganish, o’sha huquq tarmoqlari tabaqalashuvining qonuniy natijasi sifatida bugungi kunda ayrim huquq tarmoqlarini va tarmoqlar guruhlarini o’zaro bir-biriga ta’siri holatida kompleks o’rganish bilan almashadi. Bu borada jinoyat huquqi va kriminologiya fanlarining tarkibiy bo’g’ini deb ye’tirof yetilayotgan ishtirokchilikda sodir yetilayotgan jinoyatlarga qarshi kurash muammosi ham bundan mustasno yemas.
JINOYATCHILIK – kelajakka xiyonat
«Bolani sog‘lom, tarbiyali va bilimli bo‘lishini tashkil qilishdek mas’uliyat yuklangan inson bolalarni ozuqasini o‘g‘irlasa, sifatlisini «vijdonsizlarcha» o‘zi yeb, bolalarga qoldiqlarini yoki eskiroqlarini yedirib yuborsa. Bilim o‘rniga bolalar tafakkuriga «xatolar paketi» yoki «bo‘shliq»ni joylasa. Pulini olib, qulab tushadigan ko‘prikni loyihalaydigan muhandisga «a’lo»ni bosib bersa… bu toifa inson bu qadar mas’uliyatli joyda nima qilib yuribdi, degan savol tug‘ilishidek tabiiy nima bor?», — deydi deputat.
Jinoyat
Yoshlik oʻzining olijanob tashabbusi, sofdillikka, adolatga intilishi bilan taraqqiyotning buyuk kuchlaridan birini tashkil qiladi. Yoshlik, bu – orzu, ishonch, kelajakka tuzilgan ulkan rejalar va istiqbolning boshlanishidir. Agar yoshlik orzusi boʻlmaganda inson hayoti bir nuqtada toʻxtab qolgan boʻlardi.
Aleksandr Ostrovskiy aytganidek, «Bolalikdayoq barkamol boʻlishni judayam zarur deb hisoblamayman, odam maktabni tugatganidan keyin ham koʻp narsalarni oʻrganishi mumkin, ammo mashgʻulot koʻnikmasi va aqliy kamolotning asosi yoshlikda shakllanadi». Shu sababli bu neʼmatdan unumli foydalanib, oʻzining salohiyatini oshirib borgan, jamiyatda munosib oʻrin egallashga kirishgan insonning ertasi nurafshon.
Do'stlaringiz bilan baham: |