Aim.uz
Diniy tashkilotlar va birlashmalarning huquqiy maqomi
O`zbekiston tarixida ilk bora, 1991 yil iyun oyida (01.05.1998 y. yangi tahrirda qabul qilindi) “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida” qonun qabul qilingan edi. Ushbu qonunni qabul qilishdan maqsad har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e'tiqod huquqini, dinga munosabatidan qat'i nazar, fuqarolarning tengligini ta'minlash, shuningdek diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog`liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat edi.
O`zbekistonda islom dini bilan bir qatorda pravoslavlar, yahudiylar, baptistlar, adventistlar, katoliklar, lyuteranlar, bahoichilar, krishnaitlar, buddistlar, xristian-presvitorianlari singari bir qancha din va mazhablar mavjud.
Ulardan har birining o`ziga xos va mos tartib-qoidalari hayot tarzi, dunyoqarashi, talab va ehtiyojlari mavjud. Ana shunday xilma-xillikdan va haqiqiy demokratik tamoyillardan kelib chiqib O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida: “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e'tiqod qilish yoki hech qanday dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega”, degan qoida kiritilgan (31-modda).
Davlat va diniy tashkilotlar o`rtasidagi munosabat masalasiga esa quyidagi moddada aniqlik kiritilgan: “Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi” (61-modda).
Konstitutsion normalar davlat va din o`rtasidagi munosabatlar masalasidagi ikki jihati yaqqol ajralib turadi.
Birinchisi, din - jamiyatda insonparvarlik ruhiyatini shakllanishida, yuksak madaniyat va ma'naviyat quroli, beqiyos axloqiy tarbiyasi, insonlarni kamtarinlik, kamsuqumlikka, halollik, poklikka undashi kabi kadriyatlarni barcha milliy qadriyatlar katorida teng huquqli qadriyat sifatida tan olinganligi bo`lsa.
Ikkinchidan, dindan g`arazlik yo`lida foydalanish, diniy omillardan foydalanib siyosatga, davlat ishiga aralashishni, hokimiyatga intilish kabi holatlarni qat'iy man etilishidir.
Musulmonlar hayotida qutlug` kunlar hisoblangan Qurbon va Ramazon hayitlari kunlarini ham doimiy suratda bayram qilish va ularni dam olish kunlari deb e'lon qilinishi ham yosh mustaqil davlatimizning tarixida alohida bir sahifani ochdi.
Mustaqillik tufayli davlat musulmonlarga iltifot va muruvvat ko`rsata boshladi. O`zbekiston musulmonlari bevosita hukumat yordamida har yili muqaddas Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatiga erishdilar. Hozirga qadar 30 mingga yaqin O`zbekiston musulmonlari ana shu muqaddas qadamjolarni ziyorat qilib qaytish sharafiga muyassar bo`ldilar.
Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan bu ishlar, musulmonlarga ko`rsatilayotgan muruvvatning maqsadi diniy qadriyatlarni qaytadan tiklash va uni yanada rivojlantirish, xalqimizni barkamol qilish va komil insonlarni tarbiyalashga qaratilgandir.
Dinning ulug` qadriyatlaridan biri shundaki, u millatlararo mojarolar, qonli to`qnashuvlar qattiq qoralanadi, turli dindagi va millatdagi odamlarning o`zaro birodar, ahil bo`lib tinch-totuv hayot kechirishga, barcha dindorlar milliy totuvlikda yashashga da'vat etiladi.
Bugungi kunda respublikada turli millatdagi din vakillarning hech qanday to`siqlarsiz o`z dinlariga e'tiqod qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Sobiq Ittifoq davrida respublikamizda bor-yo`g`i 89 ta masjid va ikkita madrasa faoliyat ko`rsatgan bo`lsa, hozir O`zbekiston musulmonlari idorasi boshqaruvi ostida rasmiy ro`yxatdan o`tgan 1871 dan ortiq masjid faoliyat ko`rsatib turibdi.
Shuningdek, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillari ham o`zlari e'tiqod qilayotgan dinlarida erkin ibodat qilmoqdalar. Bugun respublikamizda 15 turdagi 186 dan ziyod noislomiy diniy tashkilotlar rasman faoliyat ko`rsatmoqda.
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida”gi Qonunning 9-moddasi asosida, Markaziy boshqaruv organi hisoblangan O`zbekiston Musulmonlar idorasiga qarashli Toshkent islom instituti, “Ko`kaldosh”, “Mir-Arab” madrasasi, “Xadichai Kubro” ayollar diniy o`quv yurti kabi, 11 ta diniy o`quv yurti faoliyat ko`rsatmoqda.
Bulardan tashqari, Rus Pravoslav Cherkovining Toshkent va O`rta Osiyo Yeparxiyasining Toshkent rus pravoslav seminariyasi hamda O`zbekiston To`liq Yevangel-Xristianlar Markazining Samarqand protestant diniy seminariyasi ishlab turibdi 1[18].
Bugungi kunda Respublikada amalga oshirilayotgan keng ko`lamli demokratik islohotlar hamda inson huquqlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan izchil siyosat fuqarolik jamiyatining ajralmas qismi bo`lgan jamoat tashkilotlarining o`rni va ahamiyatini tobora oshirmoqda.
Zero, jamoat tashkilotlari o`z maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda respublikada o`tkazilayotgan keng ko`lamli islohotlar ga munosib hissa qo`shib kelmoqdalar.
Hozirgi kunda jamoat va nodavlat tashkilotlari oldiga katta vazifalar turibdi. Zotan, yangi jamiyat barpo etish jarayonida xalqning bevosita faol ishtirokini ta'minlash aynan nodavlat notijorat tashkilotlari zimmasiga tushadi. Buning uchun ular yangi davr talablariga mos ish uslubi va shakllarini ildam qat'iyat bilan o`zlashtirishlari, ko`proq tashabbus, tashkilotchilik ko`rsatib faoliyat yuritishlari taqozo etiladi.
O`zini-o`zi nazorat qilish savollari .
1.O`zbekiston fuqarolarining mulk huquqlari qaysi konstitutsiyaviy
huquq va erkinliklar shakliga kiradi?
2. Mulkka egalik qilish deganda nimani tushunasiz?.
3. Mulkdan foydalanish tartibi qanday amalga oshiriladi?.
4. Mulkni tasarruf qilish nima?.
5. Mulk turlarini ifodalang?
6. Xususiy mulk deganda nimani tushunasiz?.
7.O`zbekiston fuqarolarining meros huquqi qanday huquqiy yo`l bilan amalga oshiriladi?
8. Jamoat birlashmalari deganda nimani tushunasiz?.
9. Davlat boshqaruvida siyosiy partiyalarning o`rni qanday? .
10. Jamiyatda oilaning tutgan o`rni qanday?.
11. Oilaviy munosabatlarda ayol va erkaklarning teng huquqliligi
deganda nimani tushunasiz?
12. Ommaviy axborot vositalarining faoliyatining huquqiy asosi
deganda nimani tushunasiz?.
13. Diniy tashkilotlarning faoliyati tartibi qanday.?
FOYDALANADIGAN ADABIYOTLAR.
14 O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., «O`zbekiston». 2003.
15.Karimov I. A. O`zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1.-T., «O`zbekiston». 1993.
16.Karimov I. A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T.2.-T., «O`zbekiston», 1996.
17. Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.Z.-T., «O`zbekiston». 1996.
18.Karimov I. A. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. T.6.-T., «O`zbekiston»,1997.
19.Karimov I. A. Ozod va oobod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T.8.-T., «O`zbekiston», 2000.
20. Karimov I. A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. - T., «O`zbekiston», 1997.
21. Rahmonqulov H. Fuqarolik: huquqlar, erkinliklar, burchlar.T.: O`zbekiston 1991.
22...Saidov A,H. Mustaqillik qomusi.T.: O`zbekiston, 1993.
23.Saidov A.H. Qiyosiy konstitutsiyashunoslik .T-: 1995.
24.Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi. T., «Adolat», 1992.
25.O`zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar to`g`risida»gi qonuni. 1996 yil, 26 dekabr. O`zbekiston yangi qonunlari, 15-son, T., «Adolat», 1997.
26. O`zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida»gi qonuni. 1998 yil, 1 may. O`zbekiston yangi qonunlari, 19-son. T., «Adolat».
27. O`zbekiston Respublikasida «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatgi-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to`g`risida»gi qonuni. 1995 yil, 31 avgust.-O`zbekiston yangi qonunlari-11 son. T., «Adolat», 1996.
28. «O`zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliya-tining asosiy prinsiplari to`g`risida»gi Konsgitutsiyaviy qonuni. 1996 yil, 26 dekabr. — O`zbekiston yangi qonunlari-15 son. T., «Adolat», 1997.
29. O`zbekiston Respublikasida «Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to`g`risida»gi qonuni. 1994 yil, 5 may. -O`zbekiston yangi qonunlari-10son. T., «Adolat», 1995.
30. O`zbekiston Respublikasi «Referendum to`g`risida»gi qonuni. (yangi tahrirda) 2001 yil. 30 avgust. — «Xalq so`zi». 2001 yil 31 avgust soni.
31.O`zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to`¦risida»gi qonuni 1996 yil 25 aprel. O`zbekistonning yangi qonunlari, 13-son: –T.: Adolat, 1996.
32.O`zbekisgon Respublikasining Soliq kodeksi.–T.: Adolat, 1999.
33.O`zbekisgon Respublikasining Oila kodeksi.–T.: Adolat. 1998.
34.O`zbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari to`¦risida»gi qonuni 1999 yil 14 aprel. O`zbekistonning yangi qonunlari, 21-son.–T.: Adolat, 1999.
35.O`zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to`¦risida»gi 1997 yil 26 dekabr qonuni. O`zbekistonning yangi qonunlari.18-son.–T.: Adolat, 1998.
36. O`zbekiston Respublikasining «Fuqaroligi to`g`risida»gi qonuni. 1992 yil, 2 iyul. O`zbekiston yangi qonunlari. 6-son, T.. «Adolat», 1993.
37. «Oliy Majlisning inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasining 1997 yil 24 aprel qonuni. O`zbekiston yangi qonunlari, 16-son, T., «Adolat», 1997.
38. O`zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar to`g`risida»gi qonuni. 1996 yil, 26 dekabr. O`zbekiston yangi qonunlari, 15-son, T., «Adolat», 1997.
39. O`zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida»gi qonuni. 1998 yil, 1 may. O`zbekiston yangi qonunlari, 19-son. T., «Adolat».
40.O`zbekiston Respublikasining «Jamoat birlashmalari to`g`risida»gi qonuni. 1991 yil, 15 fevral. — O`zbekiston yangi qonunlari-4 son. T.. «Adolat», 1993.
41.O`zbekiston Respublikasida «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatgi-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to`g`risida»gi qonuni. 1995 yil, 31 avgust.-O`zbekiston yangi qonunlari-11 son. T., «Adolat», 1996.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |