Boyqobilov Shodimahmad
(1962-1992)
Shodimahmad Darbandda tug’ilib-o’sdi. Muzrabot tumanidagi A.Rudakiy nomli o’rta maktabni tugatib, shu yili Yangibod xo’jaligi qoshidagi traktorchi-mexanizatorlar tayyorlash kursini tamomlaydi. 1968 yildan boshlab xo’jalikda ilg’or mexanizator sifatida tanildi. Bir necha bor tuman va viloyat rahbariyati tomonidan rag’batlantirildi. Shinavanda, birovni ranjitmagan hamisha sofdillik bilan mehnat qilgan insonlardan edi u. Uni ilg’or kadr sifatida qadrlashganlari bilan asosan shax sifatidagi betakrorligini ko’proq yaxshi ko’rishardi. Shodimahmad rafiqasi Zayniddinova Salomat bilan San’at, Ro’zigul, Umida, Maqsuda ismli farzandlarni kamolga yetkazdi.
“HUNARNI ASRABON NETKUMDUR OXIR”
Aminova Zulayxo
(1962-2018)
Darband qishlog’ida tug’ilib o’rta maktabni tugatgan bu ayol Termiz shahridagi tibbiyot bilim yurtiga o’qishga kirib uni muvafaqiyatli tugatadi. U o’z sohasining yetuk bilimdoni edi. Zulayxo kechayu kunduz bo’yin tovlamay hamshira sifatida xalq xizmatida bo’ldi. Har bir vazifani o’z vaqtida bajarishga harakat qiladigan ayol edi u.
“Hunarni asrabon netkumdur oxur”, deganlaridek, u ham bilimlarini bemorlar sog’lig’ini saqlash, ularga o’z vaqtida tibbiy yordam ko’rsatishga, shifo berishga bag’sihladi. Hech qaysi yumushdan o’zini olib qochgani yo’q. U bemor ahlini hech qachon behuda kuttirmasdi. Shuncha jonbozliklarga qaramay, u oilaga yearlicha vaqt ajratishning uddasidan chiqdi. Turmush o’rtog’i Abdulloev Najmiddin bilan farzandlari: Behruz, Umida, Murodbek, Sardorbek, Ozoda ismli farzandlarni kamolga yetkazdi.
DILBAR BU PAYTDA ERTAK AYTAYOTGAN BO’LADI…
Jumaqulova Dilbar
(1962-1985)
Dilbar Sariosiyo tumanida tug’ilgan edi. U marhum o’qituvchi Asadullo Jumaqulovning qizi edi. 1970-1980 yillarda Sariosiyo tumanidagi 12 maktbni tamomladi. So’ngra Denov tumanidagi R.Uzoqova nomli pedagogika bilim yurtini, 1983-1988 yillarda Termiz davlat universitetining pedagogika fakultetini bitirgan edi. O’qishni tugatgach, Yangiobod xo’jaligidagi Yulduzcha bog’chasida mudira bo’lib ishlaydi. 1988-1995 yillarda Darband qishlog’idagi S. Allayorov nomli
10 maktabda boshlang’ich sinf o’quvchilariga saboq berdi. U bilimdon, oilaparvar tajribali o’qituvchi edi. Uning uyida ziyolilar muhiti hukmron edi. A;lbatta, bu muhitni u yaratgan edi. Ba’zi ayollar kim haqidadir mish-mish tarqatayotgan mahalda u bolalariga she’r va ertaklar aytib berayotgan bo’lardi. Dilbar Turmush o’rtog’i Zayniddinov Najmiddin bilan Dilafro’z, Baxriddin, Dildoralarni voyaga yetkazdi. Muhtarama ustoz xotirasi farzandlari nabiralari va xalqimiz qalbida mangu yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |