Dissertatsiya ishi mavzusini tanlash bo‘yicha
A S O S N O M A
Tadqiqotchining F.I.Sh.: Rahmonova Maftuna O‘ktamovna
Bajarilishi rejalashtirilayotgan dissertatsiya ishi mavzusi: “O‘zbek folklorida latifa janri (janr tabiati, tasnifi va badiiyati)”
Ilmiy maslahatchi: f.f.f.d. (PhD), N.Tursunova
Mutaxassislik shifri: 70111401 – O‘zbek tili va adabiyoti
Ish bajarilayotgan tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti
Mavzuning dolzarbligi: Dunyo folklorshunosligida keyingi vaqtlarda dunyo bo‘yicha xalq og‘zaki ijodiga bo’lgan qiziqish susayib, uning o’rnini “ommaviy madaniyat” egallayotgani haqida katta minbarlardan ham aytilmoqda. Biroq xalq og’zaki ijodining eng ommabop janri bo’lmish latifalarga nisbatan bunday deyish qiyin. Latifa janrida susayish deyarli kuzatilayotgani yo'q. Aksincha, u zamon va davrga, davraga mos ravishda o’zgarib, o’zining teran ijodiy tabiatini namoyon qilayotir. Binobarin, latifa janrining ommabop va xalqchilligi, faol qo’llanishi uni ijtimoiy-tarixiy satxda tipologik jihatdan tasniflashni taqozo etmokda. Ayniqsa, qardosh xalqlar latifalarini qiyosiy-tipologik taxlil etish xalq ruhiyatini teranroq anglash va mushtarak badiiy-estetik qadriyatlarni aniqlash imkoniyatini yaratadi.
Oʻzbekistonda latifa janrining o’rganilishi ko’p yillik tarixga ega bo’lib, janr xususiyatlari, ijro shakli, poetikasi, obrazlar tizimi anchagina batafsil tahlil etilgan. Biroq turkiy xalqlarning barchasi uchun mushtarak latifa qaxramonlari keng tarqalgani, hozirgacha faol tarzda yaratilib, ijro etilayotgani shu mahalgacha qiyosiy tahlilga tortilgan emas. Xususan, latifa janrining oʻzbek “Oʻzbek folklorida latifa janri (janr tabiati, tasnifi va badiiyati)” ikki aspektda baholash mumkin. Birinchisi, adabiy taʻsir, ikkinchisi, folklorshunoslikdagi yozilgan tadqiqotlar: maqolalar, monografiyalar misolida..
Shuningdek, latifalarning yaratilish tarixi xalq ijodining tarixi singari juda qadimiy. Latifalar xalq hayoti zaminida yuzaga keladi. Shu tufayli yozma adabiyotga xalq ogʻzaki ijodidan kirib kelgan va yozuvchilar tomonidan rivojlantirilgan. Oʻz navbatida yozma adabiyotda yaratilgan latifalar zamonlar Oʻtishi bilan asta-sekin xalq ogʻzaki ijodiga kirib kelib, komik qahramon nomi bilan bogʻlanib, latifalar miqdorini orttira borgan.
Latifalar uzoq zamonlardan beri xalq orasida orasida aytilaverib maqollarga oʻxshab quyma holga kelgan, bir eshitgan kishining hech qachon esidan chiqmaydigan badiiy yuksak asar boʻlib qolgan. Latifalarda oʻzbek xalqiga xos kulgusevarlik, donolik va hozirjavoblik singari xususiyatlar mujassam boʻlganligi bilan inson hayotida muhim ahamiyatliligini isbotlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |