Dissertatsiyasi



Download 26,3 Kb.
Sana26.06.2022
Hajmi26,3 Kb.
#707646
Bog'liq
Asosnoma



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JURNALISTIKA FAKULTETI ALIYEVA E’ZOZA ZOKIRJON QIZINING SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARINING POETIKASI MAVZUSIDAGI MAGISTR AKADEMIK ILMIY DARAJASINI OLISH UCHUN YOZILGAN


DISSERTATSIYASI


Mutaxassislik: 70230502-Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti)


Ilmiy rahbar: f.f.dot.U.Hamdam
Toshkent-2023
MAVZU: SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARINING POETIKASI

MUNDAREJA


Kirish 1
I bob.O‘zbek hikoyachiligida Shukur Xolmirzayev ijodi 4
1.1 Shukur Xolmirzayev hikoyalarida mavzu rang-barangligi 5
1.2 Shukur Xolmirzayev hikoyalarida o‘z davri muammolari 5
II bob. Shukur Xolmirzayev hikoyalarining poetikasi 4
2.1 Shukur Xolmirzayev hikoyalarida badiiy-tasviriy vositalar qo‘llanilishi 5
2.2 Shukur Xolmirzayev hikoyalarida tabiat va inson munosabatlari 5
III bob. Shukur Xolmirzayev hikoyalarining badiiy nutq xususiyatlari 4
3.1 Shukur Xolmirzayev hikoyalarining syujet va kompozitsiyasi 5
3.2 Shukur Xolmizxayev hikoyalarida obrazlar tizimi 5
Xulosa 4
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 4


KIRISH
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati.
XX asrning 60-yillaridan o‘zbek adabiyotiga katta hissa qo‘shgan va XXI asrda ham barakali ijod etgan ,,O‘zbekiston xalq yozuvchisi’’, Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori, ,,Mehnat shuhrati’’ ordeni sohibi Shukur Xolmirzayev 1940-yilning 24-martida Surxondaryoning Boysun tumanida tavallud topgan. Serqirra ijodiy faoliyat egasi, millatimizning fidoyi yozuvchisi, haqiqatgo‘y adib Shukur Xolmirzayev roman, qissa, hikoya, drama singari janrlarda ko‘plab badiiy asarlardan tashqari ijod psixologiyasi, ijodkor shaxsiyati, adabiyot va jamiyat munosabati kabi masalalarga bag‘ishlab o‘nlab adabiy-tanqidiy maqolalar yozgan.
Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, G‘afur G‘ulom ijodida o‘z bo‘yini ko‘rsatgan XX asr o‘zbek hikoyachiligi an’analarini Sh. Xolmirzayev shu asrning so‘nggi choragida yanada boyitdi va yangi bosqichga olib chiqdi.
Hikoya (ar.so‘z ma’nosi:1.Biror narsaning og‘zaki bayoni, tavsiloti; 2. Nasriy yo‘l bilan yozilgan kichikroq badiiy asar)-Izzat Sultonning asosli ta’kidlashicha, latifa mazmuniga kirgan voqeadan kattaroq, ammo povestga mazmun beruvchi voqeadan kichikroq sarguzashtni,ko‘pincha kishi hayotida bo‘lgan bir epizodni tasvirlaydi. Xususan,u ,,… minglab bo‘laklarga bo‘ligan romondir… kishilik taqdirining poyonsiz poemasidan bir epizod….shunday voqea va hodisani tanlab oladi va o‘zining tor ramkasida ifoda etadi’’(V.G. Belinskiy)
Hikoyaning eng ixcham ko‘rinishi novella (ital.novella yangilik)deb yuritiladi.
,,Xarakterning muayyan vaziyatdagi holati voqeaning keskin burilishi, nuqtasida, dinamik syujet, kuchli dramatizm, kutilmagan yechim asosida ko‘rsatish- hikoya(novella)uchun eng xarakterli xususiyatdir’’. (T.Boboyev)[4H.Umurov Adabiyotshunoslik nazariyasi. Toshkent. 2004 222-bet]
Shukur Xolmirzayev o‘zbek hikoyachiligida Abbdulla Qodiriyning tabiatni jonlantirib tasvirlash an’analarini rivojlantirdi, Abdulla Qahhordan so‘z tejash, detallarga katta ma’no yuklash, qahramon ruhiyatidagi ziddiyat va to‘qnashuvlarni soda va hayotiy, ixcham tasvirlash, dialoglardan jonli manzara yaratish sirlarini o‘rgandi.
,,….Abdulla Qahhor hikoyalari hozirgi kun adiblari xususan, hikoyanavislari uchun tom ma’noda bir maktab, milliy maktabdir’’-deganida ijodkor haq gapni aytgan edi.
Bundan tashqari Shukur Xolmirzayev J. London, E. Xeminguey, S.Tomson kabi jahonning mashhur yozuvchilari qatorida tabiat mavzusida takrorlanmas asarlar yaratdi.
Bu yozuvchi ijodining alohida bo‘rtib,ko‘rinib turuvchi bir qirrasidir.
Shukur Xolmirzayev hikoyalarida ortiqcha mubolag‘a, mulohazalarga yo‘l qo‘ymaydi. Xarakterlar inson ko‘ngli kechinmalarining in’ikosi sifatida gavdalanadi. Uning yozgan hikoyalari qahramon obrazining yangi va yorqinligi, kompozitsiyasining o‘ziga xosligi, qahramonlar tilining rang- barangligi bilan ajralib turadi. Uning asarlarida bir yoqlamalik aslo ko‘rinmaydi. Ya’ni qahramon oqlanmaydi ham, qoralanmaydi ham. Asosiy e’tibor uning qalbi, ma’naviyati, do‘stlarga, hayotga bo‘lgan o‘zgarishlar munosabatini ko‘rsatishga qaratadi.Hukm chiqarishni esa kitobxonning o‘ziga qoldiradi.
Uning ba’zi hikoyalarida mustaqil fikrlaydigan, hayotiy nuqtai nazarga ega bo‘lgan jamiyatda o‘z o‘rnini topishga intilish asosiy maqsad bo‘lish kerak ekanligi uqtirilganday go‘yo.Bu esa ijodkor ijodini o‘rganish har doimgidan ham zarur ekanligini anglatadi.
Shuning uchun Shukur Xolmirzyev yozgan hikoyalardagi badiiyat, til xususiyatlari, obrazlar silsilasi, mavzu rang-barangligi, o‘z davri muammolarining yoritilishini o‘rganish, ilmiy jihatdan tadqiq qilish dolzarb masaladir.
Tadqiqodning o‘rganlik darajasi:
Shukur Xolmirzayev nasrimizning turli janrlarida ijod etgan serqirra ijodkordir. Uning ijodi yuzasidan ko‘plab tadqiqod ishlari olib borilgan. Ijodining turli jihatlarini adabiyotshunoslar tomonidan e’lon qilingan maqolalarda ham ko‘rishimiz mumkin.Jumladan, H. Karimovning ,,Shukur Xolmirzayev ijodiy portreti’’ risolasi, akademik B.Nazarovning ,,Shukur Xolmirzayev’’nomli ijodiy portreti yaratilgan.Hikoyalari haqida U. Normatov, S.Mamajonov, Q. Yo‘ldoshev, H.Boltaboyev, O.Otaxonov, R. Qo‘chqorovlarning maqolalari e’lon qilingan.
Shukur Xolmirzayev hikoyachiligidagi mahorati, badiiy so‘z san’ati, tasvir uslubi haqida ilmiy tadqiqod ishlari olib borilgan. ,,Shukur Xolmirzayev hikoyalarining badiiy-uslubiy o‘ziga xosligi’’ mavzusida Sh.Doniyorova(1999), ,,Shukur Xolmirzayev hikoyalarida voqelikni badiiy idrok etish prinsiplari’’ mavzusida esa G.N.Tavaldieva(2001)tadqiqod ishlarinini e’lon qilishgan. Bundan tashqari H.Boltaboyev ,,Nasr va uslub’’(T: ,,Fan’’1992) risolasi, U.Normatov,,Nasrimiz ufqlari’’(T:Adabiyot va san’at 1974 8-bet) ,,,Yetuklik’’(T: Adabiyot va san’at 1982 354-355-bet) S.Mamajonov ,,Uslub jilolari’’ U.Normatov ,,Zaminda yashaymiz, zaminni o‘ylaymiz’’ maqolasida hikoyalariga xos uslub haqida,voqelikni badiiy idrok etish haqida xulosalar beradi.
,,Shukur Xolmirzayev zamondoshlari xotirasida’’(2010) kitobida Shukur Xolmirzayevga zamondosh ko‘plab adabiyotshunoslar tomonidan adib mahoratining yetuklik darajasining o‘ziga xos tomonlari haqidagi noyob xotiralari jamlangan. Olim Toshboyevning ,,Abadiy zamondosh’’(2018) kitobida yozuvchi asarlarining yozilish tarixi,sababi, yozuvchi shaxsiyati haqida fikr yuritiladi.
Tadqiqodning obyekti: Shukur Xolmirzayev hikoyalari
Tadqiqodning predmeti: Shukur Xolmirzayev hikoyalarining g‘oyasi,mazmuni, obrazlar tizimi ,badiiy-tasviriy vositalar qo‘llanilishi syujet va kompozitsiyasi, badiiy til xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
Tadqiqod ishining tuzilishi va tarkibiy qismlari: Ushbu ilmiy ish kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iboratdir.
Tadqiqod ishining maqsadi: Shukur Xolmirzayev hikoyalrining poetikasi(obrazlar, kompozitsiya, syujet va badiiy nutq) tahlil qilishdan iborat.
Tadqiqot ishining vazifalari:
-Shukur Xolmirzayev hikoyalarida mavzu rang-barangligi
-Shukur Xolmirzayev hikoyalarida o‘z davri muammolari
-Shukur Xolmirzayev hikoyalarida badiiy-tasviriy vositalar qo‘llanilishi
-Shukur Xolmirzayev hikoyalarida tabiat va inson munosabati
-Shukur Xolmirzayev hikoyalarining syujet va kompozitsiyasi
-Shukur Xolmirzayev hikoyalarida obrazlar tizimi
Tadqiqod ishining metodologik asosi:
Dissertatsiyaning metodologik asosi sifatida ilmiy tadqiq etishda keng qo‘llaniladigan tamoyil va uslublarga,zamonaviy bilish metodlariga asoslaniladi. Tadqiqod jarayonida badiiy, qiyosiy, psixologik,tahliliy,tavsiflash kabi metodlardan foydalanildi.
Tadqiqod ishining ilmiy yangiligi:
Shukur Xolmizayevning hikoyalarining poetikasi haqida keng ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Shukur Xolmirzayev asarlarini tadqiq etish, o‘rganish, adabiyotshunoslarimiz diqqat markazida bo‘lib kelgan. Olib borilgan tadqiqod ishlarida ijodkorning hikoyalari, qissalari, romanlari haqida mulohazalar yuritiladi.
Ilmiy yangiliklari talabalar, ilmi toliblar uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Shukur Xolmirzayev hikoyalari poetikasi masalasi nihoyatda keng bo‘lib biz unda obrazlar tizimi hikoya mavzusi, g ‘oyasi,syujet qurilish tamoyillari o‘rganishni maqsad qilib oldik.
Eng avvalo, hikoyalaridagi mavzular bir-birini takror etmasligi va turlicha ekanligi, hikoyalarida qo‘llanilgan badiiy til xususiyatlariga keng o‘rin berilganligi ,obrazlar tizimi o‘ziga xosligi ,syujet va kompozitsion qurilishi takrorlanmasligi shularni inobatga olgan holda, tadqiqod ishining ilmiy yangiligi yuqoridagilarni birlashtiradi.
Tadqiqod ishi natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati:
Ijodkor hikoyalarida o‘z davri muammolarining qalamga olinganligi diqqatga sazavordir. ,,Shafqatsiz realizm’’ deb atalmish adabiyot tarixini ilk bor o‘rgangan ijodkor sifatida o‘z davridagi muammolarni qalamga olganligi e’tiborlidir.
Shukur Xolmirzayev hikoyalarining poetikasi o‘rganish natijasida hikoya janrining xususiyatlarini o‘rganishga yanada keng tadqiqod ishlari olib borishga undaydi.
Tadqiqodning ilmiy ahamiyati adabiyot bo‘yicha ilmiy ishlar yaratish, adabiyotshunoslikka oid qo‘llanma, risola va darsliklar yaratishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
,,Badiiy tahlil asoslari’’ darslarida maktab, litsey o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan darslarda foydalish mumkin.
Shuningdek, sistem butunlik sifatida o‘rganishga manba bo‘lib xizmat qiladi.
Tadqiqod ishi filologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan vas hu yo‘nalishda ilmiy ish olib borayotgan talabalar uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Natijalarning e’lon qilinganligi:

Dissertatsiyaning tarkibi:


Ushbu tadqiqod kirish ,asosiy qism, umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


Download 26,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish