Partavi har du dida,
Dar bahori zindagi
Gulhoi navdamida.
Ziyoli oilada tug’ilib voyaga yetgan Nigina yaxshi orzular bilan Samaraqanddagi Universitetini tojik tili va adabiyoti fakultetiga o’qishga kirib muvaffaqiyatli tugatgan. Muzrabot tumanidagi 39, 44 maktablarda o’qituvchi bo’lgan. Ziyoli oilada tarbiya topgan Nigina qisqa muddati o’zini xushmuomalaligi bilimdonligi bilan jamoada ehtirom topgan. U tabiat ishq, bahor farzand, ota-ona tanholik mavzusida qalam tebratib yaxshi yangi bir so’z topib aytishga harakat qilgan.
Guli sadbarg, guli sadbarg,
Achab tu rangu bo’ dori,
Guli sadbarg guli sadbarg,
Achab husni nako’ dori.
Ba fikram shohi gulhoi,
Ba zebogi tu tanhoi,
Ba in husnu ba in fayzat,
Tu taskinbaxshi dilhoi.
Tui ramzi muhabbatho,
Hama dam dasti oshiqho,
Hamon oshiqu ishqe,ki
Saroidand Loiqho.
Bubinam toza on ro’yat,
Bibo’yam ser man ro’yat,
Shukufon bosh, shukufon bosh,
Dilam tanho turo go’yad.
Albatta bu tojik tilidagi she’rlar kishiga zapq shavq bag’ishlaydi.O’sha gul ya’ni sadbarg gulini siz ham biz ham ko’ramiz biroq unga shunchalik tavsif berish ardoqlash qo’limizdan kelmaydi. Shoirlik asli shu bo’lsa kerak. Shoirlik balki mushohadadandir.
Ba yod orad maro takror imshab,
Na yak boru du, bal sad bor imshab,
Ba bahri xotirat man g’arq gashtam,
Hama xobandu man bedor imshab.
Sarosar bishmaram, har onchi didam,
Va yoki az dahoni kas shunidam,
Zi chomi zindagi zahre chashidam,
Hama xobandu man bedor imshab.
Zi barxe do’ston didam xiyonat,
Faromo’sham nagardad to qiyomat,
Magar oyad ba dil z-in bad rohat?
Hama xobandu man bedor imshab.
Nigina o’qituvchilik va ijodkorlikdan tashqari shashka o’yini ashaddiy muxlisi sifatida tuman, viloyat, Respublika bo’ylab o’tkazilgan shashka musobaqalarida ishtrok etib viloyatda birinchi o’rinni respuublikkada uchunchi o’rinni olib maxsus sertifikat va qimmatbaho savg’alar bilan taqdirlangan.
Respublika shashka federatsiyasini a’zosi bo’lgan. Har bir shashka musobaqasida uni ishtirok bayramga aylangan. Shundanmi uni bu uyinni yaxshi bilganligi tashkilotchiligi bois u musobaqa davomida chet elga dam olish yo’llanmasini ham qo’lga kiritgan. Turmush o’rtog’i: Xolmahmatov Shamsiddin. Farzandlari Sabrina, Sudoba, Zarguna, Qamariddin, Samaradin. Oliy toifali ijodkor muallima xotirasi uni yozgan she’rlari farzandlari xalqimiz qalbida mangu qoladi.
Safarov Xudoyberdi 1970-1989
Boysun shahriga tug’ilgan. Otasi Safarov Ahmad. Onasi Rustamova Sharbat. Oilaning yakkayu yagona o’g’il farzandi bo’lgan. O’rta maktabni tamomlab Termiz savdo texnikumida o’qiydi. O’ta sho’x odobli-axloqli bo’lgan Xudoyberdini opalari qarindoshlar shunchalik yaxshi ko’rganki u o’zining shirinsuxanligi, mehrubonligi bilan bunga loyiq bo’lgan. 1989 yil harbiy xizmatni Ozarboyjonda o’tayotgan paytda texnika falokati tufayli vafot etadi. Xolam o’g’lini iziga Ozarboyjonga yetib boradi.
Biroq, harbiylar tobutni Boysunga olib kelgan bo’ladilar. Ozarboyjon ko’chalarida baqirib yig’lagan xolamni ko’rgan kishilar harbiylar uvvos solib yig’lab unga hamdardlik bildirib iloji boricha tezroq uni vataniga qaytarishga ko’maklashadilar. Xolam Boysunga yetib kelganda tobutni ochmay olib o’tirgan opalar qarindoshlar qon yig’lab onani kutib oladilar. Bu fojia onayi zorni kasallikka chalintirdi. Biroq hali ham xolam 90 yoshdan o’tgan bo’lsalar ham yolg’iz o’g’illarini xotirlab ko’zlaridan duv-duv yosh to’kiladi. Men qo’ydagi maqolani xolamni dil taskini uchun yozdim. Xolam meni judayam yaxshi ko’radi. Agar mabodo rehlat qilmoqchi bo’lsam meni boshimga kelib Xudoyberdijon o’rniga onam deIb yig’laysan deb vasiyat ham qiladilar.. Iloho, Olloh umrlarini uzoq qilsin, Ilohi yuz yoshlarga kirsinlar. Onam 58 yoshlarida vafot etganlar.Onani hidi xoladan keladi degan gap bor. Hozirda har doim borib xolamni ko’rib duolarini olaman. Chunki bizlar endi katta bo’lib xizmatlarini qilamiz degan payt onajonimiz to’satdan vafot etdilar. Sakkiz nafar farzand 6-o’g’il ikki qiz izzillashib yig’lab qoldik. Otamizni g’am qaddini bukdi. Otam onam va ukalarini dog’idan bordosh berolmay besh yildan so’ng vafot etdilar. Oilamiz sarobonsiz qoldi. Dilimizda armon qoldi. Shundanmi hammamizni xolamizga mehrimiz bo’lakcha. Iloho baxtimizga yuz yoshga kirsinlar. Omin...
Iskandar Mirzo ONA NIDOSI
Rahimov Qahramon 1971-2002
Mirzo Rahimov oilasining farzandi Qahramon 1971 yilda Termiz shahrida tug’ildi. 3-o’rta maktabning rus guruhida ta’lim oldi.O’rta maktabni tamomlab tadbirkorlik ishlari bilan shug’ullandi. Kasallik tufayli hayotdan bevaqt ko’z yumdi. Qahramonning onasi Basanda momo o’g’lini dog’ida faryodlar chekib, unining oxiratini obod qilishni Ollohdan tilaydi. Qahramon uylanmagan edi. Undan zuryod qolmadi. Navqiron yoshida hayotni bevaqt tark etgan hamqishlog’imizni yodi qavmu qarindoshlar, do’stlar va yurtdoshlar qalbida mangu saqlanadi.
Berdiev Shuxrat 1971-2020
Termiz shahrida tug’ilgan. O’rta maktabni tamomlab Termiz qishloq xo’jalik kollejida tahsil olgan. Harbiy xizmat o’tab kelib, bir umr chegara qo’shinlarida harbiy xizmatchi sifatida o’z burchini sharaf bilan ado etgan. Har bir topshiriqni o’z vaqtida bajarib, safdoshlari orasida eng ko’p mukofot bilan taqdirnomalarga sarfaroz bo’lgan.
Bir necha bor O’zbekiston davlat Mustaqqilligini estalik ko’krak nishonlari hamda harbiy medallar bilan taqdirlangan. Rafiqasi Abdukarimova Ra’no. Farzandlari: Ismoil, Zarina, Iskandar. Elimizni sevimli farzandi xalqimizni tinchligini muhofaza qilishga salmoqli hissa qo’shgan hamqiishlog’imiz xotirasi qalbimizda mangu saqlanadi.
Aminov Muxiddin 1970-2013
Aminov Muhiddin Termiz shahrida uzoq yillar savdo sohasida sharaf bilan ishlagan hamqishlog’imiz marhum Yusuf Aminov xonadonida tug’ilgan edi. Yoshlikda bilimga chanqoq Muhiddin o’rta maktabni a’lo baholar bilan tugatib Toshkent Oliyngohida o’qidi. Termiz shahriga qaytib kelib turli sohalarda ishlab yurdi. To’satdan uni nobud bo’lishi ota-ona qarindosh -urug’lar boshiga katta musibat keltirdi. Ayniqsa Yusuf aka o’g’lini nogahonda vafot etganidan chuqur qayg’uga tushdi. Kasalmand bo’ldi.
Albatta hech bir ota-ona farzand dog’ini ko’rmasin ekan. Rafikasi: Avazova Nasiba . Farzandlari: Lola, Zahriddin, Laylo,Charos. Na chora, uni qolgan umrini farzandlariga bersin deb biz tiriklar barcha qayg’u alamlarga chidar ekanmiz .Hijron, azob, toqat faqat inson uchun yaratilgan ekan. Har qanday vaziyatda ham inson barcha kulfatga alam uqubatga dardga chidar ekan. Muhiddini oxirati obod bo’lsin. Uni xotirasi qalblarimizda mangu saqlanadi.
Cho’ponova Gulandom 1971-2021
Har bir insonni hayoti bir tarix. Kimdir erta kimdir kech bu dunyoni tark etadi. Biroq umrini yashab oshini oshaganlarga dil taskin topadi. Endi hayot ta’mini tortib farzandlarini voyaga yetkazib nabiralar davrasida huzur halovat qilaman deganda vafot etgan kishilarni taqdiri kishini qayg’uga tushiradi. Hamqishlog’imiz G.Cho’ponova ham bir umr vatanga munosib xizmat qilib farzandlarini oliy ma’lumot olishlariga sharoit yaratib berib uyli-joyli qilishga ulgurib to’satdan vafot etgani hamqishloqlarni qayg’uga soldi.
Muzrabot tumanida tug’ilgan. O’rta maktabni tamomlab 1990 yilda hamqishlog’imiz Ashurboev Nusratilloga turmushga chiqqan. 1997-2004 yilgacha Termiz shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachi vazifasida ishlagan. Faqat bu orada bir narsani yozib qoldirishni o’zimni burchim deb bilaman. Negaki bu ayol ro’zg’ori uchun ko’p mashaqqat chekkan halol mehnat qilgan shu qatorida ishonasizmi yo’qmi she’r ijod qilgan shoira ayol edi. U she’rlarini yozar hech kimga ko’rsatmas faqat o’zni tan marhami bo’lgan Nusratilloga bir ikki marotaba men she’r yozayaman hatto ham tojik va ham o’zbek tilida ravon she’r yozayapman deb aytganida u esa uni kulgiga olib sen qaydayu she’riyat qayda deb ishonqaramay e’tibor bermaganidan bugun afsusda..
Ha, hayot o’zi tasodiflardan iborat. Hayot ajal o’zi insonni ogohlantirarmikan uni sezamizu birovga aytolmaymiz. Agar shunday bo’lmasa bu farishta ayol xuddi o’zini o’limini sezgandek,-Shoiram deb yo’qlangiz meni,- deb yozmas edi.
Ana shunday hamqishlog’imiz borligi uchun ko’zlarim yoshga to’ldi. U hayotdan o’tgandan so’ng uni turmush o’rtog’i Nusrat Ramazonov ko’zlaridan duv-duv yosh to’kib bir dasta uni yozgan she’rlarini kitob tayyorlash jarayonida menga olib keldi. O’qib ko’rdik. Bir nechtasini kitobga joylashtirdik. Mana do’stlar bir hamqishlog’imizni ichki hissiyotlari adabiyotga she’riyatga bo’lgan hurmati e’tibori. Iloho ruhi shod, oxirgi manzili obod bo’lsin. Turmush o’rtog’i. Ashurboev Nusratillo. Farzandlari:Umedillo, Shohruh, Farzona. Hamqishlog’iiz yodi farzandlari xalqimiz qalbida mangu saqlanadi.
Xazon, kelib o’tganda bahor,
Guloyim deb eslangiz meni,
Qiyomatda qolganda diydor,
Shoiram deb yo’qlangiz meni.
Bulbul yashar, yashnasa chaman,
Inson yashar umri boricha,
Umrim tugab, qolmasa bir on,
Mohiram deb eslangiz meni.
Umrim o’tar o’tgandek karvon,
Gohi g’amli gohida shodon,
Rangim so’lib, qolmaganda jon,
Jonginam deb yo’qlangiz meni.
Mag’rur boshim ko’kka yetsa ham,
Ajal yetsa bo’larman taslim,
Qolmasada hech bir armonim,
Mag’rurim deb eslangiz meni.
Ba Nusratillochon..
Dilam sardu saram dardmand,
Nadonistam chi xislat shud,
Naxodki manzilam nazdik,
Naxodki umram oxir shud.
Hamon ro’zek ki man miram,
Tu boshi chsoni shirinam,
Makun hargiz faromo’sham,
Tu ey ro’zgori shirinam.
Hamon umre ki bo tu bud,
Bahore budu bigzasht,raft,
Mashav g’amgin,maso’z chonam,
Namonda hech armonam.
Doram se gavhari noyob,
Yakesh mohu duyash oftob,
Nigohbon shav tu onhoro,
Ditlu chonu samarhoro.
Kalonboev Zoyir(Xoliyor) 1979-2016
Muzrabot tumanini Yangiobod massivida tug’ilgan. O’rta maktabni tamomlab Savetobod qurilish texnikumiga o’qishga kirib o’qigan. Keyinchalik quruvchilik kasbi bilan shug’ullangan. Shunigdek, chet el mamlakatlariga borib ishlab kelgan.
Oilasiga vafodor, aka ukalar bilan ahil inoq yashagan. Kamsuxan, mehnatkash bo’lgan Zoyir oila qurib shirin-shakar farzandlarini voyaga yetkazgan. Rafiqasi Eshonova Tojiniso. Farzandlari: Komron, Mohro’za, Orzumand. Tabiatan og’ir-bosiq mehnatkash bo’lgan hamqishlog’imiz yodi qalblarimizda mangu saqlanadi.
Aminov Xayriddin 1979-2000
Yusuf akani uninchi farzandi bo’lgan Xayriddin Termiz shahriga tug’ilgan. Maktabni birinchi sinfiga borgandayoq o’zining yaxshi xulq-atvori bilimga chanqoqligini namoyon etgan Xayriddin ustozlar nazariga tushdi. Keyinchalik maktabni a’lo baholar bilan bitirgan Xayriddin 7-sinfda o’tganida din ilmini puxta o’rganishga kirishdi. Denov tumanida toqvodor inson Sadriddinxondan din ta’limotini mukammal oldi.
Shundan so’ng el-yurt uchun sharafli xizmat qildi. Din ilmini mukammal o’rgangan hamyurtimiz Xayriddin Aminov xalqimizning ma’rakalarida o’zining shirador ovozi qiroati bilan alohida ajralib turardi. Yurtdoshlar uning barcha ma’rakalariga da’vat etar uning suxbatlaridan bahramand bo’lar edilar.
Biroq, o’lim bu navqiron yoshni ham o’z komiga tortdi. Bemahal kelgan ayriliq bu katta oilani dovdiratib qo’ydi. Mahalla ko’y bu oila boshiga tushgan musibatga chuqur qayg’uga tushdilar, yelkadosh bo’ldilar. Chunki Xayriddindan biron narsa qolmadi hatto zuryod ham. Biroq, uni yaxshi xayru amallari odob-axloqi bilimga chanqoqligi din ilmini mukammal o’rganib uni boshqalarga ham o’rgatishga bo’lgan qobiliyati yurtdoshlarimiz va hamqishloqlar qalbida mangu saqlanadi.
Gadayshaeva Mavluda 1972-2013
Oltinsoy tumanida tug’ilgan. 1991-1995 yillar Termiz davlat universitetini ona tili-adabiyoti fakultetiga o’qishga kirib muvaffaqiyatli tugatgan. 1998 yildan boshlab Termiz shahridagi 12 maktabda o’qituvchi bo’lib ishlagan. Abdurahmon boboni oilasini barcha farzandlari bilimli, aql-zakovatli, ilm-ma’rifatga chanqoq bo’lib voyaga yetishdi.
Hamma farzandlari oliy ma’lumotli bo’lib turli sohalarda ishlamoqda. Mavluda ham ota-onasi istagan fidoyi o’qituvchi sifatida 12-maktab pedagogik jamoasida hurmat ehtiromga sazovor o’qituvchilardan biri edi. Darband qabristoniga dafn etilgan. Turmo’sh o’rtog’i Gadayshaev Zafar. Farzandlari: Po’lod, Sitora. Shirinsuxan, bilimdon onaxonni yodi farzandlari va xalqimiz qalbida mangu saqlanadi.
Gadayshaev Mahmud 1973-2020
Hayotda shunday insonlar bo’ladiki qisqa umri davomida adabiyotda fanda o’zining salmoqli hissasini qo’shib tarixda yaxshilik bilan nom qoldirishga ulguradi. Uni qobiliyati iste’dodi kishilarni hayratga soladi. Ilm-fanni bepoyon ekanligi va bu bepoyn to’lqinli dengizdan bir ko’za dur olib chiqishni orzu qilgan va bunga yetishgan inson ham baxtlidir.
Ilm-ma’rifatni qadrlab iqtidori salohiyatini o’z vaqtida anglab faqat ilm o’rganishni maqsad qilgan, olim bo’lish uchun tinmay izlanish va maqsadga yetishni ko’zlagan hamqishlog’imiz Mahmud Gadayshoev ham ana shunday insonlardan biri edi
Sho’rchi tumani (hozirgi Oltinsoy) tumanida tug’ilgan. 31-sonli maktabni tamomlab 1990-1995 yillar Tojikiston Agrar universitetining “Buxgalteriya hisobi, nazorat va xo’jalik faoliyati tahlili” fakultetiga o’qigan. 1996-1997 yillarda Termiz davlat Universitetida “Menejment va tadbirkorlik” kafedrasida o’quv labaratoriya mudiri, kafedra o’qituvchisi hamda katta o’qituvchi lavozimlarida ishlagan. 1997-2000 yillar moliya menejment fakulteti dekan o’rinbosari, 2000 yildan TYeRDU qoshidagi Moliya menejment o’quv-maslahat markazi direktori va moliya kafedrasi katta o’qituvchisi lavozimida ishlagan.
2012 yilda ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti dekani, ”Moliya kafedrasi” mudiri lavozimlarida ishlagan. 2017-2018 yillar Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialida direktor o’rinbosari, 2018 yildan TYeRDU iqtisodiyot va turizm fakulteti dekani lavozimida ishlagan.
M.Gadayshaev har bir ishlagan joyida o’zining tashabbuskorligi, o’tkir salohiyat sohibi ekanligini namoyon qildi. Professor Olim Hamroev ilmiy rahbarligida 11 yillik mehnati mahsuli “Bozor muvozanati va uni ta’minlash mexanizmi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Olimnig hayoti davrida 1ta monografiya, 4o’quv qo’llanma, 10 ma’ro’za matn, 120 tadan ortiq ilmiy-amaliy maqolalari (shu jumladan 10 tasi xorijda chop etilgan” ilmiy-amaliy risola, monografiya maqolalar) boqi qoldi. M.Gadayshaev tashabbuskor talabchan qatiyatli rahbar edi. Iqtisodiyot fanida izchillik bilan ish olib borgandi. Germaniya, Frantsiya, Niderlandiya, Turkiya, Yaponiya, Rossiya, Latviya, Ukraina davlatlarining yetakchi universitetlarida malaka oshirgan edi.
M.Gadayshaev viloyatimizning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotiga yoshlarni iqtisod sohasida o’qitishni tubdan tashkil qilishga erishgan va samarali ish olib borgan. Bilimdon yoshlarni faoliyatini targ’ibot etish ularning ilm ma’rifatini oshirish, ilmiy ish qilishlariga astoydil harakat qilar edi. Oliy o’quv yurtlari professor o’qituvchilari akdemiklari hammualifligida bir necha kitoblari chop etilgan. Termiz qabristonida dafn etilgan. Rafiqasi Begmatova Dilafro’z: Farzandlari: Zarrina, Parviz, Abdulaziz. Surxondaryo viloyatini nomdor olimlaridan biri bo’lgan Termiz davlat universiteti faxriy professor unvoni hamda O’zbekiston mustaqilligini 20 yillik ko’krak nishoni bilan tiqdirlangan hamqishlog’imiz yodi farzadlari ilm-ma’rifat fidoyilari hamda xalqimiz qalbida mangu saqlanadi.
Kenjaqulov Sobir 1973-1913
Umr o’tkinchi. Inson shu o’tkinchi umrini yaxshi xayru amallarga sarflasa, farzandlarini dunyoga keltirib yaxshi nom qoldirsa xalq qalbida barhayot yashaydi. Hamqishlog’imiz Sobirjonni otasi Kenjaqulov Haydar, onasi Aminova Munavvar. Ota-ona o’g’limiz barcha ishga qodir bo’lsin sobir bo’lsin hayotda muvvafaqiyatlarga erishsin deb bir olam orzu havas bilan unga Sobir ism qo’yishadi. Sobir yoshligida chaqqon intizomli o’qimishli bo’lib voyaga yetdi. O’rta maktabni tamomlab 1990 yilda Dushanbe shahridagi Universitetni matematika fakultetiga o’qishga kirib kulliyotni muvaffaqiyatli tamomladi. 1995 yilda o’zining ona qishlog’i Darbandga kelib Mirzo Tursunzoda nomli 11-o’rta maktabda ishladi. 1998 yilda uylanib 5-nafar farzandni otasi bo’ldi.
Turmush quvonchlaridan bahramand bu oilaga to’satdan o’lim changal soldi. To’ydan qaytayotib oilaviy avtoavariyaga uchradilar. O’g’li Haydarov Xoliyor 2-martda o’zi 5-martda avtofalokatdan hayotdan bevaqt ko’z yumdilar. Bu oila Darbandda o’z mavqeyiga ega namunali oilalardan biri edi. Bu fojia musibat Darbandliklar qalbini qayg’uga soldi. Na chora. O’lim haq. Sobir akani qarindosh-urug’i shogirdlar har doim qabristonga kelib bu insonni yaxshilik bilan esga oladilar. Farzandlarini o’ksik kunglini ko’tarib xayrxohlik bildiradilar. Rafiqasi, Sag’iraeva Sharofat. Farzandlari, Haydar, Bahrom, Sabina, Ruxshona ,Umid. Iloho, Sobirjonni Olloh rahmat qilgan bo’lsin. Qabrlari nurga to’lsin. Ajoyib hamqishlog’imiz yodi qalblarimizda mangu saqlanadi.
Aminova Xursheda 1973-2003
Aminova Xursheda 10 oktyabri soli 1973 dar mavzeyi Saribozori Darband tavallud yoftaast. Ba’di xatmi maktabi miyona soli 1991 ba Donishkadai Olii Chumhurii Tochikiston ba fakultai tarix va huquq doxil shuda soli 1995 onro xatm menamoyad. Ba’di tahsil ba zodgoh bargashta, dar maktabi raqami 9 muallima shuda kor mekunad. Soli 1993 Xursheda oilador meshavad. Sohibi pisar megardad. Ba o’ Mehroch nom meguzorad. Ba’di yak sol ko’dakash nobud megardad. Fig’oni mador ba falak mepechad. Dog’i farzand aziyatash medod. Bo amri taqdir baroi kor ba Maskav meravad. Ba’di shash sol xudi modar Xurshedabonu niz dar Maskav dur az yodi diyor , fochiavi halok megardad. Margi nobahangomi o’ ba dili padaru modar, xeshovandon, hamdiyoron charohati saxte boqi guzosht. Modarro in g’ami nogahoni tez pir kard. Padar qomat xamida gardid. Hangome,ki chasadi o’ro az duriho ovarda mego’rondand padaru modar, apavu xoharon barodaron, xeshovandon dodu faryod bardoshtand.
Shabi oxir o’ 19 sentyabri soli 2003 dar xobgoh ba dugonaash Fariza hasrat karda ” Kosh, hozir parranda meshudamu rost ba Darband parida meraftam, modaru padaramro og’o’sh girifta mebo’sidamu tamomi xeshovandonro medidam. Alalxusus pisari xoharam Zulfizar Sunnatulohchonro onchunon yod kardam,ki ba didorash mushtoqam. Lekin afso’s,ki ba in ochizamu noilocham” gufta ohi badarde mekashad. Hatto sahari ba kor rafta istoda tilloi ovextaashro girifta ba dugonaash medihad. ”Dugonachon, inro girifta mon. Medoni, Fariza shinosnomai man kuchost,-boz mepursad o’. Ha, donistanat xub on cho dar pasi oyna”,- gufta ishora mekunad. Sipas baromada meravad. Oxir o’ro marg ta’qib mekard. Ba’di soate dar natichai falokati texnika ya’ne ba poezdi zudgard ”Elektrichka” barxo’rda vafot mekunad. Nomi neki hamdehaamon Xurshedabonu dar dilu didai most. Ruhat shod bod, Xurshedai nokom!
Tojikcha matn Kenjaev O’tkir 1973-2000
Esonov Akbar 1974-2000
1974 yil 14 avgust Termiz shahrida ziyoli oilada tug’ildi. Termiz shahridagi H.Olimjon nomli o’rta maktabda tahsil olgan. 1996 yil Termiz davlat Universitetinining o’zbek filologiyasini imtiyozli diplom bilan tugatgan. Ikki oy o’qituvchilik qilgandan keyin 1996 yilning 25 noyabrida ariza berib ixtiyoriy ravishda Farg’ona harbiy desant qo’shinlari qismida xizmat vazifasini bajarish uchun jo’nab ketadi. Qaytib kelib, Termiz shahar ichki ishlar bo’limiga ishga joylashadi. 2000 yil 25 sentyabrda Sariosiyo tumanida o’z burchini ado etayotgan payt qahramonlarcha vafot etadi.
Uning vafoti ota-ona, qarindosh-urug’, yaqinlar va ustozlar qalbini larzaga soldi. Shoir, olim va tarjimon ustod Jabbor Esonov nogahoniy fojiadan dovdirab qayg’uga tushdi. Safdoshlar kasbdoshlar qarindosh- yaqinlar kelib ota-ona kunglini ko’tarishga harakat qilardilar. Butun Termiz ahli bu oila boshiga tushgan fojiadan qayg’uga tushdi. Biroq, ajal haq ekan.Chorasiz qolgan ota Akbarbek haqida bir turkum she’rlar ijod qildi. Bu bilan dil taskin toparmi-di? Albatta yo’q! G’am-alam va sog’inchlar bir necha yildan so’ng abgor bo’lgan ota-onani ham o’z doimga tortdi. Farzandlar jamoatchilik oyoqqa tik turib butun umr xalqning xizmatida bo’lgan olim Jabbor Esonov ma’rakalarini yuqori tashkilotchilik saviyasi bilan o’tkazdilar. Akbarni rafiqasi: Shoira. Farzandlari: Shahnoza, Ahrorbek. Jangovar harakatlarga mardlik jasurlik ko’rsatgan hamqishlog’imiz xotirasi farzandlari, nabiralari va halqimiz qalbida mangu yashaydi.
MUSIBAT QO’ShIG’I
Polvonova Nazokat 1974-1999
Darbandning Birgabir guzarida 1974 yilda mulla va usta Shodimahmadboy xonadonida tug’ilgan. Onasi Jumaeva Shirin, xonadoning 6-chi farzandi edi. To’raqulov Xolmatni rafiqasi. Ammo undan zuryod qolmagan. Hayotda bevaqt vafot etgan hamqishlog’imiz xotirasi qavmu qarindoshlar , hamqishloqlar xotirasida mangu saqlanadi.
Kenjaev Umid 1974-2017
Darband qishlog’ida tavallud topgan. O’rta maktabni tamomlab 1992-1991 yillarda Germaniyada harbiy xizmatni o’tab Termiz shahriga keladi.Turli qurilish tashkilotlariga ishlaydi. 1999 yilda uylanadi. 2005 yildan boshlab Rossiya davlatiga ishga ketadi. 2017 yilda o’sha yerda vafot etadi. Darband qabristoniga dafn etilgan.
Rafiqasi Baratova Dilorom. Farzandlari: Mahliyo, Madina, Ulug’bek, Jasmina. Uzoq o’lkalarda borib ishlagan hamqishlog’imiz yodi farzandlari xalqimiz qalbida mangu saqlanadi.Umidjon meni yaxshi ko’rgan ukam edi. Qarindosh urug’larni tasallisi uchun ushbu she’rni xotira marsiya sifatida yozib qoldirdim:
Esimdan chiqmaysan bo’zlab yashayman.,
Yurgan izlaringni izlab yashayman.
O’g’il qizlaringni sizlab yashayman.
Kiygan ko’ylagingni hidlab yashayman.
Hamon kutayapman ko’zim sen tomon,
Qizingni to’yiga kelgin Umidjon
Aytgni kimga ayting so’ngi so’zingni,
Nahot asramading jonim o’zingni ,
Ko’rmoq istadingmi o’g’il qizingni ,
Nahot g’arib bo’lib yumding ko’zingni ,
Topmayman tasalli taskin hech qachon.
Qizingni to’yiga kelgin Umidjon.
Nahot shirin qizlarim qoldi demading
Akamlar qayg’uga botding demading,
Opam ko’ziga qon oqdi demading.
Go’zal yorim yolg’iz qoldi demading.
Hamon kutyapman ko’zim sen tomon,
Qizingni to’yiga kelgin Umidjon.
Ulug’bek so’raydi bormidi otam,
Shunda zindon bo’lar menga bu olam,
Kelin libosiga Mahliyo bu dam.
Go’yo izlar seni ko’zlarida nam,
Kel oppoq fotiha tila Umidjon,
Qizing peshonasin sila Umidjon.
Tojikcha matn Ramazonov Ravshan 1975-2010
Umurqulova Mastura 1976-2008
Darband qishlog’ida tavallud topgan bu ayol o’zini go’zalligi hunarmandligi eng muhimi oilaparvarligi bilan xalqimizni ehtiromiga sazovor bo’lgan edi. Turmush o’rtog’i Jahongir Nazarov bilan baxtli hayot kechirdi. Ularni bir-biriga sadoqati mehru oqibatliligini hali hamon eslashadi. U kamtarin mehrubon mehmondo’st xullas oilasi uchun fidoyi ona edi. Turmush o’rtog’i: Nazarov Jahongir. Farzandlari: Xolbek, Mehindi, Iqrorshoh Sorandari. Hamqishlog’imiz yodi xalqimiz qalbida mangu saqlanadi.
Cho’lliboev Muzaffar 1976-1998
Otasi shifokor Abdurasul akani uvvos solib yig’layotganini ko’rgan kishilar ko’zlaridan shashqator yosh oqdi. Hatto so’qir ko’zlardan ham yosh to’xtamadi. Ey voh taqdiri azal. Qilmishingdan dod solishdan boshqa ilojimiz yo’q. Sen haqsan O’lim!... O’n gulidan bir guli ochilmagan Qumqo’rg’onni mashhur rovisi davraoro, to’yboshisi rais va shifokori , sohir ovoz sohibi Abdurasul Cho’lliboev xonadonida tug’ilgan Muzaffarni marg og’ushiga oldi. Qo’shiqchilik san’atiga o’z yo’li o’z uslubida xalqga tanilgan, tezda odamlar nazarida tushishga ulgurgan navqiron yoshni ajal o’z komiga yutdi. Ota-ona qarindosh-urug’lar mahalla ko’y qolaversa Qumqo’rg’on xalqi chirqillab qoldi. Alloh Muzaffarni arvohini shod, oxiratini obod qilgan bo’lsin. Omin! Qo’yida ota nolasini o’qiysiz
O’g’lim Muzaffarjon xotirasiga
Tanim ruhsiz qovurilar jon,
O’g’lim sensiz qolgan siniq qalbimga,
Azabdaman cheksiz bolajon,
Bir emasa yuz qabr qozgim keladi
Hech kimsa yo’q qaydasan o’g’lon,
Dardim kimga aytay bolajon.
Qalbimda ne dard bor Olloh biladi,
Yuragim tirikman yonib turadi,
Yurak bag’rim to’lib zardobga xunga,
Farzandim, dilbandim Muzaffar o’g’lim,
Qalbim yorishmas qiyosdir shunga,
Nomginang qalbimda abad qoladi.
Aka ukang sira o’xshamas senga,
Dardim aytay farzandim kimga.
Tilagim bitta yolg’iz Ollohdan,
Nasib etsin sen nur rahmatidan,
Sen ketding ortinga qaramay sira,
Avfu etib o’g’lim bor xatoingni,
Vujudim qiynoqda dilim sadpora,
Nasib etsin senga hayot jannatdan.
Nahot hayotimdan bo’lsang xotira,
Dardimni aytay farzandim kimga.
Bugun qo’shni xonadonda to’y bo’ladi,
Meni egik boshginamga o’y bo’ladi,
Yig’layman tunu kun yurak bag’rim qon,
Hasad emas, havas meni o’tga solib,
Chorasiz azobda qiynaladi jon,
Dilginamga bir dil to’la dard soladi.
Nega seni hatto esga olmagan,
Ajalga o’zingni tutding bolajon.
Sening yoshing bir maromda turaverar,
Garchi mening yoshim mudom o’taverar,
Kamolga yetgan vaqting bo’lsayu,
Siniq qalbim unutolmay kuyaverar,
Bilaging yigitlik kuchga to’lsayu,
Sensiz qolgan armon qalbim o’yaverar.
Oy qizlar ishqinga yonib qolsayu,
Nega umringni sen aylading xazon.
Taqdir deyman, ovutaman ba’zan o’zni,
O’zga tomon yo’naltirib gohho so’zni,
Yolg’on hayot uchun tanho ismingdan,
Ko’z yoshlardan to’xtataman gohho ko’zni,
Pok ruhing falakka ravona bo’ldi,
Biroq sira unutmasman o’g’lim seni.
Ammo padaring jismidagi ruh,
Ming azob anduhda sadpora bo’ldi.
Kuyovlikni libosini kiya olmay,
Ketganinga o’g’lim qalbim vayronadir,
Otangining orzusi umidi o’ldi,
Sensiz qolgan umrim ila vujudimning
Hayot bog’ining bir guli so’ldi,
Ko’ngil o’yi sen tufpyli g’amxonadir.
Yuragi ming dardga qayg’uga to’ldi,
Ey sevimli dilband senga ne bo’ldi.
Hali senga aytilmagan yerlar qoldi,
Yurak bag’ri xun ezilgan zorlar qoldi,
Jon o’g’lim zarracha yo’qmidi fahming,
Xazon bo’lgan yosh umringni armonlari,
Otanga yo’qmidi zarracha rahming,
Olib ketgan seni ohlar orlar qoldi.
O’z hayotinga bo’ldingku zomin,
Shunchalar zo’rmidi hayotga qahring.
Bugun qo’shni xonadonda kuy taralar,
O’ksik dilni yana o’tli g’am tirnalar,
Vo ajab!- dunyoning qilmishlaridan,
O’g’lim to’yga borolmayman kunglim yig’lar,
Dod deya uvvos solgim keladi,
Yuragimni sen haqdagi xayol tig’lar.
ABDURASUL ChO’LLIBOEV
Kumqo’rg’on tumani
Jo’raev Surach 1976-2021
O’z kasbi mahorati bilan xalqimiz hurmatiga sazovor bo’lgan Surach yoshligida texnikaga qiziqdi. Huqushunoslik oliygohiga o’qishga kirib muvaffaqiyatli tugatdi. Biroq, yoshlikda mehr qo’ygan kasbi uni katta yuk mashinlarini boshqarishga undar edi. Shunday bo’ldi ham. Chet ellarga qatnaydigan avtomashina haydovchisiga aylandi. Uzoq o’lkalarga yuk tashib kasbdoshlar orasida hurmat ehtiromga loyiq bo’ldi. Bemahal o’lim uni 45 yoshida oramizdan olib ketdi. Rafiqasi Botirova Dilfuza. Farzandlari Daler, Hasan, Zuhra. Mehnatkash kasbini fidoyisi hamqishlog’imiz yodi xalqimiz qalbida mangu saqlanadi.
Nazarova Xursheda 1977-2016
Ot-ona qalbida jarohat qoldirib bu foniy dunyoni tark etgan farzand dog’i og’ir dard, musibat hisoblanadi. Ha ota –ona bag’rida quvonch zavq bilan voyaga yetib hali o’n gulidan bir guli ham ochilmay farzand vafoti ota-ona bag’rini qonga to’ldiradi. Bu dunyodan undan nom nishon qolmagani zuryod qolmaganidan o’ksik yuragi bardosh berolmaydi. Biroq ajal haqligidan Allohni sabr dargohi buyukligidan ishonadi va taqdirga tan berad.
Xursheda ham Darband qishlog’ida tug’ildi. O’z tengdoshlari orasida husnu jamolda yagona edi. Yayrab yashnab ota-ona bag’ridan o’sdi. Uni quvonchi cheksiz, orzulari bir olam edi. U hamisha yaxshilik sari harakat qilardi. Birovni ranjitmasdi. Aqlli-odobli bo’lgan bu qizaloq sabru bardoshli edi. Shundanmi oilada o’ni o’rni alohida ota-onaga mehri beandoza, opa singillarga dilso’z mehrubon edi. Nima bo’lganda ham uni kelajagi porloq ekanligni his qilgan ota-ona uni yeru ko’kka ishonmasdi.
U maktabni tamomlab bir muddat jonajon qishlog’ida do’stlar davrasida yashadi. Keyinchalik turmush chorrahalari uni uzoq o’lka Moskva shahriga yetakladi. Bu yerda ham kelib tenqurlari bilan darhol til topishdi. Ish topdi. Halol mehnat qildi. U o’ziga ishonardi. Birovga hasadni bilmasdi faqat havas bilan yashardi.
Biroq bevaqt o’lim uni o’z gidobida tortdi. Bir zumda bu foniy dunyoni tark etdi. Uni bevaqt xazon bo’lganligi ota-ona qalbini qayg’uga to’ldirdi. Dinu diyonatli iymon e’tiqodli farzandni qayg’u va alam bilan tuproqqa qo’yishdi. Hamqishloqlar bu oliha qizni sifatlarini aytib qayg’uga tushdilar. Uni ota-onasiga taskin berdilar. Ha, undan bizga yaxshi nom qoldi. Iloho ruhi shod oxirgi manzili obod bo’lsin. Alloh rahmatiga olgan bo’lsin. Omin!!! Uni nomi xalqimiz qalbida mangu saqlanadi..
Aminova Mag’firat 1978-2017
Bu dunyo ishlari tashvishlari g’ussalariyu shodliklaridan gohida ajablanasan. Bu yorug’ olamga kelib solih farzandlarni dunyoga keltirib uni rohat farog’atini ko’rmasdan yana boqiy dunyoga qaytganlarni ko’rib etshitib Allohni buyukligidan, bu hayotni bebaqoligidan shukrona keltirasan. Ha, har bir kishi Alloh bergan umrni yashab bu dunyodan o’tadi. Faqatgina uni qoldirgan zuryodi yaxshi xayru amallari bu foniy dunyoda boqiy qoladi.
Hamqishlog’imiz Mag’firatbonu ham yoshlikda mehnatdo’st aqlli odobli qo’z bo’lib voyaga yetdi. Ota onasini suyukli farzandi edi. Darbandda dadajonisi Olim aka Boboqulov va onajonisi Xadicha bibi Norqulovani jonidan yaxshi ko’rgani sabab hamisha ularni xizmatini bajarishga duosini olishga harakat qilar edi. Ularni gapini ikki qilmasdan Termiz shahrida yashovchi qarindoshlari Nosir Ashurovga turmushga chiqdi. Termiz shahrida ahil ittifoq oila sifatida e’tirof etildi. Shirindan shakkar ikkita qizaloqni dunyoga keltirdi. Ularga quvonch havas bilan Sevinch va Gulshoda deb nom qo’ydi. Bu orada qaysinglisi Gulshoda qaynotasi Narzullo bobo vafot etdilar. Ularni ma’rakalarini o’tkazishda oilani tebratishga xullas barcha qiyinchiliklarga bardosh berdi.
Mehrubon mehnatkash ayol bo’lmish qaynanasi hamda xolasi Anor bibini daldasiga aylangan edi. Anor bibi Sevinch bilan Gulshodani bag’riga bosib yoshlik chog’larini eslab ko’zlarida duv duv yosh oqardi. Chunki qizalog’i Gulshoda bevaqt olamdan o’tdi. Bu qayg’u onaxonni adoyi tamom qildi. Boz ustiga Narzullo bobo ham uzoq kasallikdan so’ng vafot etdilar. Bu boshga tushgan kulfatlar Anor bibini iztirobga tushirdi. Barchasiga chidadi. Zahmat mashaqqat bilan o’g’il uylantirdi qiz chiqordi. Endi hamma g’ussalar unut bo’lgan chog’i kelini Mag’firatni bu dunyoni tark etishi yanada uni qayg’uga tushirdi.
Ha, Mag’firatbonu ham ayni yashayman farzandlarni voyaga yetkazib turmushga chiqarib nabirali bo’laman degan orzular og’ushi chog’ida uni bevaqt o’lim o’z girbobiga tortdi. Oila ahlini bu g’urbat-g’ussa dovdiratib qo’ydi. Qaynanasi Anor apa bir lahzada gulday kelinidan ajralib qoldi. Uni hayotini saqlab qolish uchun barcha davolash ishlarini amalga oshirdilar. Biroq kasallik uni bu dunyodan erta ketishiga sabab bo’ldi. Iloho bu farishta ayolni ruhi pok so’ngi manzili obod bo’lsin. Alloh rahmatiga olgan bo’lsin. Omin!
Nurov Umidjon 1980-2003
1980 yil 21 iyulda Gagarin tumanidagi Muzrabot tumanida tug’ilgan. 1986-1997 yillar A.Ro’dakiy nomli maktabda o’qigan. 1997-2001 yilda Muzrabot mexanika-iqtisodiyot kollejida o’qigan. 2003 yil hali o’n gulidan bir guli ochilmagan Umidni hayoti so’ndi. Ota va onasi o’zining yolg’iz, yagona jigargo’shasidan judo bo’ldi . Ulardan Allohdan sabr tilaymiz. Alloh Umidni arvohini shod, oxiratini obod qilgan bo’lsin.
Latipova Oydin 1981-2003
Hayot beshafqat. O’lim haq. Lekin bu dunyodan hech kim erta ketmasin ekan. Hali o’n gulidan bir guli ochilmagan , hayot deb atalmish bog’ga ilk qadam qo’yib , uning lazzatidan bahramand bo’lmagan hamqishlog’imiz Oydinni erta vafot etishi qalblarimizni larzaga keltirdi. Izsiz o’tib ketish og’ir.
Oydin Latipova 22 bahorni qarshilgan edi. Bevaqt o’lim uni 10 aprel 2003 yili oramizdan olib ketdi. Oydin 1981 yilda Muzrabotda tug’ildi. 1-o’rta maktabni tugatib 1998 yil Toshkent shahridagi Y.Oxunboboev nomidagi tibbiyot bilim yurtida o’qidi. 2001 yildan boshlab Boysun tumanidagi Darband hududiy kasalxonasida hamshira, fiziotrapeya kabineti mudiri vazifasida ishlay boshlaydi. Yaxshi xulq, bilim, tajribaga ega bo’lgan hamqishlog’imiz avtohalokat tufayli hayotdan bevaqt ko’z yumdi. Hamqishlog’imiz xotirasi xalqimiz qalbida mangu saqlanadi.
Abdulloeva Gulchehra 1982-2021
Hamqishlog’imiz Qiziriq tumanida tug’ilgan. O’rta maktabni tamomlab kollejda tahsil oladi O’zining bilimdonligi zukkoligi kasb o’rganishdagi harakatlari bilan tez orada ko’zga tashlanadi.i Hamqishlog’imizga turmushga chiqab kasallik bois bevaqt vafot etadi. Turmush o’rtog’i Rasulov Muhiddin. Farzandlari: Mashhura, Safura. Oilaparvar, xushmuomala hunarmand hamqishlog’imiz yodi xalqimiz qalbida mangu saqlanadi.
Pardaqulov Hidoyat 1982-2010
Hech bir ota-ona farzand dog’ini ko’rmasin. Biroq Alloh tomonidan berilgan umr uniki. Boshqa birovni umri bilan yashab bo’lmaydi. Taqdiri azalni bergan quvonchi, rizqi, sog’ligi, shodligi uchun shukrona qilib yashaymiz. Hatto ki bergan g’am qayg’usiga ham shukrona qilib uni yengish chidash insonga xos odat. Ana shu qayg’uli kunlar Pardaqulovlar xonadonini ham chetlab o’tmadi.
Hali uylanib ulgurmagan hayotni endi achiq -chuchigini totib ko’rayotgan hamqishlog’imiz falokat tufayli bir zumda bu dunyoni tark etdi .Onai zori otasini uni dardu dog’i qaritdi. U Muzrabotda tug’ilib o’rta maktabni tamomlab barcha ishni uddasidan chiqadigan norg’ul yigit bo’lib voyaga yetdi. Rossiyada ishlab yurgan payti fojiali halok bo’ldi. Xayriyat rus qiziga uylanib bittagina Temurbek degan o’g’loni undan nishon qoldi. Bu oilani taskiniga aylangan bu o’g’il bobosiga qarindosh-urug’larga mehrubon sadoqatli bo’lib voyaga yetdi. Hidoyatni oxirati obod ,ruhi shod bo’lsin. Omin! Hamqishlog’imiz yodi qalblarimizda mangu saqlanadi.
Tag’oev Kamol 1982-2020
Hayotni bir qiziq tomonlari bor ekan. Tez orda ko’zga ko’rinib xalq og’ziga tushgandayoq ayrim yoshlarni bevaqt vafot etishi kishi ruhiyatida ta’sir etadi. Koshkiydi deysiz bu odam tez mashhur bo’lmasayu olamdan o’tmasa deb afsuslanasiz. Kamol ham ismi jismiga monand yigit bo’lib voyaga yetdi. Yaxshi niyatlar bilan Termiz avto yo’l instittutiga o’qishga kirib imtiyozli diplom bilan tamomladi.
Hayot uni yaxshiliklar bilan siyladi. Qaerda borsa unga ish topildi, odamlar bilan munosabat muomalasi yuqori darajada bo’lganligi bois yoshligida mansab pillapoyalariga ko’tarildi. Tumanda gaz idorasida mutaxassis so’ngra tuman suv ta’minoti boshlig’i keyinchalik Termiz shahrida Avtotransport bo’limi boshlig’i departament bosh mutaxassisi nihoyat Daryotransport bo’limi boshlig’i lavozimlarida ishladi.
Qaerda ishlamasin ishda o’zini ijobiy tomonlarini namoyon etishga ulgurdi. Shundanmi u bilimdonligi, zukkoligi bilan tez orada turli soxalarda ishlashga hurmat qozonishga ulgurdi. Falokat tufayli hayotni tark etdi. Rafiqasi: Xolniyozova Dilfuza. Farzandlari: Saboxon, Elyorjon. Navqiron yoshiga vafot etgan hamqishlog’imiz yodi xalqimiz qalbida mangu saqlanadi.
Xonimov Jahongir1983-2009
Inson tug’iladi. Albatta bir kuni o’ladi. Biroq hayotda endi suvini o’zi olib ichadigan ota-ona ko’ziga farzand sifatida shirin ko’ringanida uni yaqinlari hali kamolini ko’rmasdan dunyodan o’tsa bu qayg’uli.
Hamqishlog’imiz ham Qumqo’rg’onda tug’ilgan. Ayni navqiron yoshida beshafqavt ajal uni oramizdan olib ketdi. Yaqinlariga sabr-toqat tilab ruhlari shod, oxirgi manzili obod bo’lsin deymiz. Xotiramizda abadiy saqlanadi
Qosimova Fariza 1969-2021
Inson o’mri bir lahzalik. O’tadi ketadi. Agar ortidan savobli ishlar qolgan bo’lsa albatta bir kuni uni elimiz xalqimiz esga oladi va duoyi xayr qiladi. Hamqishlog’imiz Fariza ham xushxulqi yaxshi fe’l-atvori bilan hurmat ehtiromga loyiq ayol edi. To’sonqulov Qosim boboni suyar qizlari 1969 yilda Muzrabot tumanida tug’ilgan. Maktabni tamomlab hamqishlog’imiz Faxriddin Tog’aevga turmushga chiqib ikki qiz bir o’g’ilni dunyoga keltirdi.
Farzandlari ham o’ziga o’xshab o’qimishli halollik poklikkka intiladigan insonlar bo’lib voyaga yetishdi. Chunki Fariza oilaparvar to’g’riso’z halol-poklikka intilib yashaydigan oqila ayol edi.
Beshafqat o’lim uni 2021 yilda oramizdan olib ketdi. Qarindosh o’rug’lar g’amga botdilar. Uni so’ngi manzilga kuzatayotganda farzandlarini izillab yig’lashiga so’qir ko’zlardan ham yosh oqdi.
Ha, inson hayotdan bevaqt ketmasin ekan. Turmush o’rtog’i: Tag’oev Faxriddin. Farzandlari: Shohida Dilshoda, Fazliddin. Mehrubon ona aziz umr yo’ldoshi F.Qosimova yodi farzandlar hamqishloqlar xotirasida mangu saqlanadi.
Ramazonov Baxtiyor1970-2021
Darbandiy hamqishloqlarimiz barcha sohada fidoyilik ko’rsatib ishlagan. Harbiy sohada ham sharaf bilan ishlagan vatan himoyasiga kamarbasta bo’lgan hamqishloqlar ko’pchilikni tashkil etadi. Shulardan biri B.Ramazonov edi.
Termiz shahrida tug’ilgan. Onasi Ramazonova Anorxol, otasi Ramazonov To’qson. O’rta maktabni tamomlab Harbiy xizmatga chaqiriladi. Harbiy xizmatni Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida o’tab Termizga qaytib 1991-1993 yillarda qishloq xo’jaligida ishlagan.
1993-2007 yillarda O’zbekiston qurolli kuchlarida turli lavozimlarda ishlab nafaqaga chiqqan. Rafiqasi: Normatova Sarvar. Farzandlari Ixtiyor, Navro’za. Vatanga sadoqat bilan harbiy sohada ishlagan xamqishlog’imiz yodi farzandlari va xalqimiz qalbida mangu qoladi.
Boymahmatov Kamol 1971-2013
Bu dunyoda hech kim nomsiz nishonsiz o’tmasin ekan. Biroq Alloh inoyati ila tug’ma nogiron tug’ilgan insonlar ham xudoni sevgan bandasidir. Kamol ham shunday insonlardan edi. Uni onasi Anor bibi shu farzandini o’ttiz besh yil birovdan kam qilmasdan qaradi unga bor mehrini berdi. Uni quchog’idan tushirmadi. Barcha Darband eli bu ayolni sadoqati, mehri, mashaqqatiga qoyil qolib tahsinlar aytishdi. Hamqishlog’imiz yodi qarindoshlar va xalqimiz qalbida mangudir.
Aminov Xusniddin 1973- 2021
Termiz shahrida tug’ilgan hamqishlog’imiz uzoq muddat turli sohalarga ishlagan. Har bir ishga mas’uliyat bilan yondoshishga harakat qilgan. Barcha og’o-inilarga mehrubon maslihatgo’y oilaparvar onasiga mehrubon bo’lgan hamqishlog’imiz farzandiga yaxshi niyatlar bilan otasi marhum va ma’lum savdo xodimi Yusuf Aminov nomini qo’ygan. 2021 yilda vafot etgan. Rafiqasi: Poyonova Iroda. Farzandlari : Yusuf. Hamqishlog’imiz yodi qarindoshlar va xalqimiz qalbida mangu saqlanadi.
Gulxorov Sobir 1972-2012
Qumqo’rg’onda tug’ilgan. O’rta maktabni tamomlab Toshkent davlat iqtisod Universitetida tahsil olgan. Universitetni muvaffaqqiyatli tamomlab Qumqo’rg’on tuman davlat tashkilotlarida iqtisodchi vazifasida ishlagan. Har bir topshiriqni o’z vaqtida ijro etishga harakat qilgan. Ish jarayonida ichki tartib intizomga rioya qilib o’zini bilmini oshirish harbir ishda ijobiy yondoshgan. Rafiqasi: Gulxorova Rohila. Farzandlari: Shamsher, Parvez, Mirzohid. Hayotni erta tark etgan S.Gulxorov yodi farzanlari hamqishloqlar xotirasida mangu saqlanadi.
Abdunazarov Ja’far 1972-2010
Darband qishlog’ida tug’ilgan hamqishlog’imiz o’rta maktabni tamomlab Darband qishlog’ida mashhur oshpaz sifatida tanilgan. Uning tashabbusi bilan Termiz shahridagi “Sharq” mehmonxonasi qoshida osh markazini tashkil etib aholini sifatli xo’rak bilan ta’minlashda salmoqli ihissa qo’shgan. Xalqimizni to’yu-ma’rakasida beminnat xizmat qilgan. O’ta mehmon do’st, hunarmand bo’lgan Ja’far har doim har bir ishni o’z vaqtida bajarishga harakat qilgan. Aytmagan joyga borma aytilgan joydan qolma qabilida ish tutib har bir mijozni dilini xushnud etishga erishgan. Rafiqasi: Asqarovqa Muhabbat. Farzandlari: Javohir, Jasur, Marjona. Hamqishlog’imiz xotirasi qalbimizda mangu yashaydi.
Cho’ponova Gulandom 1978-2021
Har bir insonni hayoti bir tarix. Kimdir erta kimdir kech bu dunyoni tark etadi. Biroq umrini yashab oshini oshaganlarga dil taskin topadi. Endi hayot ta’mini tortib farzandlarini voyaga yetkazib nabiralar davrasida huzur halovat qilaman deganda vafot etgan kishilarni taqdiri kishini qayg’uga tushiradi. Hamqishlog’imiz G.Cho’ponova ham bir umr vatanga munosib xizmat qilib farzandlarini oliy ma’lumot olishlariga sharoit yaratib berib uyli-joyli qilishga ulgurib to’satdan vafot etgani hamqishloqlarni qayg’uga soldi
Muzrabot tumanida tug’ilgan. O’rta maktabni tamomlab 1990 yilda hamqishlog’imiz Ashurboev Nusratilloga turmushga chiqqan. 1997-2004 yilgacha Termiz shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachi vazifasida ishlagan. Turmush o’rtog’i. Ashurboev Nusratillo. Farzandlari:Umedillo, Shohruh, Farzona Hamqishlog’iiz yodi farzandlari xalqimiz qalbida mangu saqlanadi.
Cho’ponov Anvar 1981-2019
Termiz shahrida tug’ilgan ushbu hamqishlog’imiz yoshlikda baquvvat chaqqon bo’lib voyaga yetdi. Shaharda tadbirkorlik ishlari bilan shug’ullandi. Eng muhimi o’zini yaxshi xislatlari bilan xalqimiz hurmatiga sazovor bo’ldi. Rafiqasi: Xurramova Maqsuda. Farzandi: Afro’z Anvar o’g’li. Ayni navqironlik yoshida vafot etgan hamqishlog’imiz yodi xalqimiz qalbida mangu saqlanadi.
Azizov Ardasher1982-2016
Inson hayotda bevaqt o’tmasin. Uning vafoti ota-ona, qarindosh -urug’ qalbiga chuqur iztirob tushiradi. Agar uni zuryodi nishoni bo’lsa ota-ona qalbda oz bo’lsa ham tassali paydo bo’ladi. Agar bo’lmasachi!!! Darbandiy hamqishloqlar orasida ham oilasi ota-onasini zor qaqshatib juda erta Alloh amonatini topshirgan insonlar ko’pchilikni tashkil etadi. Ularning yaqinlariga Alloh sabri jamil ato etsin.
Hamqishlog’imiz Ardasher ham Muzrabot tumanida tug’ilib voyaga yetdi. Maktabni tamomlab Toshkent irrigatsiya va qisholq xo’jalik oliygohida o’qidi. Faoliyatini xalq xo’jaligi sohasidagi ishlar bilan boshladi. Muzrabot tuman Agro xo’jaligida faoliyati chog’i bemahal o’lim uni o’z girdobida tortdi. Bu nagohoniy fojia hamqishloqlarni chuqur qayg’uga soldi. Ota-onasini bu nogahoniy ajal qomatlarini dol ayladi.
Rafiqasi: Safarboeva Shoira. Farzandlari: Ilmira, O’g’ulshod, Jahonoro. Allohning buyuk ne’mati ucha qiz qarzandini dunyoga keltirga va ularni baxtini ko’rmagan ko’p ishlarni amalga oshirishga ulgurmagan o’n gulidan bir guli ochilmagan Ardasher Azizovni Alloh rahmatiga olgan bo’lsin. Iloho Omin! ! Uning xotirasi farzandlari nabiralari albatta xalqimiz qalbida mangu qoladi.
Rahmonov Bahrom 1983-2007
Bu dunyoda inson benom bnishon o’tmasin ekan. Bahromni tosodifiy o’limi ota-ona qaddini dol etdi. Negaki uni aziz, mehrubon, to’g’riso’z, mehnatkash farzandi tengqurlari orasida aqlu zavkovatga to’liq ota-onani hurmatini joyiga qo’yaadigan ularga quloq tutadigan aytganlarini ba jonu dil bajaradigan farzand bo’lib voyaga yetgan edi.
Ota-ona o’g’illarini jon dilidan yaxshi ko’rib Allohdan unga o’zoq umr tilardilar. Na chora bu ajoyib farzandga ko’z tegdi magar bir zumda bandalikni bajo keltirib oila-a’zolarini chuqur qayg’uga qo’ydi. Uni ozulari ko’p edi. Chet ellarda ishlab o’ziga mu’jazgina uy qurib keyin uylanishni orzu qilgan edi. Barcha ishni uddasidan chiqadigan Bahrom ayni navqiron yoshida vafot etdi.
Darbanda tug’ilgan. 11-maktabda o’qigan. Otasi Rahmonov Olim. Butun umrini qishloq yoshlarini tarbilashga sarflagan Olim aka bu qayg’uga chuqur iztirobga tushdi. Bir muddat o’ziga kelolmadi. Onaxoni esa dard-alamdan hushini yuqotib kasalmand bo’ldi. Qarindosh urug’lar mahala ko’y u kishiga tasalli berdi. Bu holatdan chiqarishga harakat qildi. Iloho Bahromni oxirati obod, ruhi shod bo’lsin. Zuryodsiz o’tgan hamqishlog’imiz yodi qalblarimizda mangu saqlanadi.
Azizova Munojot 1985-2020
Hech kim bu dunyoda erta o’tmasin ota-ona qalbini qayg’uga qo’ymasin ekan. O’zini munosib jufti halolini topgan ota-onasini aziz va shirin farzandi bo’lgan o’qib, oila qurib, ishlab xalqimizni diliga joy olgan hamqishlog’imiz Denov tumanida tug’ilgan. O’rta maktabni a’lo baxolar bilan tugatib o’zi kelib Termiz bank kollejida o’qib muvaffaqiyatli tomomlab Termiz shahridagi milliy bankda ishlaydi. Beshafqat o’lim uni ayni navqironlik yoshida oramizdan olib ketdi.
Mehnatkash, bilimdon o’z kasbini fidoyisiga aylangan Munojotdan bir o’g’il yodgor qoldi. Iloho ruhlari shod, oxirat manzili obod bo’lsin. Turmush o’rtog’i: Raximov Muzaffar. Farzandi: Behro’z. Hamqishlog’imiz yodi hamisha qalbimizda mangu saqlanadi.
Baxshiqulov Suxrob 1988-2021
Hamqishlog’imiz Muzrabot tumanida tug’ilgan. Tojikiston slavyan tillari oliygohida o’qishga kirib ikkinchi bosqichida o’qishini Termiz Univestitetiga ko’chirgan. Taqdirni qarangki u universitetni tamomlamasdan bu foniy dunyoni tark etdi.
Ro’zg’ordagi anglashmovchiliklar uni og’ir ahvolga qo’ydi. Shunda ham barcha qiyinchiliklarga g’iybat-bo’htonlarga chidadi. Biroq Ajal haq. Ayni navqiron yoshida uni oramizdan olib ketdi. Uni qayg’usi ota-ona qalbini o’rtadi. Inson barchasiga chidar ekan. Alloh oxirati obod ruhlarni shod etgan bo’lsin. Rafiqasi: Xolmirzoeva Nargiza. Farzandlarif: Dilrozbonu. Hamqishlog’imiz yodi qalblarizda mangu saqlanadi.
MARSIYa BA DODARZODAAM SO’HROBChON
In zamin bedor gardid az nasimi navbahor,
Mug’cha bikshud ham gulu sebarga, bodomu anor.
On hama mavchud, ki ayyomi zimiston xufta bud,
Boz ham bedor gardida damid az har kanor.
Dar yake az ro’zhoi navbahori in diyor,
Chon barodar, tu ba dunyo omadi fasli bahor.
Chad kashidi tu ba bolo chun niholi navrase,
Gar bubinad ro’i tu har kas shud oshiq – beqaror.
Boz omad navbahoru in chaman gullola shud,
Gul biro’id az zaminu dehi mo purlola shud,
Maysavu sebargaho az nav damidand az zamin.
Lek qalbam purcharohat az tanini jola shud.
Sad dareg’, ayni kamolu dar siyu se solagi,
Tarki in dunyo namud chismi bazebat, choni tu.
Chumla hamsinfoni tu omad sari tobuti tu,
Ashki hasrat rextand bar chussai bechoni tu.
Xosti tabrik kuni dar ro’zi idi duxtarat,
Ham navozishho kuni, go’i gulam, Dilroz chon.
Lek margi bemahal az bayni moyon chun rabud,
Tuhfahoyat ba’di favtat shud ba Dilroz ormon.
Ey barodar, zud charo binmudi tu azmi safar,
G’ayri tu bar nasli tu digar ki boshad bolu par.
Ser gashti yo magar az in hayoti purmag’al,
Choi tu xolist, dodar, dar daru ham shahru bar.
Har gahe sozem bar on surati zebo nazar,
Az labi xandoni tu cho’em yak harfi digar.
Duxtarat aksi turo bigrifta go’yad, ey padar,
Xonaat vayron bishud, ham orzuyat besamar.
Ey barodar, az g’amat qalbi hazinam pora shud,
Qiblagohi mehrubonat az g’amat ovora shud.
Modarat xudro bizad, az hachri tu dilpora shud,
Xoharonu dodarat az dardu g’am bechora shud.
Purziyo gardad Xudoyo, xonai qabrat mudom,
Ro’hi pokat dar bihishti chovidon yobad maqom.
Manzili oxiratat obod boshad to abad,
Budi tu So’hrobchon, dar qalbi mo har subhu shom.
Zaynab BAXShIQULOVA, nohiyai Muzrabot
«Xovar» (№8.9.05.2021
Boboev Xurshed 1988-2008
Ro’zi Bobev Muzrabot tumanida el tanigan e’tirof etgan insonlardan biri edi. U kishi uzoq yillar qishloq xo’jalik sohasida sharaf bilan ishladilar. Xalqimizning oziq-ovqat mahsuloti bilan ta’minlash, fermerlik harakatiga munosib hissa qo’shgan hamqishloqimizning kenjatoy farzandi bo’lgan Xurshed Muzrabot tumaniga tug’ilgan. Maktabda a’lo baholar bilan o’qiyotgan bu o’smir haydovchilarni aybi bilan falokatga uchradi.
Xurshed do’stlari bilan gurunglashib ko’cha chetida turganida baland tezlikda kelayotgan avtomashina turtib ketanidan so’ng fojiaviy halok bo’ladi. Hamqishloqlar sinfdoshlar orasida o’zini zukkoligi bilimdonligi mehnatsevarligi bilan tanilgan yosh navqiron yigitni o’limi ota-onasi qarindosh urug’ qalbini chuqur qayg’uga soldi. Hamqishlog’imiz yodi qarindosh- urug’lar hamqishloqlar qalbida mangu saqlanadi.
Mahmadinov Baxtiyor 1988-2021
Muzrabot tumanida tug’ilgan. O’rta maktabni tamomlab kollejda tahsil olgan. Savdo sohasida ishlagan. Tadbirkorik bilan shug’ullangan. Mehrubon mehnatkash inson bo’lgan. Rafiqasi: Annaqulova O’g’uloy. Farzanlari: Gulshan, Mushtariy, Soliha. Hamqishlog’imiz yodi farzandlari xalqimiz qalbida mangu qoladi.
Tangriqulova Nargiza 1986-2007
Yoz faslini erta tongidagi bu zuv xabar bir zumda Darbandga tarqaldi. Nargiza avtoavariyaga uchrab halok bo’libdi. Men bunga ishonmadim. Chunki Darbandagi otam hovlisi buzilib joyiga Toshg’uzor-B oysun temir yo’li o’tkazilishi munosabati bilan Darband vokzali bizni uyimizni joyida qurilayotgan edi. Bizlarga ham uy qurish uchun tuman hokimiyati yangi joyni Nargizalarni uyini pastida shoh ko’chadan pastga ajratgan edi. O’sha joyda ya’ni Abdullo Avaz bog’chasini ichida uy qurayotgan edik....
O’sha ertalab pastki ariqda suv qurigani bois teppadagi ariqdan suvni pastga bog’lash maqsadida katta yo’lga chiqdim. Bir to’da qizlar mashinaga minayotganiga ko’zim tushdi. Jumladan, qizlarni ichida Nargizani ham tanidim. Xushbichimgina qizga razm solib qoldim. Bildimki ular uzoq qarindoshini to’yiga borayotgan ekan. Kelib choy ichib endi ustalar ishni boshlayotgan payt ovulda g’ala-g’ovur bo’lib bir zumda bu xonadon atrofida odamlar yig’ildi. Demakki bu zuv xabar rost ekan...
Bizlar uni onasi Hamida opa, otasi Hasan aka bilan bir ovulda katta bo’lganmiz. Bular boshiga tushgan qayg’u butun qishloq ahlini dovdiratib qo’ydi. Ajal haq ekan. Yoshmi qarimi ayamas ekan. Ota ona bu xabarni eshitib o’zlarini yuqotib qo’yishdi. Ularni ohu nolasidan hatto toshni so’qir ko’zidan ham yosh oqardi.
Hali hayotni anglashga ulgurmagan sho’x shaddod ovulimiz Sangchilimizni Malikasini ajal bir soat ichida bizdan ayro tushirdi. To’g’risi bu lahzalarni tasvirlash juda og’ir. Faqat Allohdan bu oilaga sabr toqat tiladik. Iloho, Nargizani ruhi shod bo’lsin. Go’ri nurga to’lsin. Omin! Bu dunyoda nom-nishonsiz zuryodsiz o’tgan qizimizni Alloh rahmatiga olgan bo’lsin va bu she’erni xotira sifatida nomurod Nargiza qizimizga bag’ishladik. Uni yodi xotirasi aka-ukalar opa-singillar va xalqimiz qalbida mangu saqlanadi.
Tojikcha matn Nolai padar
Farmonova Farxunda 1989-2008
Hayot go’zal yashash zavqli. Biroq ko’pincha nogahoniy falokat o’lim ota-ona qalbini larzaga keltiradi. Ularni bir umrda dillarida dog’ bo’lib qoladi. Ha, hech kim bu dunyodan erta vafot etmasin. Hech kim bolam deb yig’lamasin ekan. Biroq ajal haq. Uni haqligi shundaki u odamzot hayotiga nuqta qo’yaadi. Demakki u boshqa bu hayotdan zavq ololmaydi. Hamqishlog’imiz Farxundani ham bu go’zal hayotdan ko’p orzulari bor edi. U she’rityatni sevardi O’zicha she’rlar ham to’qirdi. U endi hayotni anglayotgan edi. Bo’y cho’zib odamlar ko’ziga namoyon bo’lgan chog’lari orzular qanotida yashar edi . Endi hayotni zavqiga andarmon bo’lib turgan payti fojiali vafot etdi.
Shifokorlar qancha urnishmasin uni hayotini saqlab qololmadilar. Ajal uni oramizdan juda erta hali murg’ak xotiralar uni qalbini tark etmagan chog’ida oramizdan olib ketdi. Bu qismat Darband ahlini ko’p qayg’uga soldi. Na chora odamzot guldan nozik toshdan qattiq ekan. Barcha shodlik kulfatda aynan shu odamzot chidar ekan. Qizimizni arvohi shod bo’lsin, oxirat manzili obod bo’lsin. Qabri nurga to’lsin. Omin!!! Hamqishlog’imiz yodi qarindoshlar xalqimiz qalbida mangu saqlanadi.
Abdulloev Ruslan 1990-2011
Termiz shahrida tug’ilgan. Termiz shahridagi 7-o’rta maktabni tamomlagan. Baquvvat chaqqon bo’lgan hamqishlog’imiz Ruslanni otasi Anvar aka Abdulloevni aytishicha u yoshligida o’ta mehrubon hazilkash bo’lib voyaga yetgan. Do’stlariga mehrubon bir ishni buyursa albatta ijro etadigan tartibli intizomli o’g’illari edi. Biroq, kasalikka chalinib 21-yoshida vafot etgan.
Uni vafoti ota- onasi qarindosh urug’lar qalbida g’am urug’ining sochdi. Uni o’ylab ota-ona adoyi tamom bo’lishdi. Na chora ajal haq. Qarindosh urug’lar hamqishloqlar ota-onaga taskin berish bu dunyodan zuryodsiz o’tib ketgan Ruslanga yozilgan she’rni shu kitobga joy berishga qaror qildik. She’rni Muzrabot tumanida yashovchi shoira hamqishlog’imiz Zaynab opa Baxshiqulova yozgan. Shoyad ota-onaga taskin bo’lsa…
Marsiya
Ey falak, kardi charo tu Ruslan az xeshon chudo? Qiblagohi mehrubonash az g’amash gardida xam,
Modari zorash shuda dar hasratash obu ado, Hasratashro mexo’rad payvasta bo dardu alam,
Qomati shamshodi o’ garchi ba zeri xok raft, Modari bechoraash dar kunchi xona shuda xarob
Bo dili purhasratu bo didai g’amnok raft. Yodi Ruslan mekunad qalbash chu otashdon xarob.
Chon barodar, dar kuchoi?-guftavu faryod kard, Ey falak, oxir charo binmudi az Rusloan chudo?
To dami oxir az on neko’ barodar yod kard. Amayu xola, tag’o ham aqrabo gashtand ado,
Ashki chashmi xoharash bud misli boroni bahor, Sabri xeshonash bidehu ro’hi pokash shod kun,
Qalbi sho’xu tozaash bo yodi dodar beqaror . Rohi channatro kushoyu manzilash obod kun.
To nafashoi axirash vasfi modar guft o’,
Modari chon,- guftavu bo yodi modar xuft o’,
Ey chavoni g’o’ramargo, kardi manzilro digar,
Modaru dodar , padar ham aqrabo xuni chigar.
Normurodov Sherali 1993-2000
Termiz shahrida tug’ilgan. Otasi Abdullaev Jumaqul. Onasi Abdullaeva Anorxol. Sherali mening do’stim sinfdoshim Jumaboyni Xudodan tilab olgan yakkayu yagona o’g’il farzandi edi. Taqdirni qarangki bu o’g’ilcha tug’ilishdanoq bo’limli, har narsaga qiziqadigan xullas, harakatlari o’qishlari bilan hammani lol qoldirgan edi. Ko’zikdimi, Xudoga kerak ekan ko’daklikda toychoq bo’lgan chog’i vafot etdi. Ayrim vrachlarni o’z kasbiga sovuqqonligi noto’g’ri tashxislar tufayli bir oz tobi qochgan bolani vrachlar jonsiz ota-ona qo’liga topshirdilar. . Ota-onani fig’oni falakka chiqdi. O’zlarini yo’qotib qo’yishdi. Shu aziz do’stimga dil malhami uchun qo’ydagi maqolani yozdim va ayrimlarni gap so’lariga qaramasdan uni kitob oxirida joylashtirdim. To’g’ri, bunday jigarbandlari, yuragini bir parchasini boy berib qo’yganlar hamqishloqlar orasida juda ko’p. Bu maqolani o’qib ularni ham dili taskin topishini istardim. Ularga jumladan sinfdoshimga ham Alloh sabr bersin. Hech kimsani Olloh ko’daklikda bolalikda, navqironlikda o’z jigargo’shalaridan ayritmasin. Alloh buyuk zot. Barcha qilmish shu taqdirsozni qo’lida. Iloho, hammani Alloh o’z panohida asrasin. Omin!
Tojikcha matn NAVHAI PADAR
Aminov Navro’z 1992-2017
Darband qishlog’ining Oqmachit guzarida Kamol Aminov xonadonida tug’ilgan Navro’zbek yoshlikda o’zining zukkoligi donolig jasurligi bilan ajralib turardi. O’ yoshligidanoq butun boshli qishloq bolalarini o’zining yaxshi fe’li yaxshi xulq-atvori jasurligi bilimdonligi shujoatmandligi bilan o’ziga jalb etdi. Qishloq bolalari bilan soy bo’ylarida o’ynab u bolalarcha tashkil etiladigan o’yinlarda haqiqat adolatni tiklagani uchun unga hamma ergashardi. Shundanmi ota-onasi ham uni bu xususiyatlarini yaxshillka yo’nib hamma aytganlarini bajarar edilar. Yoshligida pahlovonsifat bo’lib o’sayotgan Navro’zni harbiy xizmatga da’vat etishdi. U harbiy xizmatni a’lo darajada o’tab imtiyoz olib tezda Termiz Davlat Universitetini tarix fakultetiga hujjat topshirdi. Talabalik baxtiga musharraf bo’ldi.
Safdoshlari kursdoshlari uni iste’dodi qobiliyati va ayni vaqtda jasur pahlavonligidan zavqlandilar. U 3 yil davomida biron soat dars qoldirmaganini ustozlar vafot etgan kuni aytdilar. Ha, u kasalikka chalinib 2017 yil 6 may kuni hayot bilan vidolashdi. Ota-ona qalbida g’am-alam ,anduh tog’i paydo bo’ldi. Navro’zbekni do’stlari sinfdoshlari va kursdoshlari matomxonaga kirib kelganida ota-ona va qarindosh urug’lar hushlarini yuqotdilar. Butun Darband ahli bu oila g’amiga sherik bo’lib ularga bir oz bo’lsa ham dalda berishga kirishdi. Biroq, bu g’am alam armonlarni o’tkazish unitish og’ir edi. Pahlavon kelbat Navro’zbekni tobutini do’stlari qo’ymay ko’tarishar yosh qalblarni ko’zlarida duv-duv yosh to’kilar edi…. Bu holatlarni kuzatib turgan odamni albatta yuragi qayg’uga botib ota-onaga qarindosh-urug’dan sabr bardosh toqat tilardi.
Ha,chindan ham Navro’zbek qisqa umri davomida yetarli do’st orttirib ularni ishonchiga kirib bemahal ularni qayg’u daryosiga tashlab ketdi. Hali o’n gulidan biri ochilmagan endi muhabbat sevgi sadoqatda moyil bo’layotgan yurak bir on da to’xtadi. Ota o’g’lini sihhat topishi uchun barcha imkoniyatdan foydalandi. Olib bormagan joyi ko’rsatmagan shifokori qolmadi chog’i , chuqur qayg’uga tushdi. Dori-darmon unga naf bermadi….
Qayg’uga tushgan qarindosh urug’lar hali bu ko’rguliklarni davomi borligini ham qaydan bilardilar. Negaki Navro’zbekni bevaqt o’limidan aka-uka opa-singillar barcha qarindoshlar qayg’uli damlarda o’zlarni yuqotib qo’ygan edilar. Ayniqsa opasi Nasibani ohu nolasiga chidab bo’lmas edi. U yaqindagina chaqqoloqli bo’lgan hali o’zini yig’ib olmasdan bu ko’rgulik uni dovdiratib qo’ygan edi. Navro’zbekni hali marakalari tugamasdan bir kech Nasibani chaqalog’i yig’layverdi. G’amboda bo’lgan Kamol bobo Navro’zbekni onasiga nimaga chaqaloq yig’layotganini va uni yupatishni qiziga yordam berishini so’radi. Zumrad momo qizi yotgan xonaga borib hayratdan dong qotdi. Qizi Nasiba nafas olmas chaqaloq esa bezovtalanib o’lib bo’lgan ona ko’kragiga yopishar edi. Bu holat onani batamom ado qildi. Hushidan ketdi. Katta hovlini bir zumda qiych-chuvlar cho’lg’ab oldi. Qo’ni-qo’shnilar uyg’onib nima voqea bo’lganini anglayolmay yugurib ularni uylariga kelar edilar. Dod dastingdan falak. Barchani ko’zida yosh qalbida qayg’u. Odamlar bu ota-onani qanday yupatishni bilmay gangib qoldilar. Eratalab qishloq bo’ylab yana janaza xabari tarqaldi. O’zoqdan bilmaganlar so’rardilar. Kim vafot etibdi. Kamol Aminovni qizi Nasiba. Yo piray qariyalar yoqa ushlar barcha hamqishloqlar tahlikada. Nega bunday bo’ldi. Nega bu oila boshiga Alloh chuqur qayg’u tushirdi. Ertalab tumonat odam yig’ildi. Ota-onaga aytadigan yupatadigan so’z yo’q edi. Hammani boshi egik. Nasibani qabristonga olib borayotgan payt uni katta farzandi Mubin onajon endi biz kanday yashaymiz. Kim bizga qaraydi. Hamma aytganigizni qilardimku. Nahot tashlab ketayapsiz deb uvos solib yig’laganida yig’lamagan odam qolmadi.
Hayot o’zi murakkab. Hayot murakkabligini uni quvonchu tashvishini hijronu alamini faqat insongina yenga olar ekan. Charaqlab turgan quyosh yuzini bir pasda bulut qopladi. Hali Nasibani jasadini qabrga qo’ymasdan shabada tariqasida yog’ayotgan yomg’ir insonlarni chuqur o’ylovga qo’ydi. Kimdir qarang osmon ham yig’layapti deb qo’ydi. Biroq, bu taqdiri azal . Bu hayot. Bu judolik . Ne bo’lsa ham tiriklar tirikligicha qolar o’lib ketgan yerda nihon bo’lar ekan. Bu ota-onaga Allohdan sabr toqat tiladim va ushbu she’rni Navro’zbekka bag’ishladim.
Chaqmoq eding ukajon
(Hamqishlog’imiz Navro’zbek va barcha navqiron yoshida vafot etgan hamqishloqlar xotirasiga bag’ishlandi)
Gunohing ko’p edimi,
Sig’mading bu dunyoga.
Ruhing oppoq qush bo’lib
Uchib ketdi samoga,
Ota-onang bo’zlatib
Ketding dorilbaqoga,
Chaqmoq eding ukajon,
Chaqmoqday tez so’nding sen.
Sen ketganda tog’larning
Cho’kib qoldi viqori,
Gulzorlarning, bog’larning
So’nib qoldi ifori,
G’unchalar, yaproqlarning
Tez to’kildi ohori,
Chaqmoq eding ukajon,
Chaqmoqdek tez so’nding sen.
Matonatli, sabotli,
El erur ahli Darband.
Sendan bevaqt ayrilib,
Lol bo’lur ahli Darband,
Qayg’udan ko’zda yoshi.
Sel bo’lur ahli Darband.
Chaqmoq eding ukajon,
Chaqmoqday tez so’nding sen.
Tug’ilganding navbahor,
Ayni Navro’z ayyomda.
Sevinib ota-onang
Navro’zbek deb qo’ydi nom,
Ulg’ayding, o’sding shodon,
Mehr ko’p ko’rding mudom,
Chaqmoq eding uajon,
Chaqmoqday tez so’nding sen.
Otang Kamol bag’rida
Kamol topding bezavol,
Onajoning mehridan,
Bo’y cho’zding misli nihol,
Ko’z uzolmay chehrangdan
Tengdosh qizlar bo’ldi lol,
Chaqmoq eding ukajon,
Chaqmoqday tez so’nding sen.
Orzularing ko’p edi,
Aylandi armonlarga,
Chiqmoqchi eding yuksak,
Cho’qqilar, dovonlarga,
Yiqilding, bog’ing mangu,
Ko’mildi xazonlarga,
Chaqmoq eding ukajon,
Chaqmoqdek tez so’nding sen.
Iskandar Mirzo
Nazarov Nazarbek 1997-2003
Bevaqt dunyoni tark etgan bu bolakay Darbandda Shodi Nazarov xonadonida tug’ilgan o’ta sho’x quvnoq chaqqon bo’lgan edi. Ha ota-onasi Darbandda tug’ilib o’sgan. Dilbandlari Nazarbekni ham bobosidek polvon chaqqon el xizatiga yaraydigan bo’lsin deb unga bobosini ismini qo’ygan edilar. U chindan ham tug’ilganidanoq bo’limli quvnoq chaqqon edi. Tez tili chiqib harakatlari dadil bo’lganda unga ko’z tegdi. Bir zumda falokat tufayli bu foniy dunyoni tark etdi. Ota-onani qayg’usi dunyoga sig’madi. Uni qaysi bir sifatini aytib yig’lashni bilmasdi. U haqiqatan juyrukcha mehrubon, dilso’z quvnoq bolachaga aylangan edi. Uni harakatlari qiliqlari o’ziga yarashar edi. U endi hayot nimaligini anglayotgan payt fojiaga uchradi. Uni yodu xotirasi hech qachon ota-onasi, qarindosh urug’lar qalbidan o’chmaydi.
Zaynidinov Sirojiddin 2008-2018
Bu hamqishlog’imizni ham o’n yoshida ajal uz komiga tortdi. Bu ayriliq ota onasi qarindosh urug’lar qalbida chuqur asorat qoldirdi. Uning otasi Sherxonov Obiddin onasi Sherxonova Salomat nuri diydalarini ko’z qorachag’idek asrasalar ham ajal ayamadi. Ularga sabr bardosh tilaymiz. Sirojiddini ruhi shod, qabri nurga to’lsin.
Tojikcha matn TA’RIXI TAShKILYoBII MAKTABI RAQAMI 11 BA NOMI MIRZO TURSUNZODA DAR DYeHAI DARBAND
DARBAND ChAPAG’ONLARI- ChAVANDOZHOI DARBAND
Ostonaqul Yo’ldosh muhammad Mahmud Amini Shayna
Jumaqul Ma’murov Kali Boymurod
Qiqir hoji Rajabboy
DARBAND MYeRGANLARI –MYeRGANHOI DARBAND
Boboqul mergon Turdiqul mergon
Safarquli mergan Xo’shsaid mergon
Nazar-mergon
DARBAND POLVONLARI-PAHLAVONHOI DARBAND
Mahmasharif polvon Siddiq polvon
Begmat Mirzo Cho’lliboy
Amin polvon Xidir polvon
Islom Koskaki Ismat polvon
Lo’k palvon –ismi Abdukarim Mirzo Safar
DARBANDNING QADIMIY BOYLARI-BOYHOI KALON VA QADIMI DARBAND
Ko’ssaboy Rahmatqulboy
Safarboy Kenjaqulboy
Rahmatulloboy Mirzoqulboy
Ziyoboy Norqulboy
Mahmadqulboy(Boshiboy)
Qobilboy Bo’taboy
DARBAND OTLILARI- ASPDOR VA ASPBOZHOI DARBAND
Abdunazar Allaboy
Boymurod Abdullo Sag’ira
Amin Nazar Norquli Tursunboy
Jumaqul jebachi Rahmatullo
Abdulvohidboy
Amini Rahmat Ko’ssaboy
Juma Jo’ra Safarqul Elbegi
DARBAND HUNARMANDLARI-HUNARMANDAHOI DARBAND
Usto Inoqi mo’kkido’z Usto Hamroqul
Usto Abdulahad Ustoi Shahrisabzi
Usto Tolib Usto Qara
Usto Ali mo’zado’z Usto Mahmadqul
Usto Rahim Usto Mahmuddiyor
Usto Boba Usto Salom
Usto Boymat
Jarqo’rg’on
Jarqo’rg’on tumani Makedon qishlog’ida 1920 yildan boshlab Darbandiy hamqishloqlar ko’chib borishni boshlaganlar. Bu haqda ayrim hamqishloqlar tarjimayi xolidan ham to’liq ma’lumotlar berilgan. Chunki Jarqo’rg’ondagi g’isht ko’prikni qurulishida ham tumannni Makedon, Lalmikor yerlarida paxta yetishtirishda ham ming-ming hamqishlog’imiz urush oldi va urushdan keyin ham fidokorona mehnat qilib ko’pchiligi shu Jarqo’rg’on, Surxon, Makedon qabristonlariga dafn etilgan. Bular orasida birgina paxtakor dehqon emas davlat ishlariga ishlagan o’qib oliy ma’lumotli hamqishloqlar ham ko’pchilikni tashkil etgan.
Bu hada bizga to’liq ma’lumot bergan hamqishloqlar to’g’risida ularni fidoyiligi mehnatkashligi haqida ko’plab ma’lumotlar maqoqlalar joylashtirganmiz. Chunki bu yerlarda hozirda ham ko’plab hamqishloqlarimiz o’zbek xalqi bilan yelkama-elka ishlab yashamoqda. Shunisi qiziqqi odamzot qaerni vatan etsa qaysi tilda o’qib bilim o’rgansa o’sha uni onga tilisiga aylnaib qolar ekan. Bu hamqishloqlar orasida ko’pchiligi hatto tojik tilida qiynalib gshapirishadi. O’zbek tilini esa ravon gapiradi o’zni fikrini bayon etadi. Shuning uchun barcha boshqamxalqlarni tili madaniyati yuz kko’z tuzulishidan jartish mumkindir biroq bir biriga qondosh jolndosh bo’lgan o’zbek tojikk xalqini biridanhech qachon ajratib bo’lmaydi. Ularnibirgina tili dil emaks hatta yuz ko’zini ham farq qilomaysiz. Iloho bu xalqlarga jonajon vatanimiz o’zbekistonimizga ko’z tegmasin. Qo’ydagi ro’yxat ziyoli inson Najmiddin Sherxonov tashabbusi bilan tashkil etilgan Jarqo’rg’on tumani Makedon qishlog’ida tug’ilib yashab ishlab vafot etgan hamqishloqlar ro’yxati joylashtirildi. Iloho shu manzilu makonlarda o’tib ketgan hamqishloqlar arvohi shod, oxirgi manzillari obod bo’lsin. Alloh ularni o’z rahmatiga olgan bo’lsin. Omin!!!
1. Choriev Ziyodullo 1924-2005
2. Karimova Sanobar 1938-2017
3. Karimova Uldon 1949-2019
4. Safarqulov Imomqul 1920-2020
5. Safarqulova Noroy 1932-2015
6. Shodiqulov Sherzod 1992-2020
7. Egamberdieva Zebo 1924-2010
8. Karimov Isroil 1981-2020
9. Safarov Cho’pon 1937-2017
10.Raximova To’xta 1954-2020
11.Jumaqulov Abdurahmon 1935-2017
12. Nazarov To’ra 1937-2006
13. Nazarova Malika 1949-2021
14. Jo’raev Ro’ziboy 1944-2014
15.Chorieva Sayida 1930- 2019
16.G’amburov Sohibqul 1950-2021
17.Choriev Isroil 1965-2019
18.Rajabov Raxmatullo 1951-2019
19.Safarova Barno 1968-2018
20.Jumaqulova Shodigul 1935-2008
21.Eshonqulova Karomat 1954-2020
22.Jo’raeva Muzaffar 1954-2010
23.Choriev Avaz 1924-1996
24.Egamberdiev Xudoyberdi 1915-1982
25.Xursanova Asal 1910-2003
26.Eshonqulov Tangriqul 1908- 1983
27.Eshonqulov Nurmuxammad 1953-1995
28.Karimova Bibixol 1962-2001
29.Jo’raev Xursand 1898-1983
30.Eshonqulova Barchin 1926-1992
31.Eshonqulov To’lli 1941-2006
32.Eshonqulova zulayxo 1950-2013
33.Xursandov Xurram 1956-2015
Denov
Darband eli butun dunyo bo’ylab tarqalib katta elga aylanganligi bois ularn hamma joyda yashab bu foniy dunyoni tark etganlar. Hammalarini ma’lumotlarini olish mushkil ishga aylandi. Biroq hamqishloqlarni sa’yu harakati bilan ko’pgina bu dunyodan o’tib ketgan yaxshi xayru amallarni bajargan hamqishloqlar ro’yxatini olib kitobga joylashtirishga muavaffaq bo’ldik.
Shular orasida Denov tumani Hazorbog’ qishlog’ida bizga ma’lumotlarni yetkazishga harakat qilgan Boboev Qorjov domlaga o’zimini tashakkurimizni izhor etamiz. Zero Hazorbog’da Darbandni uchta katta qavmi Shodaxo’jagi, Buchagi va Momaligilardan ko’prog’i Momaligini Boboavaz urug’i shu yerda muqim yashab qolganlar. Va bu qisqa ro’yxatni kitobda joylashtirdik. Iloho bu dunyodan o’tgan hamqishloqlarni ruhlari shod oxiratlari obod bo’lsin. Barchasini Alloh rahmatiga olgan bo’lsin Omin!!!
1. Qarev Normat 1932-2017
2. Qareva Anor 1932-2002
3. Bobev Avliyoqul 1927-2007
4. Eshonqulov Jo’ra 1938-1996
5. Islomov Qudrat 1967-2007
6. Boboev muxavmmadi 1951 2020
7. Shoniyozov Eshniyoz 1928-2012
8. Qaraev Abdujabbor 1930-2005
9. Amoqulov Eshonqul 1898-1973
10. Amonqulova Anorxol 1902-1990
11. Azizov Boboqul 1924-2001
12. Islomov Norqul 1925-2012
13. Islomov Safar 1932- 1969
14. EshonqulovaHilol 1936-1973
15. Eshonqulolva zulol 1932-1975
Qumqo’rg’on
Qumqo’rg’on tumanida 1930 yildan boshlab hamqishloqlarimiz ko’chib kelib shu go’shada muqim yashaganlar. Hozirgi kunda darbandiy bo’lgan avlod katta elni tashkil etadi. Uni orasida barcha soha vakillari bor. Ko’pchiligi vafot etib shu yerda dafn etilgan. Shular orasida hamqishlog’imiz ma’rifatli fidoyi inson Abdurasul Cho’lliboev kitobni tayyorlash jarayonida ko’p xizmat qilib bizga ko’p ma’lumotlarni taqdim etdi.
To’liq ma’lumotga ega marhumlarni alohida yozdik. Qisqa ma’lumoti bor insonlarni ham tug’ilgan vaqti vafot etgan yillari ismi familiyasi bilan kitobga joylashtirdik. Iloho bu foniy dunyodan boqiy dunyoga rixlat qilgan barcha hamqishloqlarni Alloh rahmatiga olgan bo’lsin. Qabrlari nurga to’lsin. Omin!
Shomirzoev Sohib 1936-2019
Shomirzoeva Sharifa 1941-2021
Shomirzoev Baxtiyor 1967-2016
Ashurov Abduhakim 1901-1996
Ashurova Halima 1916-2010
Jumaev Iskandar 1983-2016
Sayidalieva Gulnora 1960-2021
Jumaev Qurbon 1960-2021
Mo’minova Muhabbat 1952-2010
Tangriqulov Sayid 1931-2006
Tangirqulov Anor 1936-2011
Rayimnazarov Aliyor 1926-2013
Chorieva Anbar 1928-2018
Safarov Hamro 1936-2014
Boybekova Ko’chkin 1941-1995
Nazarov To’ra 1937-2006
Ro’zieva Zulayxo 1954-2009
Bobomurodov Jo’rabek 1985-2016
To’lliev Ro’ziqul 1927-2012
Safarov O’tagan 1913-1986
Safarova Momoxol 1919- 2021
Abduxoliqova Tursunoy 1958-2018
Tangriqulov Mahmud 1976-2014
Avliyoqulov Rahimqul 1933-2014
To’llieva Hayitgul 1930-1997
Safarov Madat 1887-1941
Ashurova Anbar 1903-1954
Sanginova Salima 1938-2019
Sanginov To’xtamish 1936-2011
Bobomurodov Abdullo 1930-2006
Bobomurodov Jo’rabek 1985-2016
Haydarov Erkin 1974-2016
Shodiqulov Sherzod 1992-2020
Nazarova Malika 1949-2021
Tangriqulov Qudrat 1958-2021
Tangriqulov Xayrullo 1982-2008
Ma’lumot tayyorlashda ziyoli hamqishloqlardan olim Jabbor Esonov, professor Yusuf Valiqulov, jurnalist Nurali Rajab, jurnalist Olim Panjizoda, madaniyat xodimi, jurnalist Mirzoqul Eshniyozov, Dotsent Ramazon Abdulloev, Muzrabotlik haydovchi Karim Boymurodov, ustoz murabbiylardan Hamro Saidov, Abdurahim Safarov, Qumqo’rg’onlik shifokor va shoir Abdurasul Cho’lliboevlar katta yordam berdilar. Ularga cheksiz minnatdorchiligimizni izhor etamiz.
“Darbandiylar yodnomasi” kitobini tojik tilidagi maqolalarni yozib tayyorlab chop etishga fidoyilik ko’rsatgan mulliflar Olim Panjizoda, Nurali Rajab, Ravshan Maxsumzodga alohida minnatdorchilik bildiramiz Ushbu maqolalarni mazmundorligi xato kamchiliklari javobgarligini ushbu malliflar o’z zimmalariga olishgan.
Qodir Alloh bizga bo’lsinlar rahbar,
Ummatim deb qo’llasinlar Payg’ambar,
Ey bandam deb qo’llasin Xaliluloh,
Xujay Xidir madad bersin iloho,
Avliyolar kunglimizni poklasin,
Choriyorlar dimog’imiz choqlasin.
QulfuAlloh qo’rg’onmiz bo’lsinlar,
Bahovuddin pirlar qo’llab yursinlar.
Imom A’zam chin mazhabim desinlar,
Shayxi zinda muhabbatin bersinlar.
Qo’llasinlar Hazrat Termiziy bobo,
Takyagohim bo’lgin parvardigoro.
Bo’laylik Allohning suyuk bandasi,
Bo’lmaylik elu yurt sira gandasi.
Sog’lik, tinchlik, mu’tabarlik barobar,
Hammamizga bo’lsin Omin Allohu Akbar
Kitobni davomi bor.
“Kitob ichra ro’yxat
Kitob ichra nasabimni topib o’qing.
Yig’lab-yig’lab gohi kulib nolib o’qing.
Adabiyot, abadiyot ichra edim.
Arvohimni duo qilib qonib o’qing.
(Qabristonda yuritilgan daftarda hamqishloqlar ro’yxatini ko’chirib olganimizda ayrim marhumlarni vafot etgan yili yoshi qaysi tuman shahar viloyatda olib kelib dafn etganligi qayd etmaganligi bois shu joylarni xoli qoldirdik. )
1990 yildan 2017 yilgacha bo’lgan davrda vafot etgan darbandlik hamqishloqlarnig ismi familiyasi dafn etilgan kuni yoshi qaysi daha qishloq tuman shahar viloyatdan bo’lganligi to’g’risida
Do'stlaringiz bilan baham: |