Diqqat turi |
Paydo bo`lish shartlari
|
Asosiy xarakteristikasi
|
Asoslari
| Ixtiyoriy |
Vazifani qabul qilishi
|
Vazifaga asosan yo`nalganlik, irodaviy zo`r berish, uzoq muddatli diqqatning to`planganligi toilqtiradi
|
Ikkinchi signal sistemasini etakchi o`rni
| Ixtiyoriydan
So`nggi diqqat
|
Qiziqishi bilan yuzaga kelgan faoliyatga “kirish”
|
Maqsadga yo`nalganlik saqlab qolinadi, toliqish bo`lmaydi, qiziqish ortadi.
| Faoliyat jarayoniga bo`lgan qiziqishi dominantasidi. | Ixtiyorsiz diqqat |
Kuchli qo`zg`atuvchi asosida yuzaga keladi.
|
Beixtiyoriylik, engillik, bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga tez o`tiladi.
|
Shaxsni qiziqishini namoyon qilyvch yoki xarakterlovchi dominanta
|
Diqqatning barqarorligini saqlashda shaxsning faolligi katta ahamiyatga egadir. K.S.Stanislavskiy aktyorning sahnaviy diqqati haqidagi masalani talqin qila turib, shuni qayd etgan edi: “Ob’ektga jalb etilgan diqqat e’tibor u bilan biron narsa qilishga tabiiy ehtiyojni qo`zg`aydi.
Harakat esa diqqatni ob’ektga yanada ko`proq jalb etadi. Shunday qilib, diqqat harakatga qo`shilib va u bilan o`zaro chatishib, ob’ekt bilan mustahkam bog`lanish hosil qiladi”. Diqqatning barqarorligi uning harakatchanlik xususiyatlari bilan uzviy bog`liqdir. Diqqatning ko`chishi sub’ektning bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga, bir ob’ektdan ikkinchi ob’ektga, bir harakatdan ikkinchi harakatga ataylab o`tishda namoyon bo`ladi. Diqqatni ko`chirishning muvaffakiyati bir qancha shart sharoitlariga bog`liqdir. Ko`chirishi oldingi va keyingi faoliyatning xususiyatlari bilan bog`liq bo`ladi. Diqqatning ko`chirilishi ko`p jihatdan yangi faoliyat maqsadning shaxs uchun ahamiyati, uning aniq ravonligi va soddaligi bilan belgilanadi. Diqqatning ko`chirilishida anchagina individual farklar mavjuddir. Ba’zi odamlar bir faoliyatini qo`yib, ikkinchisini bajarishga tez va osongina kirishib ketsa, boshqalariga bunday tarzda o`tish uchun uzoq vaqt va anchagina kuch-g`ayrat sarflashga to`g`ri keladi. Hozirgi ko`pgina kasblar aynan diqqatning ko`chuvchanligiga nisbatan yuksak talablar qo`ymoqda. Diqqatning ko`chishi o`quv jarayonida ham katta ahamiyatga egadir, diqqatning ko`chishi bilan bir qatorda uning bo`linishini xam alohida ajratib ko`rsatadilar. Diqqatning bo`linishi deganda uning asosiy faoliyatidan uni muvaffaqiyatli tarzda bajarish uchun ahamiyatsiz ob’ektlarga ixtiyorsiz ko`chirilishi tushuniladi. Diqqatning taqsimlanishi ikkita va undan ko`proq faoliyat turlarining (bir qancha harakatlarining) ayni bir vaqtning o`zida (biriga qo`yib) muvaffaqiyatli bajarishi imkoniyati bilan bog`liq xususiyatdir.
ADABIYOTLAR RUYXATI
1. A.V.Petrovskiy. “Umumiy psixologiya”, 1992 yil.
2. P.V.Ivanov .“Umumiy psixologiya”, 1972 yil.
3. A.N.Leont’ev. “Problem’ razvitiya psixika”
4. www.ziyonet.uz
5. www.arxiv.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |