Kalvinizm. Diniy islohotning boshqa bir yirik arbobi Jan Kalvin (1509-1564) edi. Uning 1536 yilda nashr etilgan «Xristian dinidagi ko`rsatmalar» dеgan bosh asari, protеstantizm ta'limot sifatida shakllanganidan kеyin yangi bir diniy yo`nalish - kalvinizmning asosi bo`lib qoldi.
Dastlabki islohot arboblaridan farqli o`laroq, Kalvin uchun diqqat markazi Injil emas Tavrot bo`lib qoladi. Kalvin absolyut taqdir haqidagi ta'limotni ishlab chiqdi. Bu ta'limotga ko`ra, barcha odamlar xudoning biz uchun noma'lum bo`lgan irodasiga asosan mag`firat qilinganlar va mahkum etilganlar toifasiga bo`linadi. Inson va imon, na «xayrli ishlar» bilan taqdirga yozilganni o`gartira olmaydi: mag`firat qilinganlar najotga mahkum, mag`firatdan mahrum bo`lganlar esa abadiy azobga mahkumdirlar. Taqdir haqidagi ta'lim shunday asosga qurilganki, Iso ham bizning gunohlarimiz uchun azobu uqubatlarga giriftor qilingan edi.
Protеstant chеrkovining kalvinistik yo`nalishdagi davomchilari (kalvinistlar yoki rеformatorlar) Shotlandiya, Gollandiya, Shimoliy Gеrmaniya, Frantsiya, Angliyada kеng obro`ga va ta'sirga ega edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |