3. Adabiyotlarga murojat quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi
24
4. Konstruktiv qism bo'yich namuna
25
5. Texnologik qism bo'yich namuna
33
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
40
3
“Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi” I.A.Karimov
Kirish O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo'lga kiritgandan so'ng mamlakatimizda ko'p sohalarda islohatlar amalga oshirilmoqda. Ularning natijasida iqtisodiyotimizda sifat o'zgarishlari ro'y bermoqda. Mamlakatimizni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlari amalga oshirilmoqda. Fan va texnika taraqqiyotining hozirgi shart - sharoitlari hamda ularning yutuqlari xalq xo'jaligining hamma sohalariga samarali joriy qilinishi kasb - hunar bilimgohlar talabalari olayotgan bilimlar salmog'ini ancha oshirishni taqazo qiladi. Keyingi vaqtlarda fan va texnikaning hamma sohalarida ilmiy - texnika taraqqiyotining shitob bilan borishi natijasida talabalar qisqa muddat ichida o'zlashtirib oladigan ma'lumotlar hajmi juda ortib ketdi. Bularning hammasi o'rganiladigan bilim mazmunini kengaytirishga olib keladi va o'quv fanlaridan dars berishning an'anaviy va noan'anaviy usullarini tubdan takomillashtirishni talab qiladi. Ma'lumki, o'qitishning hozirgi uslublarida talabaga beriladigan ma'lumotlar miqdori o'qituvchi talabadan oladigan ma'lumotlar miqdoridan bir necha marta ko'pdir. Bu esa talabalar ijodiy faolligi sustligidan dalolat beradi. Oliy ta'lim tizimini isloh qilishning asosiy yo'nalishlarida hozirgi kunda sifat bosqichini amaldaligini kuzatmoqdamiz. Shu o'rinda yosh avlodni tarbiyalash va unga bilim berishni har tomonlama yaxshilash ta'kidlab o'tilgan. Shu munosabat bilan o'rganiladigan ma'lumotlarni taqoslab, chuqur tahlil va talqin qilish hisobiga talabalarning fikrlash jarayoni va bilimlarni o'zlashtirishi ustidan jiddiy tartibli nazoratni yo'lga qo'yish masalalari alohida ahamiyat kasb etadi. Shunga ko'ra har bir o'qitilayotgan fan darsliklarida uzviy ravishda ta'lim berish va nazorat qilish masalalarini kiritish muhim ahamiyatga molikdir. Ushbu diplom loyihasini bajarish bo'yicha ishlab chiqilgan uslubiy ko'rsatma 2 bo'limdan iborat. 1-bo'limda O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim
4
vazirligining 2010 yil 9-iyundagi 225-sonli buyrug'i bo'yicha Oliy ta'lim muassasalarida bakalavrlarning bitiruv malakaviy ishini bajarishga qo'yiladigan talablar keltirilgan bo'lib, 2-bo'limda esa ushbu buyruqda keltirilgan ilovaga muvofiq diplom loyihasini tashkil etuvchi qismlar strukturasi va ushbu qismlarda qanday ishlar qilinishi, diplom loyihasini rasmiylashtirish bilan bog'liq masalalar keltirilgan.