ANNOTATSIYA
Mazkur amaliyot dasturi 5341200-“Suv taminoti va kanalizatsiya tizimlarini loyihalashtirish va ekspluatatsiyasi” bakalavr ta`lim yo`nalishlari talabalari mutaxassislik bo’yicha 1-kursda malakaviy amaliyot o`tish uchun uchun ishlab chiqildi. O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabr 305 sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqidagi Nizomga asoslangan.
Kirish
Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko`rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma`lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi
«Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g’risida»gi PQ-2909- son qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan oliy ta`lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta`lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, zamonaviy o`quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot- kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash bo`yicha Oliy ta`lim tizimini 2017 — 2021 yillarda kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Shu bilan birga, Respublikamiz hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni o`z vaqtida zarur ixtisosliklar bo`yicha iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ehtiyojidan kelib chiqqan holda tayyorlash, oliy ta`lim mazmunini bevosita korxonalar, muassasalardagi texnika, texnologiya, ishlab chiqarish munosabatlariga hamda istiqbolli rivojlanish dasturlariga muvofiq shakllantirish, kadrlarni egallagan kasbi va mutaxassisligi bo`yicha ishga joylashtirishga doir qator dolzarb masalalar to`liq yechimini topmagan.
O`zbekiston Respublikasi ta`lim tizimini kompleks o`rganish bo`yicha o`tkazilgan tahlillar natijalari asosida berilgan xulosalarda oliy ta`lim jarayonida nazariya va amaliyot yaxlitligi ta`minlanmaganligi, talabalarning malakaviy amaliyotlarini ishlab chiqarish korxonalarida o`tkazish samarali tashkil etilmagani oqibatida bitiruvchilarning aksariyat qismi tayyor mutaxassis bo`lib chiqish o`rniga, ishga joylashgandan keyin qaytadan o`z kasbini, mutaxassisligini o`rganayotganligi, shuningdek, ta`lim sifatini nazorat qilish mexanizmi zamonaviy talablarga javob bermasligi, ta`lim muassasalarida malakali pedagog va boshqaruv kadrlarining yetishmasligi, xorijiy ta`lim muassasalari bilan samarali hamkorlik yetarlicha yo`lga qo`yilmaganligi kabi kamchiliklar qayd etilgan.
Malakaviy amaliyoti, qurilish yo`nalishdagi oliy o`quv yurtlarida o`quv jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi. Malakaviy amaliyoti bo`lajak muxandislarni tayyorlashda muhim o`rin tutadi. Mazkur dastur va o`quv qo`llanma ishlab chiqarish amaliyotidan 5341200 - “Suv taminoti va kanalizatsiya tizimlarini loyihalashtirish va ekspluatatsiyasi” bakalavr ta`lim yo`nalishi talabalari uchun ishlab chiqildi.
Malakaviy amaliyoti oliy o`quv yurtlarida suv ta`minoti va kanalizatsiya turkumiga kiruvchi fanlar bo`yicha olgan nazariy bilimlarini amalda tadbiq etishni o`rgatish, mustaqil faoliyat jarayonida ularni chuqurlashtirish, ishning o`ta ma`sulligini, ko`p qirraliligini astoydil his etish, uning ishini rejalashtirishning amaliy tomonlarini egallashga imkon yaratadi. Malakaviy amaliyoti suv ta`minoti va kanalizatsiya tizimlarining ishini tashkil qilish korxonalarida, sohaga ta`lluqli loyihalash va ilmiy tadqiqot institutlarida o`tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |