MUSTAHKAMLASH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Muqaddas manba deganda nima tushuniladi?
2. Dinlarda muqaddas kitoblarga qanday munosabat ko‘rsatiladi?
3. Bibliyaning tarjimalari haqida nimalarni bilasiz?
4. Buddaviylik dini muqaddas manbasi qanday nomlar bilan ataladi?
5. Sizningcha, muqaddas diniy manbalar insonlarni buzg‘unchilikka
chorlashi mumkinmi?
TARIXGA NAZAR
Miloddan avvalgi 80-yillarda Tripitaka birinchi bor palma barglariga yo-
zilgan.
1871-yilda Mandalay shahri (Birma)da bo‘lib o‘tgan Butunjahon bud-
daviylar yig‘ilishidan so‘ng Tripitaka matni har biri 2 metrli 729 ta marmar
plitalarga yozib chiqilgan.
1900-yilda marmarga o‘yib tushirilgan Tripitaka matni ilk bor kitob ho-
lida nashr etildi. Uning hajmi 38 jildni tashkil etdi.
39
Do'stlaringiz bilan baham: |