Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati


Muammoning o‘rganilganlik darajasi



Download 45,19 Kb.
bet2/2
Sana04.04.2022
Hajmi45,19 Kb.
#528571
1   2
Bog'liq
22,Диссертация мавзусининг долзарблиги ва зарурати.11docx

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Jahon ilmiy-texnik
adabiyotlarda har xil kon – Xibin, Koratog‘ i CHilisoy fosfatlarini ham
EFK ning o‘zi, ham uning ammoniylashgan eritmasi bilan o‘zaro
ta’sirlashtirish yo‘li bilan ammofosfat olish texnologiyasini ishlab
chiqish bo‘yicha keng materiallar mavjud (Syomkin V.I., Dmitrevskiy B.A.,
YArosh B.E. Iretskaya S.N., Suetinov A.A., Starodubsev V.S.). MQ past navli fosforitlarini ammofosfatli o‘g‘itlarga qayta ishlash bo‘yicha Sattarov
T.A. shug‘ullangan. Ammo karbonatli fosforitlarni parchalash uchun EFK ni
qo‘llash ortiqcha ko‘piklanishga olib kelib, bu normal texnologik jarayonni
olib borishga to‘sqinlik qiladi. Adabiy manbalarda har xil turdagi MQ fosforitlarini bug‘latilmagan va bug‘latilgan EFK ni qo‘llash bilan parchalash asosida qo‘sh superfosfat olish bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan (Namazov SH.S., Abdullaev B.D., Beglov B.M., Juraev M.T., Mirzakulov X.CH., SHamaev B.E., Volыnskova N.V.). Ularda faqatgina an’anaviy turdagi va oqimli usullarini qo‘llash orqali qo‘sh superfosfat olish mumkinligi ko‘rsatilgan.
Garchand, sifatli Xibin va Kovdor apatit konsentrati hamda past navli
Qoratog‘ va CHilisoy fosfat xom ashyosini qo‘llash bilan yagona texnologik
siklda qo‘sh superfosfat olishning siklik usuli ishlab chiqilgan bo‘lsada,
(Pozin M.E., Zinyuk R.YU., Kuznetsov A.A., Zavertyaeva T.I., Smirnov A.A.,
SHapkin M.A., Guller B.D., Mыrzaxmetova B.B., Axmetova S.O), ammo MQ
fosforitlari kabi yuqori karbonatli xom ashyolar tadqiq etilmagan.
SHunday qilib, sanab o‘tilgan ishlarda MQ fosforitlarini ushbu
fosfat xom ashyodan olingan qisman ammoniylashgan EFK bilan o‘zaro
ta’sirlashtirish yo‘li bilan ammofosfatli o‘g‘itlar olish masalasi
ko‘rilmagan. YUqori kalsiy moduliga ega MQ karbonatli fosforitlar
asosida qo‘sh superfosfat olishning siklik usuli esa mavjud emas.
Dissertatsiya mavzusining dissertatsiya bajarilayotgan ilmiy-
tadqiqot muassasining ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bog‘liqligi.
Dissertatsiya tadqiqoti Umumiy va noorganik kimyo institutining
ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining A-6-120 «Mahalliy Markaziy
Qizilqum fosforitlari asosida konsentrlangan murakkab azotfosforli va
birlamchi fosforli o‘g‘itlar olishning chiqindisiz texnologiyasini ishlab
8
chiqish» (2006-2008 yy.), FA-6-TO50 «Past navli Markaziy Qizilqum
fosforitlarini amaldagi texnologiyaga jalb qilish orqali fosfor tutuvchi
o‘g‘itlar olishning resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqarish» (2009-
2011 yy.), FA-A12-137 «Markaziy Qizilqum fosforitlarining
chiqindisini fosforli o‘g‘itlarga qayta ishlash texnologiyasini ishlab
chiqish» (2015-2017 yy.) amaliy loyihalari va «Ammofos-Maksam» AJ
bilan tuzilgan ID-8-8/1 «Mahalliy xom ashyo asosida fosforli o‘g‘itlar
ishlab chiqarish texnologiyasini «Ammofos» OAJ da qo‘llash» xo‘jalik
shartnomasi doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi Markaziy Qizilqum past navli
fosforitlarini fosforkislotali qayta ishlash yo‘li bilan konsentrlangan
fosforli va azotfosforli o‘g‘itlar olishning resurstejamkor
texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
har xil turdagi boyitilmagan va boyitilgan Qizilqum
fosforitlarining qisman ammoniylashgan EFK bilan o‘zaro ta’sirlashish
jarayonini o‘rganish orqali ammofosfat olish;
MQ past navli fosforitlaridan olingan ammofosfatli o‘g‘itlarning
suvda erimaydigan qismini tadqiq etish hamda tayyor mahsulotlarning
fizik-kimyoviy va tovar xossalarini tadqiq etish;
EFK ni bug‘latish usuli bilan konsentrlash, keyinchalik bug‘latilgan
EFK me’yori va konsentratsiyasi, harorat va vaqtga bog‘liq ravishda MQ
fosforitlarinining parchalanish kinetikasini o‘rganish;
MQ fosforitlarini siklik ishlov berishda EFK ning maqbul
topilgan me’yori va konsentratsiyasida olingan monokalsiyfosfat
kristallanishiga harorat hamda vaqtning ta’sirini tadqiq qilish;
siklik usulda olingan oraliq va mahsulot bo‘tqalarning reologik
xossalari o‘rganish. Fosforitning yangi porsiyasini parchalash sikli
jarayoniga qaytarish maqsadida konsentrlangan EFK ni to‘yingan eritmadan
qayta tiklash jarayonini tadqiq etish;
MQ fosforitlarini bug‘latilgan EFK bilan siklik usulda parchalash
yo‘li bilan qo‘sh superfosfat va konsentrlangan azotfosforli o‘g‘itlarni
olishning maqbul sharoitlarini topish;
laboratoriya model va yiriklashgan qurilmalarda taklif etilayotgan
fosforli o‘g‘itlarning texnologik parametrlarini sinovdan o‘tkazish,
shuningdek mahsulotlarning agrokimyoviy samaradorligini baholash;
konsentrlangan birlamchi va murakkab fosforli o‘g‘itlar ishlab
chiqarishning texnologik tizimini, material balansini ishlab chiqish va
texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblash.
Tadqiqotning ob’ekti MQ past navli fosforitlari, EFK, sulfat
kislotasi, to‘liq parchalanmagan fosforit (kek), monokalsiyfosfat,
ammiak, to‘yingan eritma, fosfogips, ammofosfat, qo‘sh superfosfat va
konsentrlangan azotfosforli o‘g‘itlardan foydalanilgan.
9
Tadqiqotning predmeti. MQ fosforitlarini qisman ammoniylashgan
va konsentrlangan EFK bilan qayta ishlash asosida ammofosfat, qo‘sh
superfosfat va azotfosforli o‘g‘itlar olish hisoblanadi.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqotning kimyoviy va fizik-kimyoviy
usullari: rentgenfazoviy, IQ-spektroskopik, elektron-mikroskopik va
induksion bog‘langan plazmali optik-emission spektroskopiya (IBP bilan
OES) qo‘llanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tarkibida maksimal miqdorda o‘zlashuvchan va suvda eruvchan shakldagi
R2O5 tutgan, yaxshi fizik-kimyoviy va tovar xossalarga ega ammofosfatli
o‘g‘it olishning maqbul bo‘lgan EFK : FX og‘irlik nisbati va kislota rN
muhiti aniqlangan;
kinetik qonuniyatlarni aniqlash orqali har xil turdagi MQ
fosforitlarini yuqori me’yorlardagi bug‘latilgan EFK bilan
parchalashning asosiy ko‘rsatkichlari isbotlangan;
elektron mikroskop hamda IBP bilan OES qo‘llash yo‘li bilan asosan
kalsiy digidrofosfatdan tashkil topgan monokalsiyfosfatning maqbul
kristallanish vaqti va tuz tarkibi aniqlangan;
konsentrlangan fosfor kislota bilan fosfat xom ashyoni parchalash
mahsulotlaridan monokalsiyfosfatni kristallash va yagona siklda EFK
ni qaytarish hamda yuqori sifatli qo‘sh superfosfat olish mumkinligi
asoslangan;
siklik usulda olingan nordon monokalsiyfosfatni
ammoniylashtirish asosida yuqori konsentratsiyaga ega azotfosforli o‘g‘it
olish mumkinligi aniqlangan;
past navli fosforitlarni jalb qilish yo‘li bilan yangi turdagi
birlamchi va murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
Ammofos ishlab chiqarish qurilmalarida ammoniylashgan EFKning
kuchsiz eritmasi va past navli fosforitlarni parchalash yo‘li orqali
ammofosfatli bo‘tqani bug‘latish bosqichisiz ammofosfatli o‘g‘it olish
texnologiyasi ishlab chiqilgan;
MQ fosforitlarini konsentrlangan EFK ning yuqori me’yori bilan
MQ fosforitlarini parchalash, keyinchalik kalsiyfosfatli suspenziyani
suyuq va qattiq fazalarga ajratish, nordon monokalsiyfosfatni turli xil
reagentlar (bo‘r, so‘ndirilmagan ohak, fosforit va ammiak) bilan
neytrallash yo‘li bilan qo‘sh superfosfat va konsentrlangan azotfosforli
o‘g‘it olishning siklik usuli ishlab chiqilgan;
tarkib va xossalari jihatidan GOST talablariga javob beradigan
ammofosfat, qo‘sh superfosfat, konsentrlangan azotfosforli o‘g‘it
olishning maqbul parametrlari va texnologik tizimi ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Kimyoviy (analitik kimyo)
va fizik-kimyoviy (rantgenfazali, IQ-spektroskopik, IBP bilan OES)
tahlil natijalari «Elektrokimyozavod» QK-AJ ning sinov
dalolatnomalari bilan tasdiqlangan.
10
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati MQ fosforitlarini qisman
ammoniylashtirilgan EFK va yuqori me’yordagi fosfor kislotasi bilan
faollashtirish va parchalashning ilmiy asoslarini o‘g‘itlarning suvda
erimaydigan qismidagi o‘zlashuvchan fosforni hamda kinetik
konstantalarni aniqlash orqali yaratish, oraliq va mahsulot bo‘tqalarning
reologik xossalarini o‘rganish, fosforitlarni siklik qayta ishlash
sharoitida harorat chegaralarini o‘rnatish, shuningdek konsentrlangan
EFKni bug‘latmasdan qaytarib olishning maqbul sharoitlarini topish,
konsentrlangan birlamchi va murakkab fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarishga
past navli MQ fosforitlarini jalb qilish bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati past navli Qizilqum
fosforitlarini boyitish bosqichisiz yangi turdagi yuqori konsentratsiyali
fosforli o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish, undan tashqari EFK
yoki bo‘tqani energiya talab etuvchi bug‘latish jarayonini istisno qilish bilan
belgilanadi. Ishlab chiqilgan texnologiya tayyor mahsulotda bir tonna R2O5
olish uchun ammiak, sulfat kislotasi va issiqlik energiyasi sarflari
harajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Ushbu mahsulotlarni ishlab
chiqarishini tashkillashtirish qishloq xo‘jaligi kuzgi shudgorga solish uchun
birlamchi fosforli hamda ekish va oziqlantirishda azotfosforli kabi
o‘g‘itlar bilan ta’minlanadi, bu esa yuqori agrokimyoviy samaradorlikka
erishishga xizmat qiladi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. MQ past navli
fosforitlari asosida konsentrlangan birlamchi fosforli va azotfosforli
o‘g‘itlar olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy
natijalar asosida:
ammofosfat ishlab chiqarish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJ
da amaliyotga joriy etilgan («Uzkimyosanoat» AJ ning 2019 yil 13 iyundagi
01/3-3453-sonli ma’lumotnomasi). Natijada karbonatli fosforitlarni
qisman ammoniylashgan EFK bilan faollashtirish yo‘li bilan ishlab
chiqarishga jalb qilish imkoni yaratilgan;
siklik usulda past navli fosforitlarni fosforkislotali qayta
ishlash asosida «B» markali qo‘sh superfosfat olish texnologiyasi
«Elektrokimyozavod» QK-AJ da amaliyotga joriy etilgan («Uzkimyosanoat»
AJ ning 2019 yil 13 iyundagi 01/3-3453-sonli ma’lumotnomasi). Natijada
kuzgi shudgorda qo‘llashda samarali bo‘lgan konsentrlangan birlamchi
fosforli o‘g‘itlar assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
siklik usulda olingan nordon monokalsiyfosfatni
ammoniylashtirish yo‘li bilan yuqori konsentrlangan azotfosforli o‘g‘it
olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJ da amaliyotga joriy etilgan
(«Uzkimyosanoat» AJ ning 2019 yil 13 iyundagi 01/3-3453-sonli
ma’lumotnomasi). Natijada eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab
chiqarishning alternativ variantini ishlab chiqishga imkon bergan;
Qizilqum fosforit majmuasining MM samarali foydalanish orqali
qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha X-Respublika
11
innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida Navoiy kon -
metallurgiya kombinati Davlat korxonasi bilan xo‘jalik shartnomasi
tuzilgan (2017 yil 11 mayda №661 raqam bilan ro‘yxatga olingan). Natijada
Qizilqum fosforit majmuasining yirik tonnajli chiqindisi -
minerallashgan massani fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarishiga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri jalb qilish imkoniyati yaratildi.
Tadqiqot o‘Y&_D_6_("Bnatijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot
natijalari 7 ta xalqaro va 16 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda
ma’ruza qilingan va muhokamadan o‘tgan.
Tadqiqot natijalarning e’lon qilinishi. Dissertatsiya mavzusi
bo‘yicha jami 43 ta ilmiy ish chop etilgan. SHulardan 17 ta ilmiy maqola,
jumladan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasi
tomonidan chop etish tavsiya etilgan jurnallarda 5 tasi respublika va 12
tasi xorijiy jurnallarda nashr etilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya tarkibi kirish,
beshta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan
iborat. Dissertatsiya hajmi 200 betni tashkil etgan.
DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI
Kirish qismida o‘tkazilgan ishning dolzarbligi va zarurati
asoslangan, tadqiqotning maqsad va vazifalari shakllantirilgan,
tadqiqotning ob’ekt va predmetlari tavsiflangan, tadqiqotning
respublika fan va texnologiyalar taraqqiyoti ustuvor yo‘nalishlariga
mosligi, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari, ularning
amaliyotga joriy etilishi bayon qilingan, chop etilgan ilmiy ishlar va
dissertatsiya tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Birinchi bobda «Fosforitlarni birlamchi va murakkab fosforli
o‘g‘itlarga qayta ishlashning zamonaviy holati va muammolarini echish
yo‘llari» MQ fosfat xom ashyosi tavsifi va uni Qizilqum fosforit
kompleksida amaldagi termik boyitish usulining, shuningdek termik usulga
muqobil bo‘lgan usullarni qo‘llashga bo‘lgan urinishlar tavsiflangan.
Xorijiy va respublika olimlarining sifatli hamda pastnavli fosfat xom
ashyosini birlamchi va murakkab o‘g‘itlarga qayta ishlash sohasidagi tadqiqot
ishlari sharhlab o‘tilgan. Siklik usulda qo‘sh superfosfat olish masalalari
muhokama qilingan. CHop etilgan ishlarning tanqidiy tahlili mazkur
ishning maqsad va vazifalarini shakllantirishga xizmat qildi.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobida «Qizilqum fosforitlarini
qisman ammoniylashgan ekstraksion fosfor kislotasi bilan
faollashtirish asosida ammofosfat o‘g‘itlar» har xil turdagi MQ
fosforitlari tarkibi keltirilgan (1-jadval), dastlabki xom ashyo hamda
tayyor mahsulotlarning kimyoviy va fizik-kimyoviy tahlil o‘tkazish
uslublari keltirilgan. Ushbu bobda oddiy fosforit uni (OFU), boyitilgan
fosfat xom ashyosi (FX): yuvib quritilgan konsentrat (YUQK), yuvib
kuydirilgan konsentrat (YUKK) va kimyoviy boyitilgan konsentrat (KBK) va
12
chiqindilar: changli fraksiya (CHF) va minerallashgan massa (MM) larni
qisman ammoniylashtirilgan (rN = 1,2; 1,5; 1,7; 1,8; 2,0; 2,2 va 2,5) EFK
bilan o‘zaro ta’sirlashtirish yo‘li orqali ammofosfat o‘g‘itini olish
jarayoni o‘rganilgan.
Faollanish jarayoni EFK : FX = 100 : (15-50) og‘irlik nisbatlari
oraliqlarida 65oSda 30 min davomida olib borildi. Keyin ammofosfat
bo‘tqalari 105oS da doimiy og‘irlikgacha quritildi. Nam fosfat massani
donadorlash quritish jarayonida yumalash usuli yordamida bajarildi. OFU
misolida olingan mahsulotlar tarkibi 2 jadvalda keltirilgan__
Download 45,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish