O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNVERSITETI KATTAQO’RG’ON FILIALI
“Biznesni boshqarish va axborot texnalogiyalar fakulteti”
“ Biznesni boshqarish kafedrasi”
“Ijishtimoiy ish ” yo'nalishi 21/17 guruh talabasi
“Toshboyeva Dilfuza”
“Sotsiologiya fanidan”
Mavzu: Jamiyatda korupsiya muammosi
Reja:
1) Korrupsiya – kelajakka tahdid.
2) Butun insoniyat muommosidan biri.
3) Korrupsiya nimadan boshlanadi
4) Korrupsiya o’zi nima?
Korrupsiya mansabdor shaxsning oʻz mansabi boʻyicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiisteʼmol qilishidan iborat amaliyot. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham K. deyiladi. K. davlat apparati va parlament faoliyatida ayniqsa, avj oladi. Saylanadigan lavozimlarga nomzodlar saylov kampaniyasini oʻtkazish harajatlarini koʻtarish K. koʻrinishlaridan biridir (saylangan kishi turli imtiyozlar, yordam, xizmatlar koʻrsatib "oʻz qarzini" qaytaradi). Aksariyat K. lobbizm (monopoliyalarning qonunchilik organlari va amaldorlarga tazyiq oʻtkazish bilan shugʻullanadigan muassasa va agentlari tizimi) bilan bogʻlangan. Xalqaro darajada 1970-yillarda Yaponiyaga samolyotlar sotishda kompaniya tomonidan oliy davlat amaldorlarini sotib olish boʻyicha "Lokxid ishi" eng yirik K. koʻrinishlariga misol boʻladi. Porani xaspoʻshlash uchun yirik bitishuvlarda koʻproq "xizmat haqi" toʻlash amaliyotidan foydalaniladi
Korrupsiya – kelajakka tahdid
Korrupsiya… Naqadar, naqadar qabih illat. Bugungi kunda butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solib kelayotgan bu illat azaldan jamiyat va davlat ravnaqiga zimdan toʻsqinlik qilib kelayotgan eng jirkanch omillardan biridir. Korrupsiya haqida soʻz yuritar ekanmiz, bu soʻzning lugʻaviy ma’nosi barchani birdek oʻylantirsa ajab emas, albatta. Keling, bu borada toʻxtalib oʻtsak. “Korrupsiya” atamasi lotinchadan olingan boʻlib, “corrumpo” – “poraga sotilish”, “aynish” degan maʻnolarni anglatadi. Kengroq ifodalaydigan boʻlsak, mansabdor shaxsning mansabi boʻyicha berilgan huquq va valokatlarni oʻz manfaatini koʻzlab, shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiste’mol qilishi bilan bogʻliq boʻlgan amaliyotdir.
Korrupsiya
Tarixga nazar tashlaydigan boʻlsak, insoniyat shakllanish jarayonining ilk davri boʻlmish ibtidoiy jamiyatlarda ham korrupsiyaning ayrim koʻrinishlari boʻlib, oʻsha davrda qabila oqsoqoliga yoki harbiy boshliqlarga muayyan bir imtiyozni egallash uchun haq toʻlash tabiiy hol hisoblangan. Keyinchalik esa davlat boshqaruvining takomillashuvi va murakkablashuviga koʻra, korrupsiyaning ham turli xil shakllari yuzaga kelib, oxir-oqibatda u global muammolardan biriga aylanib ulgurdi. Bilamizki, shaxs, jamiyat hamda davlat tushunchalari oʻzaro chambarchas bogʻliq.
Butun insoniyat muommosidan biri.
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib bir mamlakatdagi korruptsiya boshqa mamlakatlar rivojiga ham salbiy ta’sir etishi ravshanlashdi. Korporatsiyalar tomonidan xorijdagi oliy mansabdorlarni sotib olish ommaviy tus oldi. O‘ta darajada korruptsiyalashgan davlatlar uchinchi dunyo bilan cheklanmay qoldi, 90-yillarda sobiq sotsialistik respublikalarda yuz bergan liberallashuv jarayonlari tufayli mansabdorlarning o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilishi yanada kuchaydi. «Financial Times» gazetasi 1995 yil 31 dekabrdagi sonida 1995 yilni “Korruptsiya yili” deb e’lon qildi. Korruptsiya haqidagi bilimlarni targ‘ib qilish uchun BMT 9 dekabrni Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurashish kuni deb belgiladi.
Korrupsiya nimadan boshlanadi
Statistikaning guvohlik berishicha, poraxo‘rlik ayni paytga kelib nihoyatda tahdidli ko‘lam va miqyoslarni kasb etmoqda. U ayniqsa, iqtisodiy jinoyatlar orasida yetakchi o‘rinni tutadi. Korruptsiyaning insonlarga va umuman, jamiyatga yetkazadigan zarari juda katta. Bu o‘rinda ulardan ayrimlarini qayd etish bilan cheklanamiz, xolos.
Korrupsiya o’zi nima?
Korrupsiya nima? Bu haqda hammaning o‘ziga xos tasavvuri, tushunchasi bor, albatta. Qonunda unga shunday ta’rif berilgan: «korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish».
Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo‘yish, javobgarlikning muqarrarligi kabi masalalar aniq belgilab qo‘yilgan.
KORRUPSIYA
Ijtimoiy-tarixiy vaziyat, fuqarolarning huquqiy dunyoqarashi, davlat tuzilishi, iqtisodiy rivojlanish omillaridan kelib chiqib, har bir davlat korrupsiyaga qarshi o‘ziga xos usullarda kurashmoqda. Bu borada eng samarali yo‘l hali topilgan emas. Chunki korrupsiya bir qarashda oddiy jinoyat bo‘lib ko‘ringani bilan aslida uning kelib chiqishi va yashovchanlik sabablari juda chigal va murakkabdir.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari va prinsiplarini belgilashda bunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash masalasi qat’iy hisobga olingan.
ETIBORINGGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |