Adabiyotlar: Hnh-1;2;3;4;7;8;9;10; Aa-1;2;3;4; Qa-1;2;3;4;5;6;7;8;9; 10;11;13;17; Is-1;2;3;4;5;6;
Seminar mashg‘ulotlar multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Mashg‘ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
Izoh:
Fanni o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar.
Mazkur fanni o’rganish o’qitishning an’anaviy va ilg’or uslublaridan keng foydalaniladi, jumladan: ma’ruza va vizuallash, munozara va muloqot, hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, ekspressso’rovlar, diagramma va jadvallar, chizma, shakllar va grafiklar, mantiqiy muammolar qo’yish, test so’rovlari, dasturiy o’qitish, davra suhbatlarini o’tkazish, kollokviumlar, muammoli o’qitish, kompyuter va axborot vositalari, kodaskop va slaydlardan, video va audio vositalari, multimediali vositalardan va boshqa texnik vositalar, keys-stadi, pinbord va loyihalar usullari, amaliy ishlash usuli, jamoaviy va guruhlarga bo’lib ishlash, kuzatish, blits-so’rov muammoli vaziyatlar va boshqa usullardan foydalaniladi. Dunyoda hukm surayotgan “Covid-19” pandemiyasini hisobga olib, o’qitishning “on line” shakliga o’tilganda barcha mavzulardan videodarslar tashkil etish tavsiya etiladi.
Mustaqil ishlarni tashkil etishning shakli va mazmuni
Mustaqil ta’limning turli xil shakllari mavjud bo’lib, bunda asosiy e’tibor talabaning berilgan mavzular (amaliy masalalar, topshiriqlar va keysstadilar)ni mustaqil ravishda, ya’ni auditoriyadan tashqarida bajarishi, o’qib o’rganishi va shu yo’nalish bo’yicha bilim va ko’nikmalarini chuqurlashtirishiga qaratiladi. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
-darslik yoki o’quv qo’llanmalar bo’yicha fanlar boblari va mavzularini o’rganish;
-tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruzalar qismini o’zlashtirish;
-mustaqil ishlar, keys-stadilar bilan ishlash;
-maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo’yicha fanlar bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
-fanga oid ma’lumotlarni o’rganish, ularni tahlil qilish;
-talabaning o’quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fanlar bo’limlari yoki mavzularni chuqur o’rganish;
-faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlari;
-masofaviy (distantsion) ta’lim.
«Dinshunoslik» fanidan talabalarning mustaqil ishlarini referat, seminar, ma’ruza tayyorlash, Prezident asarlarini konspektlashtirish va boshqa shakllarda tashkil etilishi tavsiya etiladi. Mustaqil ish mavzularini belgilashda ma’ruza va seminar mashg’ulotlari mavzularini to’ldirishga harakat qilinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |