qonini to‘kish, o‘g‘rilik, vayronagarchilikka buyur-
maydi.
Buddaviylik matnlarida tinchlikparvarlik eng yuksak
fazilat hisoblanib, g‘azab va qahri qattiqlik eng katta gu-
nohlardan, deb e’tirof etiladi. Jumladan, Tripitakaning
«Dxammapada» kitobida shunday deyiladi: «Illoki, bu
dunyoda hech qachon nafrat nafrat bilan yengilmaydi,
balki nafratning yo‘qligi bilan u ham barham topadi».
O‘ZBEKISTONDA BUDDAVIYLIK JAMOASI,
ADABIYOTLARI. XRISTIANLIK JAMOALARI.
BIBLIYANING O‘ZBEK TILIDAGI NASHRI
Xristianlik dinining asosiy manbasi Bibliya «Qadim-
gi Ahd» (yahudiylarda «Tanax») va «Yangi Ahd» deb
nomlanuvchi ikki qismdan iborat. Ulardan «Qadim-
gi Ahd» asli qadimiy oromiy tilida, «Yangi Ahd» esa
qadim gi grek tilida yozilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra bugungi kunga kelib, mazkur
kitob uch mingdan ortiq til va lahjalarga tarjima qilin-
gan.
Do'stlaringiz bilan baham: |