Tadqiqot vazifalari: Kompyuterli avtomatik boshqarish tizimlarini ammiak ishlab chiqarish sanoatiga qo‘llashni nazariy o‘rganib chiqish, avtomatik boshqaruv tizimi imkoniyatlarini nazariy taxlil qilish hamda ammiak ishlab chiqarish korxonasiga amaliy tadbiq etish.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari
Tadqiqot maqsadi.
Honeywell firmasining Experion PKS nomli avtomatik boshqarish tizimi va uning funksional imkoniyatlaridan foydalangan holda ammiak ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonni avtomatlashtirish bilan bog‘liq nazariy maʼlumotlarni o‘rganib chiqishlik hamda o‘rganilgan maʼlumotlar asosida ammiak ishlab chiqarish korxonasidagi sintez kolonnasi apparatini qizdirishning avtomatik tizimini ishlab chiqish.
4
Tadqiqot obʼekti: Ammiak ishlab chiqarish korxonasining ammiakni sintez qilish blokidagi sintez kolonnasi apparatini qizdirishning avtomatik tizimini ishlab chiqish va loyixalash.
Tadqiqot predmeti: Honeywell firmasining Experion PKS nomli avtomatik boshqarish tizimi va uning apparat hamda programma taʼminoti komponentlari.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Hozirgi kunda dolzarb mavzulardan sanalgan mehnat unumdorligi, energiya va hom ashyo resurslaridan oqilona foydalanishlik, sifatli va iqtisodiy arzon mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lib, bu muammolarni hal etishda kompyuterli avtomatik tizimlardan foydalanish.
5
Ammiakni sintez qilish jarayonini avtomatlashtirish.
1. Texnologik sxemasining tavsifi
0,3% Ar va 1 % gacha SN4 bo`lgan azot-vodorod aralashmasi (AVA) to`rt bosqichli markazdan qochma kompressorda 31,5 MPa bosimgacha siqiladi va havo sovutkichida 40°S gacha sovutilgandan so`ng ammiak sintezi agregatining kondensatsion kolonkasi 1 ga yo`naltiriladi (29.1-rasm). Suyuq ammiak qatlamidan o`tib, u namlik qoldiqlaridan va uglerod dioksididan yuviladi hamda kolonkaning seperattsion qismida tsirkulyatsion (aylanuvchi) gaz bilan aralashib ketadi. Gazlar aralashmasi tsirkulyatsion gazni trubalar oralig’ida sovitib, 35—45°S gacha qiziydi va kondensatsion kolonkadan issiqlik almashtirgichi 2 ga chiqadi. Issiqlik almashtirgichning trubalar oralig’ida gaz 140—190°S gacha qiziydi (trubkalar naychalar bo`ylab kelayotgan ro`para gaz bilan) va sintez kolonkasi 3 ga yo`naladi.