Dinshunoslik ma'ruza doc


Sho'rolar davrida vijdon erkinligida o'yl ko'yilgan xatolar



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/56
Sana17.01.2021
Hajmi0,51 Mb.
#55730
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56
Bog'liq
2 300397348486381787

Sho'rolar davrida vijdon erkinligida o'yl ko'yilgan xatolar. Oktabr to'ntarishidan keyin dastlabki 

davrlarda  vijdon  erkinligi  masalasini,  ya'ni  davlat  va  din  o'rtasidagi  yangi  munosabatni  izchillik  bilan 

amalga oshirishga harakat qilindi. Bu sohada 1918 yil 23 yanvarda RSFSR Xalq Komissarlari Kengashi 

tomonidan  e'lon  qilingan  «Cherkovni  davlatdan  va  maktabni  cherkovdan  ajratish  to'g'risida»gi  dekret 

dastlabki  qadam  bo'ldi.  Bu  dekretda  davlat  organlari    yoki  diniy  tashkilotlar  tomonidan  fuqarolarning 

vijdon erkinligiga zo'rlik va tazyiq ko'rsatishning har qanday ko'rinishlariga chek qo'yish; ularga dinga 

bo'lgan munosabatlarini amalga oshirishda     to'la erkinlik berish; dinga munosabat bilan bog'liq bo'lgan 

shaxsning  huquqlarini  ilgarigidek  cheklab  ko'yishlarni  bekor  qilish;  hamma  rasmiy  aktlarda  dinga 

bo'lgan  mansublik  shartlarini  olib  tashlash  asosiy  maqsad  ekanligi  qayd  qilingan  edi.  Diniy 

tashkilotlarga  o'z  funksiyalarini  to'la  amalga  oshirishlari  uchun  barcha  shart-sharoitlar  yaratilishi 

lozimligi alohida uqtirib o'tilgan. Shunday qilib, dekret  asosida har bir kishiga xohlagan dinga  e'tiqod 

qilish yoki e'tiqod qilmaslik huquqi berilgan. Dekret Sovet davlatining dinga nisbatan munosabati negizi 

bo'lib,  uning  asosiy  g'oya  va  prinsiplari  ittifoqdosh  respublikalar  Konstitusiyalari  va  shu  sohadagi 

qonunlarida o'z ifodasini topgan va keyinchalik bularni rivojlantirishga xarakat qilingan. Jamiyatda yuz 

bergan  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  va  madaniy  o'zgarishlar.  Millionlab  mehnatkashlarning  bundan 

buyongi turmush tarzida ularning dunyoqarashlariga, ma'naviy hayotiga ham sezilarli ta'sir etgan. 

Hayotni qayta qurish, madaniy inqilobni amalga oshirish, odamlarni eskilik sarqitlaridan xalos qilish 

va  shu  kabi  shiorlar  ostida  va  ko'pincha  ma'muriy  va  o'zboshimchalik  yullari  bilan  minglab  cherkov, 

masjid, ibodatxonalar, madrasa, seminariya, akademiyalar yopib qo'yildi, din peshvolari, ruhoniylar va 

ko'pgina dinga ishonuvchilar qatag'on qilindi. 

Bunday muhim jarayonlar ayniqsa chekka o'lkalarda, shu jumladan O'rta Osiyoda g'oyat keskin va 

dahshatli  tus  oldi.  Birgina  O'zbekiston  hududida  24  mingdan  ortiq  masjid  yopildi,  ularning  binolari 

bo'zilib  tashlandi.  Mahalliy  aholi  musulmonlari  uchun  aziz,  muqaddas  bo'lgan    xalqning  tarixiy  va 

madaniy merosi hisoblangan  yuzlab obidalar, maqbaralar, masjidu madrasalar xarobalarga aylantirildi. 

Toshkent  shahridagi  26  madrasadan  1930  yilda  23  tasi  bo'zib  tashlandi.  Dindorlik  uchun  odamlar 

quvg'in  qilindilar,  ularning  molu  mulklari  ayovsiz  musodara  etildi.  Bunday  qonunsizliklarga 

chidolmayYU  shahar  va  qishloq  aholisidan  anchagina  qismi  qo'shni  mamlakatlar  –  Afg'oniston  va 

Sharqiy Turkiston (Uyg'uristonga) qochib ketishga majbur bo'ldi. Aholini «tezroq savodxon va ma'rifatli 

qilish» bayrog'i ostida asrlar bo'yi xalqning madaniy boyligi, ma'rifat quroli, milliy g'ururi bo'lib kelgan 

PDF created with pdfFactory trial version 

www.pdffactory.com



arab alifbosiga asoslangan yozuv bekor qilinib, 11 yil  ichida (1929-1940 yillarda) avval lotin, so'ng rus 

alifbolari majburiy joriy etildi. Bu katta ma'naviy falokat edi. Albatta, chunki mahalliy xalqlar bu bilan 

o'z  o'tmishidan,  boy  tarixiy  va  madaniy  merosidan,  ajdodu  avlodlari  yaratgan  boyliklardan  mahrum 

bo'lishga mahkum etildi. qadimiy madaniyat va ma'rifat o'chog'i bo'lgan zamin, dunyoga mashhur olimu 

mutafakkirlar yetishtirib bergan xalqlar endi «savodsiz», «qoloq», «madaniyatsiz» ga chiqarib qo'yildi. 

Agar 1984 yilda mamlakat bo'yicha hammasi bo'lib 7 ta musulmon uyushmasi ro'yxatdan o'tkazilgan 

bo'lsa. Keyingi to'rt yil mobaynida jami bo'lib butun mamlakat bo'yicha 18 masjid ochildi, xolos. Ammo 

buning natijasida dindorlik kamaygani  yo'q. Din mahalla, xonadonlar, kishilar qalbiga, ichki dunyosiga 

yanada  chuqurroq  kirib  boraverdi.  Ruxsat  etilmagan  ibodatxonalar,  masjidlar,  «maxvfiy»  diniy 

maktablar soni ko'payaverdi. Shunday qilib, dinga nisbatan qo'llanilgan ko'p yillik ma'muriy-zo'ravonlik 

siyosati  vijdon  erkinligi  tamoyillarini  qo'pol  ravishda  buzdi,  butun  jamiyatga,  shu  jumladan 

O'zbekistonga juda katta zarar keltirdi. Faqat mustaqillik sharofati bilan yuqorida qisqacha tavsiflangan 

ma'muriy ateizmga va qonunbuzarliklarga barxam berildi. 


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish