Diniy tolerantlik madaniyati, uning jamiyat rivojidagi ahamiyati. Kibermakonda din omili
Reja:
Diniy tolerantlik madaniyatining mohiyati. Diniylik va dunyoviylik muvozanati jamiyat barqarorligining muhim omili.
Kibermakon va din. Kiberterrorchilik. Electron dasturlar tahdidlari. Virtual o’yinlarni yoshlar onggiga ta’siri.
XIX-XX asrlarda yirik dinlar doirasida yuzaga kelgan diniy tashkilotlar, ularning e’tiqodi va faoliyati, jamiyatga ta’siri. Xristianlik doirasida yuzaga kelgan oqimlar. Iegova shohidlari. Mormonlar.
Islom dini doirasida yuzaga kelgan oqimlar. Yoshlar tolerant dunyoqarashini shakllantirishning innovatsion usullari.
Masalan Rossiyada narodniklar chiqishi va boshqa XX asr o’rtalaridan boshlab terrorizm keng siyosiy tus oldi, ko’p mamlakatlarga yoyildi, xalqaro xarakter shaklini oldi. insoniyatga behisob fojealar keltirdi. U qaysi mamlakatda sodir bo’lmasin surbetlarcha oddiy xalq va din nomidan ish ko’radi. o’zini go’yo xalq manfaatini va dinning sofligini ko’zlovchilar sifatida ko’rsata boshladi.
Masalan G’arbiy Germaniyada «Q’izil armiya», Italiyada «Q’izil brigada», Ispaniyada basklar tashkiloti, Olg’sterda (Angliya)«Inqilobiy xaloskorlar armiyasi», Peruda «Porloq hayot», Afg’onistonda «Hisb-ut-tahrir», «Al-Q’oida», «Islom lashkarlari» va boshqa nomlar bilan Yuritildi. Xalqaro terrorizmning eng ishonchli tayanchi Afg’oniston, CHechiniston, janubiy Tojikiston bo’lib qoldi.
Halqaro terrorizmning mohiyati va maqsadi nimadan iboratq Terrorizm bu – begunoh odamlarni, xususan davlat va jamiyat rahbarlarini suiqasd yo’li bilan o’ldirish, garovga olish, jamoat binolari, turar joylar, ijtimoiy ob’ektlarni, transport vositalarini portlatish yo’li bilan xalqni hukumatdan narozi qilish, parokandalikni vujudga keltirish orqali hokimiyatni qo’lga olishga qaratilgan jinoiy guruh harakatidir.
Xalqaro terrorizmning hozirgi xususiyatlari nimadan iboratq
Bular tubandagilar:
Terrorizm ilgari ham, hozir ham halq nomidan gapiruvchi go’yo halq manfaatini aks ettiruvchi sohta ko’rinishi saqlab kelayapdi. Bu bosh xususiyat bo’lib, uning barcha ko’rinishlariga xosdir.
Terrorizm jahon xalqlariga, ularning tinchligi va osoyishtaligiga qanchalik fojia, dahshat keltirganligini quyidagi misollar bilan tasdiqlash mumkin.
Jaxonning o’nlab yirik davlat va jamoat arboblari terroristlar qo’lida halok bo’ldilar. Bular tubandagilar:
Hindistonning mashxur jamoat arbobi Maxatma Gandi, Bosh vaziri Indira Gandi(1984), Rajib Gandi(1992), Angola Prezidenti Lumumba(1982), Misr Prezidenti Anvar Soadat(1981), Shvetsiya Bosh vaziri Uolef Polg’me(1986), Livan Prezidenti Rene Mavvad (1989), Jazoir Oliy davlat Kengash raisi Muhammad Budiaf (1992), Shri-lanka Prezidenti Ranasingxe Premadasa(1993),Ruanda Prezidenti JYuvenalg’ Xabi-YArimana(1994), Brunda Prezidenti Sipriem Ntaryamira(1994), Isroil Bosh vaziri Ishoq Rabin (1995), AQ’Sh Prezidenti Jon Kennedi va ukasi Robert Kennedi(1960 yillar), AQ’Sh negerlar huquqi himoyachisi Martin LYuter King(1970 yillar), va boshqalar.
1994-2003 yillar oralig’ida Rossiya Davlat dumasining o’nga yaqin deputatlari, o’nlab va Yuzlab bank boshliqlari hamda jurnalistlar terrorchilar qurboni bo’ldi. Hatto siyosatga aloqasi bo’lmagan oddiy fuqarolar, Ozarbayjonning mashhur sharqshunos olimi, Sovet Ittifoqi qaxramoni akademik Ziyo Bunyodovga o’xshagan olimlar ham terrorchilar tomonidan o’ldirilgan.
1980-1990 yillarda Jazoirda bir Yuzmingdan ortiq begunoh odamlar terrorchilar qurboni bo’ldi.
1997 yilda Luhsordagi xunrezlik oqibatida Misrga sayoxatga kelgan ko’plab xorijlik turistlar xalok bo’ldi.
2001 yil 11 sentabrda AQ’Shda sodir bo’lgan voqea hammani o’ylantirib qo’ydi, shungacha ayrim davlatlar, xatto AQ’Shning o’zi ham terrorizmga deyarli etarlicha e’tibor bermay kelayotgan edi. Terrorizmga qarshi yakkama-yakka kurashish mumkin emas ekanligi ko’pchilikka ma’lum bo’lib qoldi. Ko’pchilik davlatlar hamda nufuzli xalqoro tashkilotlar(BMT, Evropa Havfsizlik va Hamkorlik tashkiloti, NATO, MDH va boshqalar) terrorizmni o’ta xavfli ekanligiga,. biron mamlakat undan qutula olmasligiga endilikda to’la ishonch hosil qildilar. Xalqaro terrorizmga qarshi faqat birgalashib kurashmoq kerakligi ayni xaqiqat bo’lib qoldi.
Darhaqiqat Prezidentimiz I. Karimov terrorizmga qarshi kurashni tashkil etish buyicha xalqaro nufuzli yig’ilishlarda ishtirok etib bir qator takliflarni ilgari surdi. Jumladan, BMT Bosh Assambleyasining 48 sessiyasida (1993 yil sentabr) 2000 yil dekabrda bo’lib o’tgan ming yillik sammitida so’zlagan nutqida, 1999 yil noyabrda Evropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotining Istambulda bo’lgan sammitida, 1999 yil aprelda NATO ning 50 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan yig’ilishda , 1999 yil iYulda Toshkentda 6Q2 guruhiga kirgan davlatlar yig’ilishida, 2000 - 2001 yillarda MDH davlat rahbarlarining Moskva sammitida, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining (O’zbekiston, Q’ozog’iston, Q’irg’iziston, Tojikiston) Dushanba, Bishkek va Toshkent uchrashuvlarida (2000- 2001 yil), shuningdek 2003 yil iyunda Shanxay hamkorilk tashkilotiga a’zo bo’lgan davlat rahbarlari sammitida so’zlagan nutqlarida Prezidentimiz I. Karimov xalqaro terrorizmga qarshi bir qator samarali takliflarni maydonga tashladi:
Terrorizmni butun insoniyat uchun xatarli illat ekanligini ko’rsatib unga karshi barcha kuch va imkoniyatlarni birlashtirish lozimligini ko’rsatdi.
BMT qoshida xalqaro terrorizmga qarshi kurash markazini tashkil etish va bu markazning vazifasi faqat terrorizmning o’zi bilan emas, balki uni qo’llab quvvatlayotgan qurol yarog’ va mablag’lar bilan ta’minlayotgan kuchlarga, markazlarga xam qarshi kurashni muvofiqlashtirish zarurligini qayd etdi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deyarlik keyingi barcha sessiyalarida (ayniqsa 2 chaqiriq 7,9,11 sessiyalarida 2001 - 2003 yil) bu masalalaga alohida e’tibor berildi. 2000 yil avgustida Oliy Majlisning jaxon parlamentlari va xalqlariga karata murojatnomasida barcha davlatlarni xalqaro terrorizmga qarshi kurashda birlashishga chaqirdi. O’zbekiston Oliy Majlisi 2000 yil 15 dekabrda 31 moddadan iborat "Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida" gi qonunni qabul qildi. Q’onunda terrorizmga qarshi kurashning asosiy tamoyillari, ularga qarshi kurashning eng oliy vositasi mamlakat fuqarolarining ma’naviyatini Yuksaltirish, huquqiy ongini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish zarurligi, odamlarga islom dinimizning insonparvarlik moxiyatini, vayronagarchilik, genotsidga asoslangan terrorizm va ekstremizmning o’ta zararli illat ekanligini tushuntirish lozimligi qayd etildi.
2001 yil oktabrida AQ’Sh boshliq xarbiy koalitsiya Afg’onistondagi terrorizm o’choqlarini tugatish maqsadida keng miqyosda xarbiy xarakatlarni boshlab Yubordi. AQ’Sh xarbiy kuchlari terroristlar va ularni qo’llab quvvatlagan tolibonlarning xarbiy kuchlari, tayanch punktlariga AQ’Sh qaxshatgich zarba berdi. AQ’Sh boshliq koalitsiyaning aksilterror xarakatiga 40 dan ziyod davlatlar qo’shildi, bir Yuzga yaqin davlatlar xayrixoxlik bildirdi. Xatto Angliya, Germaniya, Kanada, Avstraliya va boshqa davlatlar bu kurashda qatnashdilar. Kurash o’zining ijobiy natijasini berdi, 23 yildan buyon davom etgan va afg’on xalqi boshiga bexisob musibat keltirgan afg’on urushi nixoyat tugadi. Jafokash afg’on xalqi tinch xayot kechirish imkoniyatiga ega bo’ldi. Shu yil 6 oktabrdagi ehlon qilgan bayonotida O’zbekiston Prezidenti AQ’Sh ning Afg’onistondagi antiterrorchilik xarakatiga o’zining xayrixoxligini bildirdi. Shu munosabat bilan respublika matbuotda terrorizmga qarshi maxsus murojat ehlon qilindi. Murojatda terrorizmning moxiyati, basharasi ochib tashlandi, bu xarakat afg’on xalqiga, islom diniga qarshi qaratilgan xarakat ekanligi xalqqa tushuntirildi. O’zbekiston xukumati insoniyat xayotiga jiddiy xavf solayotgan XXI asr bevosiga qarshi, uni tugatgunga qadar jaxon xamjamiyati bilan o’zining birdam ekanligini ehlon qildi. Ma’lumki, Afg’onisondan keyin yaqin Sharqda Iroq davlati diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm o’chog’iga aylanib qolgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |