O'zbekiston Respublikasi Valyuta birjasidan mustaqil ma'lumotlar asosida olindi.
54
borishi bu riskni to'g'ri baxolash imkonini bermaydi. Lekin birja bozorining
valatillik darajasini kuzatish mumkin (9 - jadval).
Mazkur 8 – jadvaldan xulosa qilib shuni ta'kidlash mumkinki, O'zbekiston
aktsiyalari bozori boshqa bozori shakllanayotgan mamlakatlar kabi juda valatillik
darajasi baland bo'lgan tabiatga ega. Bunday tabiat qisqa va o'rta muddatlarga
saqlanib qolishi mumukin. Buning natijasida bozor riski qimmatli qog'ozlar bozori
muvofiqlashtiruvchilarining aloxida e'tiborini tortadigan predmet bo'lishi lozim.
O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozori o'zining sifat va miqdor
ko'rsatkichlari bilan ko'p jixatdan Rossiya qimmatli qog'ozlar bozoridan ortda
qoladi. Xususan, misol tariqasida shuni keltirish mumkinki, Rossiya qimmatli
qog'ozlar bozorining zamonaviy xolatini baxolab, 2008-2013 yillarda bozor xajmi
va likvidligi 5 marotaba ortganligiga guvox bo'lish mumkin. Bunda aktsiyalar
bozori kapitalizatsiyasi 200 mlrd. AQSh dollaridan ortib ketdi, aktsiyalar
bozorining YaIMga nisbati esa 45 %ni tashkil etadi. Qimmatli qog'ozlar
bozorining umumiy xajmi esa 210 mlrd. AQSh dollaridan ortib ketdi.
Tarkibiga 1996 yilda, avvallari Moliya vazirligi qoshida faoliyat yuritgan
qimmatli qog'ozlar va birjalar bo'yicha komissiya bazasida tuzilgan Qimmatli
qog'ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi kiritilgan
bo'lsada, Davlat Mulki Qo'mitasi qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirishda
katalizator rolini bajarmayapti. Bunday tandem xususiylashtirilgan korxonalarda
davlat aktsiyalari paketini boshqarishda ham, korporativ qimmatli qog'ozlar
bozorini rivojlantirishda ham kutilgan natijani bergani yo'q. Natijada esa qimmatli
qog'ozlar bozorida xozirgi muammolar yuzaga keldi. Oqibatda so'nggi uch yil
davomida ochilgan aktsiyadorlik jamiyatlarining soni 01.01.2014 yil xolatiga 2114
donani va ular aktsiyalarining umumiy xajmi 2927,3 mlrd. so'mni tashkil etdi. Shu
bilan birga qo'shimcha emissiyalar miqdori 569,6 mlrd. so'mni tashkil etdi, ya'ni
2012 yilgi nisbatan 25,7 %ga o'sish kuzatildi. Aktsiyalar bo'yicha dividendlarning
o'z vaqtida to'lanmasligi ommaviy xarakter kasb etgan. 2012 yil yakunlariga ko'ra
xisoblangan 146,0 mlrd. so'mlik dividendlarning 32,5 mlrd. so'mlik qismigina
(22,2%) o'z vaqtida to'landi. Bundan tashqari turli xil sabablarga ko'ra 2011 yil va
55
avvalgi yillar yakuni bo'yicha xisoblanagan dividendlarning bir qismi ham
to'lanmagan (5,3 mlrd. so'm).
2013 yilda asosiy kapitalga investitsiya xajmi 3012,9 mlrd. so'mni tashkil
etib, bu ko'rsatkich nominal bo'yicha chiqarilgan va qimmatli qog'ozlar bozori
orqali joylashtirilgan qimmatli qog'ozlar umumiy xajmidan biroz ortiqroqdir. Agar
R/E ko'rstkichi (aktsiya o'rtacha kursining bir aktsiyaga to'g'ri keluvchi o'rtacha
dividend miqdoriga nisbati) bo'yicha baxolaydigan bo'lsak, 10 – jadvalda
keltirilgan xolatga guvox bo'lamiz.
10-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: