Diqqat turlari va uning xususiyatlari reja: diqqat turlari Diqqatning boshqa bilish jarayonlari bilan bog’liqligi 3



Download 35,24 Kb.
bet6/8
Sana12.06.2022
Hajmi35,24 Kb.
#657675
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DIQQAT TURLARI VA UNING XUSUSIYATLARI

Diqqatning bo’linishi – bu diqqatning bir ob’ektdan ikkinchisiga ixtiyorsiz o‘tkazilishi. Bo’linish tashqi seskantiruvchilar ta’sirida yuz berishi mumkin. Diqqatni ko‘proq to‘satdan paydo bo‘ladigan, o‘zgaruvchan kuch va chastota bilan ta’sir ko‘rsatadigan jism va hodisalar chalg‘itadi. Diqqatning ichki bo’linishi kuchli kechinmalar, yot hissiyotlar, va odam ayni damda mashg‘ul bo‘lgan ishiga qiziqish va mas’uliyatning mavjud emasligi ta’siri ostida paydo bo‘ladi.












Chalg‘ituvchi ta’sirlarga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati to‘siqlarga moslashuvchanlik deb ataladi. Odamlarda bu qobiliyatning rivojlanishida nerv tizimidagi farqlar, aynan, uning kuchi, shuningdek, to‘siqlarga qarshilik ko‘rsatishni oshirishga qaratilagan maxsus mashqlar bilan belgilangan ko‘plab individual tafovutlar kuzatiladi (5.2 rasm).


Diqqat xususiyatlarini o‘rganishda parishonxotirlik haqidagi masala muhim ahamiyat kasb etadi. Parishonxotirlik deb, odatda, ikki turlicha hodisaga aytiladi. Birinchidan, ko‘p hollarda parishonxotirlik deb, insonning atrofidagilarga e’tibor bermasdan, ishga haddan tashqari berilib ketishining natijasiga aytiladi. Parishonxotirlikning bu turi u yoki bu faoliyatda kuchli jamlanganlik natijasida yuzaga kelganligi sababli soxta parishonxotirlik deb ataladi.
Parishonxotirlikning umuman boshqa bir turi inson diqqatini hech bir narsada uzoq vaqt jamlay olmagan vaziyatda, hech birida ushlanib qolmasdan, muntazam ravishda bir ob’ektdan ikkinchisiga yoki bir hodisadan ikkinchisiga o‘tib turishida kuzatiladi. Parishonxotirlikning bu turi haqiqiy parishonxotirlik deb ataladi. Haqiqiy parishonxotirlikdan aziyat chekuvchi insonning ixtiyoriy diqqati o‘ta beqarorligi va chalg‘ib turishi bilan farqlanadi.
Haqiqiy parishonxotirlikning sabablari turlichadir. Bular asab tizimining umumiy izdan chiqishi, qon kasalliklari, kislorod etishmovchiligi, jismoniy yoki aqliy toliqish, og‘ir hissiy kechinmalar bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, diqqat parishonxotirligining sabablaridan biri olingan taassurotlarning ko‘pligi, shuningdek, betartib havas va qiziqishlar ham bo‘lishi mumkin.
Diqqat o‘zining rivojlanish bosqichlariga ega. Bola hayotining birinchi oylarida faqat ixtiyorsiz diqqatning mavjudligi kuzatiladi. Bola dastlab kuchli yoki keskin farq qiladigan tashqi qo‘zg‘atuvchilarni sezadi. Uch oylik bo‘lishi bilan bola, hayoti bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ob’ektlar bilan ko‘proq qiziqa boshlaydi. 5-7 oyligida bola etarlicha uzoq vaqt davomida qandaydir jismni kuzatishi, ushlab ko‘rishi, og‘ziga olishi mumkin. Ayniqsa, yorqin va yaltiroq jismlarga bo‘lgan qiziqishi yaqqolroq ko‘rinadi. Bu ixtiyorsiz diqqatning to‘la rivojlanganligidan dalolat beradi.
Ixtiyoriy diqqatning nishonalari, odatda, birinchi yilning oxiri ikkinchi yilning boshlariga kelib, namoyon bo‘la boshlaydi. Bolada ixtiyoriy diqqatning shakllanishi va rivojlanishi uni tarbiyalash jarayoni bilan bog‘liq. Bolaning atrofidagi odamlar asta-sekin bolani o‘zi istaganini emas, balki, uning qilishi zarur bo‘lganlarni bajarishga o‘rgatib boradilar.
Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida o‘yin katta ahamiyatga ega. O‘yin jarayonida bola o‘z harakatlarini o‘yin talablariga muvofiqlashtirishni va ularni qoidalarga mos ravishda yo‘naltirishni o‘rganadi. Ko‘pchilik jismlar va hodisalar bilan tanishib borish, oddiy munosabatlarni farqlash malakasining asta-sekin shakllanishi, ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlashish, ular bilan sayr qilish va o‘yinlar o‘ynash, boshqa jismlar va o‘yinchoqlarni o‘ynatish – bularning barchasi bolaning shaxsiy tajribasini boyitadi, shu bilan birga, uning qiziqishlari va diqqatini rivojlantiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning asosiy xususiyati ixtiyoriy diqqatining etarlicha barqaror emasligidan iborat. Bola yot seskantiruvchilarga oson chalg‘iydi, uning diqqati o‘ta hissiyotlidir. Asta-sekin bolada mashqlar va iroda kuchi yordamida o‘z diqqatini boshqara olish layoqati shakllanadi.
Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida maktab alohida ahamiyat kasb etadi. Maktab mashg‘ulotlari jarayonida bola intizomga o‘rganadi, unda qunt qilish, hulq-atvorini nazorat qilish layoqati shakllanadi. SHuni aytib o‘tish lozimki, maktab yoshida ixtiyoriy diqqatning rivojlanishi ham ma’lum bosqichlardan o‘tadi. Boshlang‘ich sinflarda bola mashg‘ulotlarda o‘z hulq-atvorini to‘liq nazorat qila olmaydi, unda ixtiyorsiz diqqat ustunlik qiladi.
Yuqori sinflarda o‘smirning ixtiyoriy diqqati yuqori taraqqiyot darajasiga ko‘tariladi. O‘quvchi etarlicha uzoq vaqt davomida ma’lum faoliyat turi bilan shug‘ullana oladi, o‘z hulq-atvorini nazorat qiladi. Lekin, shuni ko‘zda tutish lozimki, diqqat sifatiga tarbiyalash sharoitlarining o‘zi emas, balki, yosh xususiyatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. 13-15 yoshlarda sodir bo‘ladigan fiziologik o‘zgarishlar yuqori darajadagi toliqish va ta’sirchanlik bilan birgalikda kechadi, va ba’zi holatlarda diqqatning pasayishiga olib keladi.
SHunday qilib, diqqatning rivojlanishida ikki asosiy bosqichni ajratish mumkin: asosiy xususiyati tashqi tomondan belgilangan diqqatning ustunligidan iborat bo‘lgan maktabgacha rivojlanish bosqichi va ichki diqqatning jadal rivojlanishi xususiyatiga ega bo‘lgan maktab davri rivojlanishi bosqichlaridir.
Diqqat – ongimizning o‘zimiz idrok etayotgan, tasavvur qilayotgan, fikr yuritilayotgan va aytayotgan narsamizga qaratish, bir nuqtaga to‘plash demakdir. Diqqat o‘ziga xos alohida bilish jarayoni emas, balki bilish jarayonlarining faol borishi va sifatli bo‘lishi uchun zarurdir, xolos. Ba’zi psixologlar (masalan, G. A. Fortunatov) diqqatni psixik holatlarga qo‘shadilar. Ammo, diqqat ong faolligining o‘ziga xos alohida bir ko‘rinishi ekanligini keyinroq yaqqol anglaniladi. Shu sababli diqqatni iroda sohasiga ham qo‘shish mumkin.
Odamning idrok qilayotgan, tasavvur etayotgan, fikr yuritayotgan narsasiga va qilayotgan ishiga nisbatan ko‘nglidan kechayotgan har xil yoqimli va yoqimsiz, xush yoki noxush tuyg‘ular emotsional sohaga (yoki hissiyot sohasiga) kiradi. Biz dilimizda xush yoki noxush tuyg‘uni, do‘stlik, vatanga muhabbatni, urush olovini yoquvchilarga qarshi g‘azabni his qilamiz. Odamning emotsional tuyg‘ulari doimo uning ehtiyoj va manfaatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Odamning idrok qilayotgan, tasavvur etayotgan va fikr yuritayotgan narsasiga va qilayotgan ishiga ijobiy yoki salbiy munosabati hissiyotda o‘z ifodasini topadi. Emotsiyalar ham jarayon, ham holat bo‘ladi.
Psixik faoliyatning yuksak ko‘rinishi, ya’ni niyatimizga (oldindan o‘ylagan maqsadimizga) yetmoq uchun shu maqsadga erishish yo‘llari va vositalarini qamrab olib, shuningdek, uchraydigan qiyinchiliklarni bartaraf qilishda g‘ayrat ko‘rsatib qilinadigan faoliyat iroda sohasiga kiradi.
Ixtiyoriy (iroda bilan bo‘ladigan) faoliyatni ixtiyorsiz (irodadan tashqari bo‘ladigan) faoliyatdan ajratish kerak. Ixtiyorsiz faoliyat hayotimizdan tashqari va anglab, bilib g‘ayrat ko‘rsatmasdan turib yuzaga chiqadi. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz faoliyat diqqat-e’tiborda va ish-harakatda ko‘rinadi. Shu sababli ixtiyorsiz diqqat bilan ixtiyoriy diqqat, ixtiyorsiz harakatlar bilan ixtiyoriy (iroda bilan bo‘ladigan) harakatlar farq qilinadi. Psixologik hodisalar subyektiv kechinmalar aks etiladigan narsa va hodisalarning miyamizdagi obrazlari shaklida ro‘y beradi. Ammo, barcha subyektiv psixik hodisalar sirtda, organizmimizning xilma-xil o‘zgarish va harakatida: mimika, imo-ishora, nutq pantomimikada o‘z ifodasini topadi.
Odamning psixik hayoti organizm harakatlarida o‘z ifodasini topadi, shu harakatlar yig‘indisi esa xulq-atvor deb ataladi.
Psixika bir butun yaxlit bir narsadir. Psixikaning bu birligi va yaxlitligiga sabab avvalo shuki, bosh miya faoliyati bir butun va yaxlitdir. Psixik hayotning hamma tomonlari: aql, his va iroda shaxsning faoliyatida namoyon bo‘ladi. Shaxs olamni biladi, shaxs turli hislarni dildan kechiradi va shu shaxs ish-harakat qiladi.
Psixik faoliyatning barcha ayrim turlari yagona ong funksiyasi – shaxsning funksiyasidir. Psixologlarning ko‘pchiligi psixik funksiyalar termini o‘rniga psixik jarayonlar terminini ishlatadi. Ammo psixik funksiyalar terminidan foydalangan ma’qulroq. Funksiya tushunchasining mazmuni kengroq. Bu tushuncha psixik jarayonni ham, psixik holatni ham, faollikni ham, ish-harakatni ham o‘z ichiga oladi. Funksiya qanday bo‘lmasin yaxlit bir narsaning qismi emas, balki namoyon bo‘lishi, amal qilishi demakdir. Shuning uchun sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur, nutq, diqqat, hislar, iroda – psixika qismlari emas, o‘zaro yonma-yon ro‘y beruvchi jarayonlar emas, balki bir butun ongning funksiyalari – bir butun shaxsning funksiyalaridir.

Download 35,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish