BUDDAVIYLIKNING PARCHALANIB KETISHI. Barcha jahon dinlari kabi
buddaviylik ham ijtimoiy taraqqiyot natijasida va turli mamlakatlardagi ijtimoiy guruhlar tuzumlarning
xususiyatlariga qarab, turli mazhablarga bo'linib ketgan.
Buddaviylikda bir necha mazhablar paydo bo'lgan. Bulardan eng yirigi I asrda undan ajralib chiqqan
xinoyana («kichik arava», tor yo'l ma'nosida) Shri Lanka, Birma kabi mamlakatlarda keng tarqalgan;
maxayana («katta arava», keng yo'l ma'nosida) Tibet, Xitoy, Yaponiya, Mongiliyada hamda Oltoy va Uzoq
Sharqda yashovchi ba'zi xalqlar o'rtasida keng tarqalgan.
Buddaviylikka xos mazhablardan biri Tibet va Mongoliyada ham tarqalgan bo'lib, u lamaizm degan
nom bilan yuritiladi. Buddaviylikning bu mazhabi maxalliy xalqlar o'rtasida qadimdan mavjud bo'lgan diniy
tasavvur va urf-odatlarni o'zlashtirgan. Lamaizmda buddaviylikka xos tasavvurlar bilan bir qatorda,
Buddaning yana qaytib kelishi va yer yuzida adolatli hokimiyat o'rnatishi to'g'risidagi rivoyatga keng o'rin
berilgan. Lamaizmni ko'chmanchi, qaloq, savodsiz xalq hayotiga moslashtirishga urunish mavjud; undagi
ibodat qilish tartibi ham ancha soddalashtirilgan.
Hindistonda quldorlik tartiblari barham topishi bilan buddaviylik braxmanizmga tobora yaqinlashib
borgan; keyinchalik hinduizmga qo'shilib ketgan. XI-XII asrlarda buddaviylik Hindistonda o'z ta'sirin
deyarli butunlay yo'qotgan.
Buddaviylik ta'limotini tartibga solish maqsadida 1871 yilda Birmada buddavistlarning maxsus
ibodatxonasida Tripitakaning turli tarjimalari va variantlarini taqqoslash natijasida yagona teksti ishlab
chiqilgan edi. Yangi tekst mazmuni 729 ta marmar plitaga tushirilgan edi. Bu yozuvlar saqlangan
ibodatxona dunyo buddistlarining muqaddas joyiga aylantirilgan.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Buddaviylik ruhoniylari xalqaro miqyosda uning maqeini kuchaytirishga harakat qilmoqdalar. Shu
maqsadda buddaviylikning turli tashkilotlarini birlashtirmoqdalar, buddistlarning xalqaro konferensiyalari,
s'yezdlarini muntazam o'tkazmoqdalar.
Buddaviylikning bir necha xaoqaro tashkilotlari mavjud. Shulardan eng yirigi Jahon buddistlari
qardoshligidir. 1 1950 yili to'zilgan. 1956 yili otaxon buddistlarining bu din paydo bo'lganligining 2500
yilligi nishonlandi.
Markaziy Osiyoda bir necha yuz mingdan iborat koreys millatiga mansub kishilar yashaydi.
Ularning oilaviy maishiy an'analari, milliy udumlarining ayrim tarkibiy qismlari mahayana (shimoliy)
ko'rinishdagi buddaviylik ta'sirida shakllangan. Hozirgi vaqtda bu mintaqada, ayniqsa O'zbekistonda koreys
buddistlarni xristianlik ta'siriga olishga qaratilgan harakatlar avj olmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |