1.2. Ikki chiziqli o‘zgartirish
Raus-Gurvis mezoni
Naykvist mezoni
2.1.Naykvistning logarifmik mezoni
Mixaylov mezoni
2.2.Diskret tizimlarning aniqligi
Mehnat xavfsizligi
Mehnat sharoitlarini me’yorlashtirish, ishchilar uchun sog’lom va xavfsiz ish sharoitini ta’minlash maqsadida mehnat xavfsizligi talablari asosida standartlar ishlab chiqilib ular ma’lum bir sistemaga solingan.
Korxonadagi, har bir ish joyidagi mehnat sharoiti mehnatni muhofaza qilish standartlari, qoida va me’yorlari talablariga muvofiq bo’lishi lozim.
Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi (MXST) haqida umumiy ma’lumotlar
MXST- bu ish faoliyati davomida ishchilarni sog’ligi va hayotini saqlash, xavfsiz ish sharoitlarini yaratishni ta’minlashga qaratilgan sanitariya-gigiena, metrologik, tashkiliy-texnik qoida va me’yor talablardan tashkil topgan o’zaro bog’langan standartlar kompleksidir.
MXST ning asosiy maqsadi- mehnat sharoiti xavfsizligini standartlashtirish bo’yicha yagona davlat siyosatini olib borishga yo’naltirilgan o’zaro bog’langan standartlar kompleksini o’rnatish.
Mehnat xavfsizligi talablarini standartlashtirish bo’yicha ishlar ikki yo’nalishda olib boriladi:
1. xavfsiz va sog’lom mehnat sharoitlarini yaratish bo’yicha talablarni aks ettiruvchi maxsus standartlarni ishlab chiqish;
2. standartlar va texnik shartlarga “Xavfsizlik talablari” degan maxsus bo’lim kiritish.
Birinchi yo’nalish mehnat xavfsizligi standartlari tizimi (MXST) ni ishlab chiqishda amalga oshiriladi.
O’z MXST ning ta’sir doirasi quyidagi standartlashtirish ob’ektlarini o’z ichiga oladi:
asosiy holat va umumiy tashkiliy- metodik asoslari;
mehnat xavfsizligini metrologik ta’minlash;
mehnat sharoiti xavfsizligini ta’minlash ishlarini tashkil etish bo’yicha umumiy xolat;
ishlab chiqarishning zararli va xavfli omillarini klassifikatsiyalash;
mehnat xavfsizligi bo’yicha terminlar va asosiy tushunchalarni aniqlash;
ishlab chiqarishning zararli va xavfli omillari bo’yicha mehnat xavfsizligini me’yor va talablari (elektrxavfsizlik, yong’in va portlash xavfsizligi, gigienik va umumiy talablar);
ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillarini me’yoriy ko’rsatkichlari;
ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillarini nazorat metodlari (o’lchash, sinash, taxlil qilish);
ishlab chiqarish jihozlariga, avtomat va yarim avtomat rejimida ishlaydigan ishlab chiqarish jihozlari guruhlariga xavfsiz ishlashni umumtexnik talablari va yana bu talablarni bajarilishini nazorat qilish va baholash usullari;
ishlab chiqarish jarayonlari va texnologik jarayonlar qo’rinishiga umumtexnik xavfsizlik talablari va bu talablarni bajarilishini nazorat qilish va baholash usullari;
ishchilarni himoya qilish vositalari klassifikatsiyasi
Hozirgi kunda 370 nomdagi davlatlararo standart (GOST) lar ishlamoqda. Asosiy holatlarni tartibga soluvchi O’zbekiston davlat standartlari ham qabul qilingan. Mehnat xavfsizligi standartlari tizimiga “12” shifri berilgan va u 0 dan 9 gacha raqamlardan iborat shifr osti tizimlardan tashkil topgan. 6 – 9 tizimlari hozircha zahira hisoblanadi.
O’zbekiston MXSTining standartlari quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
0-tashkiliy –metodik standartlar;
1-ishlab chiqarishning zararli va xavfli ko’rinishdagi omillariga me’yor va talab standartlari;
2-ishlab chiqarish jihozlarining xavfsizligiga talab standartlari; 3-ishlab chiqarish jarayonlari xavfsizligiga talab standartlari;
4-ishchilarni himoya qilish vositalariga talab standartlari;
5- bino va inshoatlar xavfsizligiga talab standartlari;
6-9 –zahira.
MXST standartlari quyidagi sxemadagidek ifodalanadi.
1 – rasm. MXST standartlarining ifodalanish strukturasi.
MXST davlat miqyosida va korxona miqyosida bo’ladi.
Ko’plab chet ellarda, xalqaro tashkilotlarda ham shunday standartlar ishlab chiqilgan va ulardan eng yiriklari standartlash sohasidagi xalqaro tashkilot (ISO), uning tarkibiga kirgan Xalqaro Elektrotexnik Komissiya (MEK) hisoblanadi. Xalqaro Mehnat tashkiloti (MOT) da mehnat muhofazasi bo’yicha me’yoriy hujjatlar ishlab chiqiladi.
Bir nechta foydalaniladigan tizimlarni ko’rib chiqamiz.
O-tizimni qurish asoslarining tashkiliy – uslubiy standartlari, quyidagilarni belgilaydi:
MXST ning maqsadlari, masalalari, yoyilish sohasi; -mehnat muhofazasi sohasidagi atamalar;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tasnifi;
ishchi va xizmatchilarga xavfsiz mehnatni o’rganish tartibi va x.k.
Hozirgi paytgacha MXST ning 4 ta asos bo’luvchi standartlari ishlab chiqilgan:
1-“GOST 12.0.001 – 80” MXST. Asosiy qoidalar;
2- “GOST 12.0.002 – 80” MXST. Asosiy tushunchalar, atamalar va ta’riflar;
3- “GOST 12.0.003 – 74” MXST. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari. Tasniflar;
4- “GOST 12.0.004 – 79” MXST. Ishlovchilarni xavfsiz mehnatga o’rgatishni tashkillashtirish. Umumiy qoidalar.
Umumiy qoidalar
1. Xavfli va zararli omillar bo’yicha me’yorlar va talablarning Davlat standartlari; xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tavsifini (ko’rinishi, ta’siri, chegaraviy – joiz qiymatlari, ularni
nazorat etish usullari), xavfli va zararli xususiyatlarga ega moddalar bilan ishlaganda xavfsizlik talablarini belgilaydi.
Bu tizimga, shuningdek, quyidagi standartlar ham kiradi: portlash
xavfsizligi, yong’in va elektr xavfsizligi, titrashga oid va biologik xavfsizlik; shovqin, ulьtratovush, elektromagnit maydonlaridan himoyalanishga umumiy talablar; ish o’rnidagi yoritilganlik va havo muhitiga talablar.
2. Ishlab chiqarish uskunalarining xavfsizligiga talablar standartlari.
3. Ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizligiga talablar standartlari.
4. Ishlovchilarni himoyalash vositalariga talablar standartlari va bu vositalarning sinflanish tasnifi.
5. Ishlab chiqarish bino (xonalari) xavfsizligiga talablar standartlari. O’z MXSTning 5 guruhi nomenklaturasi va darajasini
Davarxivqurilish belgilab beradi.
O’zbekiston MXST standartlarining 0, 1, 2, 3, 4 guruhlari davlatlararo standartlar (GOST) va O’zbekiston davlat standarti hisoblanadi (O`z Dst). Asoslab berilgan holatlarda 0, 2, 3, 4 guruh standartlari tarmoq standartlari bo’lishi mumkin (Tst).
Mehnat xavfsizligi bo’yicha korxona standartlari MXSTning tashkiliy qismi (MXST KS) sanaladi.
Korxona standartlariga “0”va “4” taaluqli.
Standartlarning joriy qilinishi va bajarilishini nazorat qilish Gosstandartning organlari tomonidan kasaba uyushmalarining mehnatni texnik nazorat qilish va xalq xo’jaligida ishlar xavfsiz bajarilishini nazorat qiluvchi davlat nazorat organlari bilan birgalikda, shuningdek, vazirliklar, muassasalar, korporatsiyalar, assotsiatsiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
1. MXSTning ahamiyati va vazifalari, uni amalga tadbiq qilish. Mehnatkashlarning sog’lig’ini muhofaza qilish, xavfsiz ish
sharoitlarini yaratib berish, kasbiy kasalliklarni va ishlab chiqarish jarohatlarini yo’qotish O’zbekiston Respublikasi xukumatining asosiy g’amxo’rliklaridan biri bo’lib, bu O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi, “O’zbekiston Respublikasi Mehnatni muhofaza qilish haqida”gi qonun hamda VMning qarorlari va boshqa hujjatlar mehnat muhofazasining huquqiy asoslarida o’z ifodasini topgan.
Ushbu qonunlarni bajarilishida MXSTining amaliy ahamiyati juda kattadir, ya’ni mehnat muhofazasi bo’yicha qonunlarni bajarilishi uchun mehnat xavfsizligi standartlariga amal qilish zarurati tug’iladi.
MXST ning asosiy vazifasi xavfsiz va sog’lom mehnat sharoitlarini yaratish bo’yicha talablarni aks ettiruvchi maxsus standartlarni ishlab chiqish va ularni amalga tadbiq etishdan iborat.
Ish joylarida xavfsizlik talablarini o’rnatuvchi MXST standartlarini qo’llash mexnat xavfsizligi xizmati tomonidan ishlab chiqiladigan va tashkiliy-texnik tadbirlar rejasi asosida olib boriladi.
Masalan, ishlab chiqarish korxonalarda sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, havo muhitining changlanish va gazlanishi, shovqin, titrash, nurlanish va mehnatning boshqa zararli tomonlarini aniqlash hamda bartaraf etish GOCT 12.1.005-88 “TSexlarda mo’’tadil sharoitlar sanitariya me’yorlari” bo’yicha, titrashni o’lchashdan olingan kattaliklarni sanitariya qoida va me’yorlari baholash CanPiN0063-96 bo’yicha belgilanadi.
Dastgoh, mashina va mexanizmlar loyihalari xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga javob berishi kerak. Birorta yangi mashina, dastgoh yoki mexanizm mehnat muhofazasi talablariga javob bermasa, ishlab chiqarishga joriy qilinmaydi. Bu borada tegishli standartlar ishlab chiqilgan.
“GOST 12.0.004 – 79. Ishlovchilarni xavfsiz mehnatga o’rgatishni tashkillashtirish. Umumiy qoidalar” ga asosan korxona ma’muriyati mehnat muhofazasi tadbirlarini rejalashtirishi, moddiy ta’minlashi zarur. Ayni paytda ishchi va hizmatchilarni yo’riqnomalar bilan tanishtirishi va ularni ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga rioya qilishlarini ta’minlashlari lozim.
“GOST 12.2.004 – 79. -ishlab chiqarish jihozlarining xavfsizligiga talab standartlari bo’lib, yangi texnologik jarayonlarni, mashina – uskunalarni loyihalashda unga amal qilinishi shart.
Yangi yaratilgan mashinalarni tebranish ko’rsatkichlari tajriba yordamida GOST 12.1.034-81 MXST ”Tebranish. O’lchash olib borish uchun umumiy talablar” bo’yicha olib boriladi va mashina va mexanizm pasportida ko’rsatiladi. Ishlab chiqarish korxonalariga jihozni o’rnatilgandan keyin o’lchash natijalari biror ko’rsatkich bo’yicha ozgina oshganligi aniqlansa, ish joyini shovqindan himoyalovchilarni o’rnatish bilan himoya qilinadi va bu ishlar GOST 12.4.093-80 MXST “Tebranish. Statsionar mashinalar. Konstruktsiyani ushlab turuvchi shovkin tutkichni hisobi” bo’yicha olib boriladi.
Xulosa qilib aytganda, MXST O’zbekistonda mehnat xavfsizligi borasida olib boriladigan ishlarni tartibga solib turadi va bu boradagi ishlarda yagona davlat siyosatini olib borishga hizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Norman S. Nise. Control Systems Engineering. New York, John Wiley, 7 edition, 2015. – 944 p.
2.Yusupbekov N.R., Muxamedov B.E., G‘ulomov Sh.M. Texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari. – Toshkent: «O‘qituvchi», 1997. -704 b.
3.Unbehauen, H. Control Engineering. 3 Vols. Braunschweig, F. Vieweg & Sohn Verlagsgesellschaft. German. 2001. - 1273 p.
4.Rotach V.Ya. Teoriya avtomaticheskogo upravleniya. – M.: Izd-vo MEI, 2004, 400 s.
5.Benjamin C. Kuo, Farid Golnaraghi. Automatic Control Systems. New York, John Wiley; 8 edition. 2002. - 624 p.
6.Metodы klassicheskoy i sovremennoy teorii avtomaticheskogo upravleniya / Pod red. K.A.Pupkova. Tom 1-4. – M.: MGTU im. Bau- mana, 2004.
7.Katsuhiko Ogata. Modern Control Engineering. Pearson Higher Ed USA. 5 edition. 2009. -912 p.
8.Erofeev A.A. Teoriya avtomaticheskogo upravleniya. Uchebnik dlya vuzov. – SPb.: Politexnika, 2003. –302 s.
9.Richard C. Dorf, Robert H. Bisho. Modern Control Systems. Pear- son Higher Ed USA; 12 edition, 2010. -1104 p.
10. Automation Control - Theory and Practice. Edited by A.D.Rodić, Tech, 2009. - 360 p.
11.Besekerskiy V.A., Popov Ye.P. Teoriya sistem avtomaticheskogo upravleniya. -SPb.: Professiya, 2004. -752 s.
12.Potapenko Ye.M., Kazurova A.E., Osnovы teorii avtomaticheskogo upravleniya. – Zaporoje: ENTU, 2007.
13.Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish asoslari: O‘quv qo‘llanma. 1,2-qism. Yusupbekov N.R, Igamberdiyev X.Z., Malikov A.V. – Toshkent: ToshDTU, 2007.
14.Andryuщenko V.A. Teoriya sistem avtomaticheskogo upravle- niya: Ucheb. posobie. – L.: SZPI, 1990. -252 s.
15.Burьyan Yu.A. i dr. Teoriya avtomaticheskogo uprvleniya: lineynыe sistemы. Uchebnoe posobie. –Omsk: Izd-vo OmGTU, 2005. -76 s.
16.Vlasov K.P. Teoriya avtomaticheskogo upravleniya (osobыe, diskretnыe i nelineynыe sistemы) / K.P.Vlasov, M.K.Anikin. – SPb.: Sankt-Peterburgskiy gornыy institut, 2006. -99 s.
17. Vlasov K.P. Teoriya avtomaticheskogo upravleniya. Uchebnoe posobie. – X.: Izd-vo Gumanitarnыy tsentr, 2007. -526 s.
18. K.Yu.Polyakov.Teoriya avtomaticheskogo upravleniya. CHastI. - SPb., 2008. -80s.
19. K.Yu.Polyakov. Teoriya avtomaticheskogo upravleniya. CHast II. - SPb., 2009. -59 s.
20. Miroshnik I.V. Teoriya avtomaticheskogo upravleniya. Lineynыe sistemы. – SPb: Piter, 2005. -333 s.
21. Klavdiev A.A. Teoriya avtomaticheskogo upravleniya v primerax i zadachax. CH.1. Ucheb. posobie. –SPb.: SZTU, 2005. -74 s.
22. Klavdiev A.A. Teoriya avtomaticheskogo upravleniya v primerax i zadachax. CH.2: Modelirovanie lineynыx neprerыvnыx sistem avtomatiki. Uchebnoe posobie. –SPb: SZTU, 2005.-81 s.
23. Kim D.P. Teoriya avtomaticheskogo upravleniya. Ucheb. posobie dlya studentov vuzov. –M.: Fizmatlit, 2003. -287 s.
24. Tumanov M.P. Teoriya upravleniya. Teoriya lineynыx sistem avtomaticheskogo upravleniya. Ucheb. posobie. – M.: MGIEM, 2005. - 82 s.
25. Lazareva T.Ya., Martemьyanov Yu.F. Lineynыe sistemы avtomaticheskogo regulirovaniya. Uchebnoe posobie. –Tambov: Izd-vo TGTU, 2001. -264 s.
Do'stlaringiz bilan baham: |