Dinlari tarixi



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/144
Sana31.12.2021
Hajmi2,18 Mb.
#256501
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   144
Bog'liq
11-sinf-Din-tarixi-darslik

MA’LUMOT 
UCHUN 
Musulmon-
larning ilm 
istab qilgan 
sa’y-harakat lari 
tufayli dunyoda 
birinchi to‘laqonli 
universitetlar-
ga asos solindi. 
Tunisda «Zay-
tuna» 732-yil-
da, Bog‘dodda 
«Bayt ul-hik-
ma»  829 -    yilda, 
Fas(Marokash)
da «Qaroviyun» 
859-yilda, Qohi-
rada «al-Azhar» 
970-yilda, Xo-
razm «Ma’mun 
akademiyasi» 
1004-yilda tashkil 
etilgan. Musul-
mon olamidagi 
bu ilm dargohla-
rining aksariyati 
ming yildan 
ortiq faoliyat 
ko‘rsatmoq da.
TARIXGA NAZAR
1173-yilda vafot etgan Totbaliy (Tudelskiy) Iskan-
dariyada 20 ta madrasa bo‘lganligi, Bag‘dod, Qohi-
ra, Kordova va shunga o‘xshash katta shaharlar-
da  labaratoriya,  rasadxona  hamda  ilmiy  tadqiqotga 
asqotadigan  barcha  sharoit  yaratilganligi,  kitobga 
boy kutubxonalarga ega "jomea" – universitetlar qad 
ko‘targanligi haqida ma’lumot bergan.


74
TOSHKENT – ISLOM MADANIYATI POYTAXTI
Toshkent  qadimdan  ilm-fan,  madaniyat  marka-
zi bo‘lib kelgan. Ushbu hududda o‘rta asrlarda tur-
li fan sohalari bo‘yicha faoliyat yuritgan 100 dan ortiq 
olimlar nomlari aniqlangan. Jumladan, «Hazrati Imom» 
deb  ulug‘langan  Abu  Bakr  Qaffol  Shoshiy  (904-976), 
ishonchli muhaddis sifatida tanilgan Abu Said Haysam 
ibn Kulayb Shoshiy (vaf. 947) hamda «Faxrul islom», 
«al–Imom al-kabir» nomlariga sazovor Abu Bakr Mu-
hammad ibn Ahmad Shoshiy (1038-1114) nomlarini 
alohida qayd etish mumkin.
Zamondoshlari «Hazrati Imom» deb ulug‘lagan 
bu zotning to‘liq ismi – Abu Bakr Muhammad ibn Ali 
ibn Ismoil Qaffol Shoshiy bo‘lib, arab manbalarida 
unga alohida hurmat bajo keltirish uchun nomiga «kat-
ta», «ulug‘» ma’nosini ifodalaydigan «Kabir» so‘zini 
qo‘shib yozadilar. 
IJODIY FAOLIYAT
Shayx Zayniddin 
maqbarasi
Hazrati Imom
( Hastimom)
 majmujasi
Alisher Navoiy 
nomidagi milliy 
kutubxona
MA’LUMOT UCHUN 
Makka shahridagi «Masjidul Harom», Madina shahri-
dagi «Masjidun Nabaviy» va Quddusdagi «Masjidul 
Aqso» islomdagi bosh masjidlar hisoblanadi.
Tarix fanida olgan bilimlaringiz asosida Islom madaniyati poytaxti 
nomini olgan shaharlar tarixi haqida malumot bering. Bunda ISESCO to-
monidan  shaharlarni  Islom  madaniyati  poytaxti  deb  e’lon  qilinishiga  oid 
talablardan foydalaning. 


75
Imom  Qaffol  Shoshiy  nomlari  bilan  shuhrat  qozon-
gan Hastimom mahallasi o‘z zamonasida Toshkentning 
diniy, ilmiy, ma’naviy va ma’rifiy markazi sifatida dong 
chiqargan. Afsuski, sho‘rolarning ajdodlarimiz qadamjo 
va ziyoratgohlariga nisbatan ateistik munosabatlari nati-
jasida bunday maskanlar e’tibordan chetda qoldi. 
Mustaqillik  yillarida  ilmiy-ma’naviy,  diniy-ma’rifiy 
adabiyotlarning chop etilishiga keng imkoniyatlar ya-
ratildi. Aynan Toshkentda Qur’oni karim va hadisi sha-
riflar, shuningdek, islom ma’naviy merosiga ulkan hissa 
qo‘shgan allomalar asarlarining o‘zbek tilidagi nashrla-
ri amalga oshirildi. Hozirgi kunda poytaxtimizning eng 
ko‘hna go‘shasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
yonida  joylashgan  Qaffol  Shoshiy  nomi  bilan  bog‘liq 
Hazrati Imom (Hastimom) majmuasi yildan-yilga obod 
bo‘lib,  Eski  shaharning  fayziga  fayz  qo‘shayotgan  ta-
rixiy maskanlardan biri bo‘lib qoldi. 
Yuqorida  zikr  etilgan  islom  dini  va  madaniyatining 
turli  qirralariga  bevosita  bog‘liq  bo‘lgan  bu  ulug‘vor 
ishlar ulkan salohiyat va donishmandlik bilan olib bo-
rayotgan dono va xalqchil siyosatining samarasidir. 
Mamlakatimiz poytaxti – Toshkent shahrining "Islom 
madaniyati  poytaxti"  deb  e’lon  qilinishi  islom  mada-
niyati  va  qadriyatlarini  tiklash  hamda  rivojlantirishda 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga 
oshirilayotgan ishlarning jahonshumul ahamiyat kasb 
etishining e’tirofidir.

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish