Amaliyotga rahbarlik
Malakaviy amaliyotini o`tishda talabalarga amaliyot o`tadigan korxonadan amaliyot rahbarlari tayinlanadi. Korxonadan mazkur soha bo`yicha mataxassis, amaliy ko`nikmaga ega bo`lgan tajribali xodim korxona rahbari buyrug’i bilan amaliyotga rahbar etib tayinlanadi.
Institutdan “Gidravlika va gidroinshootlar” kafedrasi professor-o`qituvchilari safidan kafedra o`quv soatlari taqsimoti bo`yicha rejalashtirilgan rahbar tayinlanadi.
Amaliyotni o`tish tartibi
Amaliyoti quyidagi tartibda o`tkaziladi:
Talaba institut tomonidan chiqarilgan buyruq asosida malakaviy amaliyotini o`tish uchun ruhsat etilgan talabalar ro’yxati va buyruqda ko`rsatilgan amaliyot o`tkaziladigan korxonalar ro`yhati bilan “Muxandislik texnikasi” fakultet dekanatida yoki “Gidravlika va gidroinshootlar” kafedrasida tanishib oladi.
Talaba amaliyotni o`tish uchun buyruq bo`yicha ruxsat borligini va amaliyot o`tkaziladigan korxona nomini hamda amaliyot rahbarini aniqlagandan so`ng, amaliyotga yo`llanma, kundalik va malakaviy amaliyoti dasturini oladi.
Amaliyot dasturini qunt bilan o`qib chiqib amaliyot maqsadi, bajariladigan ishlar, kerakli ma`lumotlar bilan tanishib oladi.
Amaliyotga ketayotgan talabada o`zi bilan quyidagi hujjatlar bo`lishi lozim:
shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki talabalik guvohnomasi);
amaliyotga yo`llanma;
v) amaliyot o`tish kundaligi;
g) amaliyot dasturi va uslubiy ko`rsatma.
Amaliyot o`tiladigan korxonaga talabalar amaliyot rahbari bilan birgalikda borishadi. Korxonadan berkitilgan rahbar korxona ichki tartibi bilan tanishtiradi, mehnat muhofazasi va havfsizlik texnikasi bo`yicha instruktaj o`tkazishi lozim.
Korxonada talabalar amaliyot rahbari ko`rsatmasi bo`yicha amaliyot o`tishni boshlaydi. Har kuni bajarilgan ishlar amaliyot kundaligiga qayd qilib boriladi va kerakli materiallar ya`ni ma`lumotlar to‘play boshlaydi.
Amaliyot davrida talabalarga korxona rahbariyati tomonidan korxonada o`tkaziladigan ilmiy, amaliy tadbirlarda qatnashishi va korxona ob`ektlari bo`yicha ekskursiya tashkil qilishi mumkin.
Amaliyot so`ngida talaba hisobot tayyorlaydi, hisobot korxonada va kafedrada ko`rib chiqilib, tasdiqlanib talabaning ishlab tanishuv amaliyoti bo`yicha o`zlashtirishi 1-5 baholi tizimda baholanadi.(amaliyot tugagandan so`ng yozma hisobot kafedraga topshirilishi shart.)
Do'stlaringiz bilan baham: |