Shamanizm (shomonlik). Boshqa millatlarda
bo‘lgani singari, Markaziy Osiyo xalqlarida ham sha-
manizm turli ko‘rinishlarda kuzatiladi. Folbinlik, rom
ochish, issiq-sovuq qilish, ilgirlik kabilarni shamanizm
belgilari sifatida keltiriladi.
Bugungi kunda ham ba’zan biror narsasini yo‘qot-
gan kishi folbinga borish holatlari uchraydi. Shuning-
dek, sehr yo‘li bilan birovga foyda yoki zarar yetkazish-
ga urinish amaliyoti ham kuzatiladi. Markaziy Osiyo
xalqlarida ba’zan biror kimsa uzoq vaqt kasal bo‘lsa,
unga sog‘ayishning birdan-bir yo‘li – ruhlar bilan mu-
loqotga kirishish, deb uqtiradilar. Bunday kishilar xalq
orasida «odamli» deyiladi. Ammo unutmaslik kerakki,
ko‘pincha, bunday hollar sodda odamlarni aldash uchun
o‘ylab chiqarilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |