A.S.Begmatov, M.B.Xamidulin, M.Sh.Bo'taboev. Korporativ madaniyat va korporativ boshqaruv.- T:
13
imkoniyatlari tugiladi. Axoli tomonidan aktsiyalar, obligatsiyalar va boshka
qimmatli qog'ozlarning nakd pulga sotib olinishida muomaladagi pul
belgilarining mikdori kiskaradi, bu pul muomalasining axvoliga samarali ta'sir
kursatadi.
Aktsiyalar va obligatsiyalarning yanada keng tarkalishi fond bozorini
kon'yukturani urganishning muxim vositasiga aylantiradi. Fond bozori turli
korxonalar, tarmoklar, xujalik soshchalarini, usib boruvchi baynalminallashuv
sharoitida esa, turli mamlakatlarning milliy iqtisodiyotini bozor jixatdan
kiyoslashga yordam beradi.
O'zbekistonda qo'shma korxonalarni tashkil qilishning eng tarqalgan
huquqchilik tashkiliy shakli aktsiyadorlik jamiyati bo'lib, unda jamiyatni
korporativ boshqarish va nazorat qilish tizimi to'liq ko'rinishda quyidagicha
tasvirlash mumkin:
Bunda uning asosiy elementlarini qo'yidagicha tavsiflash mumkin.
Aktsiyadorlar korporativ boshqaruv tizimining eng yuqori pog'onasidir. Ular
biron-bir masalada ma'lumot olish uchun tizimning har qanday elementiga
murojaat qilishlari mumkin, biroq o'z farmoyishlarini faqat aktsiyadorlar umumiy
yig'ilishi orqaligina beradilar. Alohida olingan har bir aktsiyadorga tizimning hech
bir elementi shaxsan hisob bermaydi. Korporatsiya joriy faoliyatiga to'g'ridan-
to'g'ri ta'sir qilish imkoniyatiga ega bo'lmagan aktsiyadorlar uchun kompaniyadagi
ahvol haqida tezlik va osonlik bilan ma'lumot olish usuli muhimdir. Bunda
ma'lumotlar manbaining ma'lum bir shaxsga bog'langanligi muhimdir – barcha
ma'lumotlar bir qo'lda (tuzilmaga) jamlanishi va bir qo'ldan tarqatilishi kerak, toki
manfaatdor shaxslar qaerdan ma'lumot olish mumkinligini bilsinlar.
Aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishi
korporatsiyani boshqarishinng oliy
organi bo'lib, investorlarga korporatsiyaning eng muhim masalalari bo'yicha qaror
qabul qilishga imkoniyat beradi. Aktsiyadorlar umumiy yig'ilishi, aktsiyadorlar
qo'lidagi yagona ta'sir qilish vositasi bo'lib, u barcha korporativ boshqaruv
organlarini hosil qiladi va vakolatlar beradi, hamda ular faoliyati samaradorligini
baholaydi. Biroq, umumiy yig'ilishni chaqirish, tayyorlash, o'tkazish va qabul
14
qilingan qarorlarni rasmiylashtirishga korporatsiya kuzatuv kengashi, korporativ
kotibi, sanoq komissiyasi va ijroiya organi javobgardir. Umumiy yig'ilishni
tayyorlash va o'tkazish jarayonida qatnashayotgan korporativ boshqaruv a'zolari
ularning manfaatlariga aloqador bo'lgan (bandlikning ta'minlanishi, faoliyatining
moliyaviy shartlari, tanqidni oldini olish) kun tartibining shakllanishiga va
qarorlarni qabul qilinishiga manfaatdor bo'lishlari mumkin. Shuning uchun, ular
tomonidan aktsiyadorlar irodasiga (ochiqdan-ochiq emas, ko'proq yashirish tarzda)
qarshilik qilishlarini kutish mumkin, va ular bunday imkoniyatga egadirlar, chunki
umumiy yig'ilish o'tkazilishining asosiy shakl-shamoyilini ular belgilaydilar
6
.
Do'stlaringiz bilan baham: