AQIDAVIY TA’LIMOTLAR
Islom dinida Alloh taolo, uning sifatlari, insonlarning
taqdiri, qiyomat, jannat va do‘zax, gunoh va savob kabi
aqidaviy masalalarni o‘rganuvchi fan «kalom ilmi» deb
ataladi. Milodiy VIII–IX asrlarda musulmonlar orasi-
da yunon falsafasidan ta’sirlangan, Qur’on oyatlari va
hadis larni noto‘g‘ri tushungan toifalar paydo bo‘ldi.
Ular goh Allohni insonga o‘xshash tasvirlar, goh uning
xususiyatlarini inkor etar, payg‘ambarlar, Qur’oni karim
sha’niga noloyiq fikrlarni bildirar edilar. Mana shunday
sharoitda sunniylik yo‘nalishi olimlari ayrim oqimlar-
ning buzg‘unchi g‘oyalariga bir qator raddiyalar bergan-
lar. Natijada moturidiya va ash’ariya ta’limotlari yuzaga
kelgan. Sunniylik doirasida mazkur ikki yo‘nalish ham
to‘g‘ri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |