Diniy ong asoslarining shakllanishi



Download 110,5 Kb.
bet1/2
Sana24.03.2022
Hajmi110,5 Kb.
#508159
  1   2
Bog'liq
Dinning ibtidoiy shakllari...


www.arxiv.uz

Ibtidoiy dinlar


Reja:
1.Diniy ong asoslarining shakllanishi.


2.Totemizm.
3.Animizm.
4.Shomonizm (magiya).
5.Fetishizm.
6.O`rta Osiyoning qadimgi aholisi va ularning diniy tasavvurlari.

Diniy ong asoslarining shakllanishi

Din tarixida dinshunoslar dinning paydo bO`lishini turlicha izohlab kelganlar. Uning paydo bO`lish sabablari qadimgi dunyo dinshunoslarini qiziqtirgan, binobarin, unga javob topishga harakat qilishgan. Qadimgi Xitoy, Hindiston va xususan, qadimgi grek faylasuflari borliq tO`g`risida fikr yuritganlarida din, uning kelib chiqishi va mohiyati tO`g`risida ham ayrim g`oyalarni olg`a surganlar.


Antik dunyo falsafasida bu muammoni hal etishda dinshunoslar ikki guruhga bO`lingan. Agar birlari xudoning gO`yo mavjudligiga ishonchni tabiiy va yerdagi sabablar bilan bog`lab izohlagan bO`lsalar, boshqalari buni ideal (ruhiy) kuchlarning mavjudligidan axtarganlar.
O`tmishdagi olimlar dinni inson ongining mahsuli deb qaraganlar va ularning dunyoqarashlari markazida dinning shakllanish sabablari, shart-sharoitlari tO`g`risidagi masalalar turgan.
Diniy ong, urf-odatlar, dunyoqarashlar kO`p jihatdan inson his-tuyg`ulari, ehtiroslari, xom hayollari ta`siri ostida paydo bO`lishi tO`g`risidagi tushuncha qadim zamonlardayoq mavjud edi. Qadimgi dunyo faylasuflari (Demokrit, Lukretsiy Kar va boshqalar) qO`rquv, tahlika hissi dinga ishonish manbai bO`lgan deb hisoblashgan. B. Spinoza, L.Feyyerbax singari dinshunoslar ham dinga shunday yondashish tarafdorlari bO`lishgan. Chunonchi, L.Feyyerbax O`zining “Dinning mohiyati tO`g`risida leksiyalar”, “Xristianlikning mohiyati” degan asarlarida dinning paydo bO`lish sabablarini “Qaramlik hissi va qaramlik anglashilishi” dan izlash lozimligini, dinni tushuntirib berish uchun “qO`rquv” singari salbiy his-tuyg`ularnigina emas, balki “quvonch”, “minnatdorchilik”, “muhabbat” va “e`zozlash” singari ijobiy tuyg`ularni ham e`tiborga olish lozimligini juda tO`g`ri ta`kidlagan edi. Shu bilan birga dinning mohiyatini insonning mohiyatidan iborat qilib qO`ygan. Bu uning xatosi edi. Lekin insonning mohiyati ayrim odamga xos bO`lgan mavhum emas, balki haqiqat, kopitit fenomen holida u hamma ijtimoiy munosabatlarning majmuidir. Uning fikricha, inson mohiyati faqat “urug`” deb juda kO`p alohida odamlarni tabiiy vositalar bilan bir-biriga bog`laydigan ichki, tilsiz umumiylik deb tushunilishi mumkin. U odamlar O`rtasidagi munosabatlarni jinslar orasidagi munosabatlardan- O`zaro ishq-muhabbatdan iborat qilib qO`ygan. Bu cheklangan, noO`rin qarash edi. Shu sababli Feyyerbax “diniy hissiyotning” O`zi ijtimoiy mahsul ekanligini va O`zi tahlil qilayotgan mavhum alohida odam haqiqatda muayyan ijtimoiy shaklga mansubligini payqamaganligi kO`rinib turibdi.
Klassik falsafa asarlarida dinning paydo bO`lishi va uni O`rganishning ilmiy dunyoqarashga asoslangan metodologik qoidalari bayon etib berilgan.
Din turli maktablar va yO`nalishlarga mansub bO`lgan xorijiy dinshunoslar va faylasuflarning diqqat-e`tiborida bO`lgan va shunday bO`lib qolmoqda. Masalan, daniyalik faylasuf va psixolog (ruhshunos) Jeyms bunday deb yozgan edi: “Diniy tajriba mohiyatan diniy hissiyot bO`lib, u barcha dinlar va hamma diniy nuqtai nazarlarning muhim xususiyatlarini tashkil etadi. Barcha tasavvurlar unga nisbatan bO`ysunuvchi va shartlidir”. Jeyms “hissiyotni dinning eng chuqur manbai deb nomlab tO`g`ri hisoblagan, falsafiy va xudojO`ylik kayfiyati esa asl nusxaning boshqa tilga tarjimasi sifatida ikkilamchi ustqurmadan boshqa narsa emas” deb ta`kidlagan edi. Bu fikrga aslo qO`shilib bO`lmaydi.
Dunyoviy dinshunoslik ta`limotining asoschilari ham diniy ongda hissiyot, e`tiqod va tasavvurlarning muhim O`rin egallashini yaxshi anglaganlar va uni talqin etishning ilmiy prinsiplarini belgilab berganlar. Chunonchi Plexanov diniy hissiyotni dinning zarur jihatlari deb hisoblagan edi. Uning fikricha, hayotda yaxshilik bilan yomonlik deb ataladigan “mangu muammolar” mavjud ekan, odamlar axloqiy kamolotga intilib, ana shu ikki tushuncha orasida gangib qoladilar; bunday fursatda dinning mohiyati O`zining yuksak axloqiy ideallarini namoyon etadi. Biroq, bu O`rinda ham qO`rquv bilan ta`qib etib turgan axloqiylik tushunchasi oxiratdagi uydirma hayot tushunchasi bilan qorishib ketadi.
Dinning paydo bO`lish sabablarini O`rganishning ilmiy asoslari dunyoviy dinshunoslikda quyidagicha bayon etiladi:
1. Diniy tushunchalar, ta`limot va tasavvurlarning paydo bO`lishini izohlashda insoniyat taraqqiyotining shart-sharoitini hisobga olish zarur.
2. Mavjud ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini, unga mos ravishda ijtimoiy, siyosiy munosabatlarga asoslangan holda insoniyatning ma`naviy kamolotini, ularning tashqi dunyo tO`g`risidagi tasavvurlarining va bilimlarining darajasini yaxshi bilish kerak.
3. Tabiat sirlari oldida ibtidoiy odam ojizligi oqibatida tashqi dunyo tO`g`risida, unda bO`layotgan voqea va hodisalarga nisbatan notO`g`ri qarashlar, g`ayritabiiy hodisalar haqidagi tasavvurlarning tug`ilishiga olib kelganligini hisobga olish lozim.
4. Mehnat taqsimotining paydo bO`lishi asosida zolimlik va mazlumlik, boylik va qashshoqlikning yuzaga kelishi bilan din hukmron sinflarini himoya qiladigan ma`naviy qurolga aylanganligini nazarda tutish kerak.
5. Tabiatshunoslik ilmi dalillarini, fan-texnika yutuqlarini hisobga olish va ulardan tabiat, jamiyat va tafakkur sirlarini tushunishda foydalanish lozim.
Bu ilmiy asoslar bilan bir qatorda dinshunoslik asosan tabiatshunoslikka suyanishi kerak degan g`oyalarni hisobga olish dinning paydo bO`lish sabablarinigina emas, balki unga bO`lgan munosabatni ham tO`g`ri talqin etishda nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Dinning paydo bO`lishi va rivojlanishini ilmiy asoslarda O`rganish yana:
a) obyektivlik;
b) konkret-tarixiy sharoitni hisobga olish;
v) ilmiylik;
g) qiyosiylik;
d) umuminsoniy qadriyatlar bilan bog`liqlik, ya`ni vorisiylik;
ye) din mavjudligini, umuman gnoseologik, ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik sabablarni hisobga olishni taqozo etadi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar tadqiqotchini jamiyatga xos bO`lgan asosiy hodisalar xususiyatlarini, ularning paydo bO`lishi, O`zgarishi va rivojlanishini aniqlashga undaydi va anglashga yordam beradi. Tarixiy, sotsiologik usul deb atalmish bunday yondashuv tarixiy etnografik tadqiqotlarni olib borishda va ularning natijalaridan talabalarni xabardor qilishda ayniqsa yaxshi samara beradi. Bu usul dinshunoslikda ham evristik qimmatga egadir. Chunki u yosh avlodda, jumladan talabalarda diniy e`tiqod va an`analarning saqlanishi va takrorlanishiga sabab bO`ladigan ijtimoiy-psixologik omillarni tadqiq etishda tO`g`ri yO`nalishni belgilab olish imkonini beradi. Yuqorida ta`kidlab O`tilganidek, ijtimoiy-psixologik hodisalarning xususiyatlarini hisobga olmay turib dinni tushunish, izohlash, tavsiflash mumkin emas. Din ma`naviy, aniqrog`i, g`oyaviy-madaniy omil bO`libgina qolmay, ayni vaqtda, kO`pgina jihatlardan ijtimoiy-psixologik hodisa hamdir.
Din ijtimoiy birliklar va guruhlar mafkurasi va psixologiyasining tarkibiy qismi, bayram, urf-odat va marosimlarning manbai bO`lib, jamoa va guruhlar fikrni shakllantiradi, shaxs va ijtimoiy guruhlarning dasturlarini, qadriyat yO`nalishlari va motivlarini belgilaydi. Shu bilan birga, dinning paydo bO`lishi va evolyutsiyasi, muyyan jamiyatdagi shart-sharoitni va uning dastlabki shakllari-totemizm, fetishizm, animizm, sehrgarlik, zardushtiyliklarni O`rganish, turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda dinning paydo bO`lish, mavjud bO`lib turish sabablari va ildizlarini O`rganishni ham taqozo etadi.
Islom an`anaviy tarqalgan Markaziy Osiyo mintaqasida, jumladan O`zbekistonda bu dinning evolyutsiyasi va saqlanish sabablarini bilib olish ayniqsa talabalar uchun muhim ahamiyatga egadir.
“Din” tushunchasi ifoda etgan ijtimoiy hodisa kO`p qirrali, murakkab va ziddiyatli jarayon ifodasidir. Undan O`tmishdagi g`oyat og`ir va hozirgi murakkab sharoitlarda har xil ijtimoiy-siyosiy harakatlar turli maqsadlar yO`lida foydalanishga intilganlar.
Din tushunchasi O`zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bO`lib, ishonch, inonmoq ma`nosini bildiradi. Bizning fikrimizcha, din real voqelikdagi, ijtimoiy hayotdagi narsa va hodisalarni tabiatdan, jamiyatdan tashqarida mavjud deb hisoblaydigan, ularni O`ziga xos tarzda aks ettiradigan ma`naviy e`tiqod va amalning bir turidir. E`tiqod sO`zi ham arab tilidan kirib kelgan bO`lib, chuqur, mustahkam ishonch ma`nosini angla-tadi. Demak, diniy e`tiqod deganda mustahkam, chuqur ishonch, maslak, ishonish tushuniladi. Ilohiyot, ya`ni diniy ta`limot nuqtai nazardan “din”, “diniy e`tiqod” tushunchalari tabiat, jamiyat, inson, uning ongi hayotning ma`nosi, maqsadi va taqdiri uni bevosita qurshab olgan moddiy olamdan tashqarida bO`lgan, ayni zamonda insonlarga birdan-bir “tO`g`ri”, “haqiqiy”, “odil” hayot yO`llarini kO`rsatadigan va O`rgatadigan ilohiy kuchga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarashlar, ta`limotlar majmuidan iboratdir.
Islomgacha “din” sO`zining O`rniga “tangri yO`li”, “unga ishonch” iboralari qO`llanilgan bO`lsa kerak. Turkiy elatlarning islomgacha bO`lgan diniy e`tiqodlariga binoan “tangri”, “tangrilar” butun olamni, insonni yaratgan, “yuksaklik”, “eng baland”, “bahaybat” degan ma`nolarni ham anglatgan.
Muayyan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va g`oyaviy sabablarga kO`ra diniy dunyoqarashlar tO`la hukmron bO`lgan sharoitlarda har qanday ilg`or tabiiy, ilmiy, jumladan, falsafiy qarashlar ham diniy qarashlarni, ularning mavjudlik sabablarini, mohiyati masalalarini chetlab O`ta olmagan; lekin ularning din haqidagi qarashlari ruhoniy va ulamolarning rasmiy qarashlaridan jiddiy farq qilgan. Biz bu vaziyatni Forobiy va Beruniyning dinga bO`lgan munosabatlarida kO`rishimiz mumkin.
Ma`lumki, diniy ong ijtimoiy ong shakllaridan biri bO`lib, uning mavjudligi ham ijtimoiy borliq bilan belgilanadi. Kishilarning ijtimoiy, ma`naviy hayoti moddiy asosga (bazisga) bog`liq. Ijtimoiy hayot jamiyat bilan tabiat orasidagi birlikning muayyan kO`rinishi bO`lgan hukmron ishlab chiqarish usulining taraqqiyot darajasiga asoslanadi. Demak, ijtimoiy borliq, bir tomondan, jamiyat bilan tabiat orasidagi birlikni, ikkinchi jihatdan, jamiyat a`zolari orasidagi O`zaro munosabatni qamrab oladi. Dinning ong ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida ana shu munosabatning muayyan shakllarining in`ikosidir.
Ijtimoiy borliq kO`p shakllarga ega bO`lgan murakkab ijtimoiy hodisadir. Shunday ekan, uning in`ikosi hisoblangan ijtimoiy ong ham turli shakllarga, jumladan, diniy ongga bO`linadi. “Din” atamasi qadimiy somit va yahudiy tillaridan kelib chiqib, shu xolida arab tiliga O`tgan. Hozirgi paytda “din” atamasi orqali muayyan dunyoqarash, his-tuyg`u, tasavvur va urf-odatlar orqali odamlar, ularning uyushmalari, va marosimlar orqali odamlar, ularning uyushmalari, xalqlar va millatlarning yaqinlashuvi, ma`naviy, jumladan axloqiy qarashlardagi hamfikrlilik anglashiladi. Islom nuqtai nazaridan din “Alloh yO`li” dir. Diniy iymon va e`tiqod esa shu yO`lning tO`g`riligi, haqligiga ishonchdan iborat bO`lgan ruhiy holatdir.
Dindor O`z tasavvurida O`zining toat-ibodatga oid harakatlari orqali ilohiy kuch bilan bevosita aloqa bog`lanish O`rnatadi. Din muayyan ta`limotlar, his-tuyg`ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bO`lganligi uchun ular dinning elementlari (qismlari) deb ataladi. Bu tarkibiy qismlar bir-birlari bilan uzviy bog`liqdir; dinning mavjudligi bu tarkibiy qismlarning hammasini taqozo qiladi. Dinning tarkibiy qismlari orasida diniy ong, diniy tasavvurlar yetakchi O`rin egallaydi. Binobarin, diniy marosimlar, diniy psixologiya, diniy birlashmalar esa diniy tasavvurlarni mustahkamlaydi va uzoq davrlarda yashashi uchun xizmat qiladi.
Diniy psixologiya - ruhiy holat diniy mafkuradan ancha oldin vujudga kelgan. U oddiy dindorlarning his tuyg`ulari bilan bog`liq odatlari, kayfiyatlaridan tashkil topadi. Diniy mafkura diniy psixik holatni g`oyalar bilan mustahkamlasa, bunisi diniy mafkurani his tuyg`ular, odatlar vositasida chuqurlashtiradi. Diniy mafkura hamma vaqt ham diniy psixik holatlar bilan tO`la mos kelavermaydi. Hozirgi davrda oddiy dindorlarning xatti-harakatlaridagi islomga xos bO`lmagan ibtidoiy dinlarning qoldiqlari bunga misol bO`la oladi. bularga pol ochirish, kinna soldirish, issiq-sovuq qildirish, avrash va h. k. lar kiradi.
Dinning ta`rifi, uning tarkibiy qismlari, diniy ong darajalarini bilishning ilmiy, amaliy ahamiyati shundaki, u kishilar hayotidagi diniy va diniy bO`lmagan harakatlarni bir-biridan farqlash, ularga alohida-alohida yondashish imkonini beradi.
Jamiyat moddiy hayot sharoitlarining ta`siri ostida vujudga kelgan din tarixiy va ijtimoiy hodisadir. U ijtimoiy taraqqiyotning muayyan bosqichida, ma`lum bir sabablarga binoan vujudga kelgan.
Din O`zining muayyan ildizlariga ega. U asosan gnoseologik, ya`ni dunyoni bilishga doir, ijtimoiy, yohud jamiyatni muayyan diniy tartiblarda boshqarib turish zarurati, psixologik, ya`ni dindorlarning ma`naviy, psixologik ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bO`lgan ildizlari mavjuddir.
Dinning g`oyat murakkab ildizi uning gnoseologik, ya`ni dunyoni, olamni, dindorning O`z-O`zini bilish sohasiga doir ildizidir. Dastlabki diniy g`oyalarning kelib chiqishi va taraqqiy etishida insonlarning dunyoni bilishi, xususan, mavhum tafakkurning rivojlanishi muhim bir bosqichni tashkil etgan. Insonning tafakkuri tabiat, jamiyatdagi narsa va hodisalarni hissiy idrok etishi bilan tavsiflanadi. Ibtidoiy jamiyat a`zolarining dunyodagi narsa va hodisalar haqidagi tasavvurlari umumiy belgi va xususiyatlarni ajratgan holda ularga xos umumiy tushunchalar yaratish, ya`ni mavhumlashtirish qobiliyatiga ega bO`lmagan. Ijtimoiy taraqqiyotning muayyan bosqichidagina insonlarda voqelikning ayrim tomonlarini mavhum tarzda tasavvur qilish imkoniyatlari vujudga kelgan. Mavhum tafakkurning bundan keyingi taraqqiyoti inson orzu-xayollarining mavjud dunyo doirasidan chiqib, voqelikdan uzoqlashib qolishiga, fikrning narsa va hodisadan, ongning moddiylikdan uzoqlashish imkoniyatlarini vujudga keltirgan. Bu hol dastlabki isbotsiz, dalilsiz diniy tasavvurlarning kelib chiqishiga imkoniyat yaratgan.
Insonning O`z bilish imkoniyatlaridan tO`la-tO`kis foydalana olmaganligi, dunyoni bilishdagi ojizligi dinning gnoseologik ildizlariga xos bO`lib, bu ildizlar dinning boshqa ildizlari bilan chambarchas bog`liqdir. Fan va texnika taraqqiy etgan hozirgi davrda ham tabiatning sirlari tO`la-tO`kis tadqiq etilmaganligi, inson cheksiz dunyoning kichkina bO`laginigina O`rganganligi, ular likobchalar, O`zga sayyoralardan kelganlar bilan muloqot, hayot va O`lim singari jumboqlar, ayrim kasalliklarning sabablari aniqlanmaganligi dinning gnoseologik ildiziga hamon madad berib turibdi.
Dinning ildizlaridan yana biri ijtimoiy ildizlardir. Ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilib, quldorlik jamiyatiga O`tilayotgan davrda manfaatlari bir-biriga tubdan qarama-qarshi bO`lgan kishilarning paydo bO`lishi bilan odamlar ustidan hukmronlik qiluvchi tabiiy kuchlar yoniga ijtimoiy kuchlar ham kelib qO`shilgan. Insonlarning bu kuchlar oldidagi zaifligi, nochorligi ular ongidagi diniy qarashlarning yanada mustahkamlanishiga olib kelgan.
Dinning psixologik ildizlariga kelsak, ular har bir inson, ijtimoiy guruh va dinga ishonadigan odamning psixik holatlari, chunonchi ahvoli-ruhiyati, his-tuyg`ularida sodir bO`lib turadigan psixik jarayonlar va ularning mexanizmlaridir; bular odamda dindorlikni hosil etishga, u yO`qolgan bO`lsa, qayta tiklashga va diniy ta`limotlarni O`rganish, O`zlashtirishga qulay psixik zamin tayyorlaydi. Bular vahima, iztirob, g`am-alam, vasvasa, jazava, g`urbat, qO`rquv, musibat, falokat, kulfat kabi ruhiy kechinmalar oqibatida hosil bO`ladi. Dinning bu ildizi ikki qismga - shaxsiy va ijtimoiy qismlarga bO`linadi.
Shunday qilib, dinning paydo bO`lishi, qaror topishi va qayta tiklanishining gnoseologik, ijtimoiy va psixologik ildizlari mavjuddir. Uning ildizlari O`zaro aloqadorlikda bO`lib, ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida ularning egallagan O`rni ham, odamlarga ta`sir darajasi ham goh kuchayib, goh pasayib turadi; bu ildizlar tufayli din tarqalib, qaror topib, amal qilib, goh avj olib, goh zaiflashib turadi. Masalan, hozirgi davrda 6-7 umumbashariy (global) muammolar, chunonchi oziq-ovqat yetishmasligi, xom ashyo kamayib borayotganligi, energiya tanqisligi, aholining tez kO`payib borayotganligi, termo-yadro urushi xavfi kuchayayotganligi, atrof-muhitning tobora ifloslanayotganligi, ekologik vaziyat, ya`ni axloqiy buzilish (siyosiy, diniy ekstremizm, terrorchilik, korupsiya, O`g`irlik, talonchilik, buzg`unchilik va h. k. tobora kO`proq tahdid, xavf-xatar tug`dirmoqda. Bular xudojO`ylikning kuchayishiga imkon yaratadi. Dinlar, unga e`tiqod qiliuvchilar soni, miqyosi, O`zining ma`lum millat va xalqqa xosligi yoxud millat tanlamasligiga kO`ra turli guruxlarga bO`linadi. Bu guruxlar son jijatidan qancha bO`lishidan qatiy nazar ularni mutloqlashtirib bO`lmaydi. Chunki, xar qanday tasnif ma`lum bir jixatga e`tibor berib, boshqa qiralarni qamrab ololmaydi. Xozirgi kunda din tipalogiyasida yillarning quyidagi tasniflari mavjud:
Tarixiy-geografik jixatlariga kO`ra;
Etnik jixatga kO`ra;
E`tiqod qiluvchilarning soniga kO`ra;
Xozirgi davrda mavjudligi jixatidan.
Tarixiy geografik tasnif.
O`rta yer xavzasi dinlari:
a) grek;
b) Rim;
v) ellinistik.
Qadimiy, Yaqin va O`rta Sharq dinlari:
a) Misr;
b) Shumer;
v) Akkad;
g) /arbiy-somiy;
d) islomgacha arab dinlari.
Yaqin va O`rta Sharqning payg`ambarlik dinlari.
a) zardushtiylik;
b) yaxudiylik;
v) xristiyanlik
g) manixeizm;
d) islom;
Xindiston dinlari:
a) veda dinlari;
b) xiduizm;
v) xind buddizimi;
g) jaynizm.
Sharqiy va Janubiy Sharqiy Osiyo dinlari:
a) Shrilanka, Tibet, Janubiy-Sharqiy Osiyo xavzasidagi buddizim;
b) Xitoy dinlari;
v) Koreya va Yapon dinlari;
Amerika xindular dinlari:
a) Toltek va Atsteklar dinlari;
b) inklar dinlari;
v) mayyalar dinlari;
Etnik tasnif.
urug` qabila dinlari-tO`temizm, feteshizm, anemizm, shomanizm, sexrgarlik;
millat dinlari-ma`lum millatga xos bO`lib, boshqa millatdinlari O`ziga qabul qilmaydigan dinlar.
Jaxon dinlari-dunyoda eng kO`p tarqalgan, kishilarning millati, irqidan qatiy nazar unga e`tiqod qilishi mumkin bO`lgan dinlar (buddizm, xristiyanlik, islom)
Ibtidoiy odamlar hozirgi davrdagi singari tO`la shakllangan diniy sistemaga ega bO`lmagan. Ularda boshlang`ich diniy tasavvurlargina bO`lgan, xolos. Dinning ana shunday ibtidoiy shakllari urug`chilik tuzumi shakllanayotgan davrda paydo bO`lgan.
Ibtidoiy odamlarning diniy e`tiqodlari totemizm, animizm, fetishizm, shomonlik, magiya (sehrgarlik) shakllarida tarqalgan; ularning elementlari hozirgi zamon dinlarida ham uchraydi.

2.Totemizm - hindlar tilidagi “O totem” (uning urug`i) degan sO`zdan kelib chiqqan. Totemizm ibtidoiy g`oyat sodda diniy e`tiqodning bir turi bO`lib, qadimgi zamondagi urug`-qabila a`zolarining muayyan bir hayvon, O`simlik bilan g`ayritabiiy aloqasi, yaqinligi, qon qarindoshligi bO`lgan deb, bu hayvon va O`simliklarni muqaddaslashtirishdan iboratdir. Totemizmning muayyan kishilar guruhining tabiat, binobarin, tashqi muhit bilan bog`liqligini ifodalovchi dastlabki shakllaridan edi. Har bir qabila yoki urug` O`z sharoitini hamda imkoniyatlarini kO`zda tutib, ba`zi hayvonlarni ovlar va ular haqida yetarli ma`lu-motlarga ega edi. Bunday hayvonlarni yaqindan bilish ularning urug` bilan yaqinligi yoki qon-qarindoshligi bO`lsa kerak, degan O`rinsiz tasavvurni keltirib chiqargan. Natijada ba`zi hayvon-lar, keyinchalik esa O`simlikning ba`zi navlari ham muayyan urug` a`zolarining ajdodi - totemidir, degan notO`g`ri tasavvur shakl-lanishiga olib kelgan. Shu boisdan keyinchalik urug` a`zolari totemning “yordamiga” kO`z tikkanlar, uni muqaddaslashtirib, O`z homiylari deb hisoblanganlar, sehr yO`li bilan unga ta`sir qilishga uringanlar. Totemga sajda qilingan, u himoya qilingan, e`zozlangan, uni otib O`ldirish, iste`mol qilish man etilgan. Faqat ayrim hollarda, ya`ni tantanali kunlarda totem hisoblangan hayvon yoki O`simlikni maxsus rasm-rusmga rioya qilingan holda iste`mol qilish mumkin bO`lgan. Urug` a`zolarida shundagina totemning kuch-quvvati kishilarga O`tadi va u kelgusida ham urug`ning homiysi bO`lib qoladi degan noO`rin tasavvur bO`lgan.


Totemizm e`tiqodlari tub avstriyaliklarda keng saqlanganligini ularning urug`lari nomlaridan payqash mumkin. Ular urug`larni konkret hayvonlar (kengru, oq hO`kiz, qora hO`kiz kabi yoki ayrim O`simliklar) nomi bilan ataganlar.
Totemizmning elementlarini hozirgi dinlarda ham kO`rish mumkin. Masalan, hinduizm dinida fil, sigir, maymun, ilon kabilar muqaddas hayvonlar hisoblangan. O`zbeklarda qaldirg`och, musicha, laylak, kO`k qarg`ani muqaddas qushlar deb e`zozlash ham totemizmning kO`rinishlaridan biridir. Markaziy Osiyo xalqlarida, shu jumladan O`zbeklarda muchalga qarab vaqt hisobini chiqarish totem e`tiqodi bilan bog`liqdir. Masalan, ota-bobolarimizda odamlarning yoshini ya`ni tug`ilgan kunidan boshlab qancha yashaganligini muchal orqali, muayyan hayvon nomlari bilan atalgan yil hisobidan keltirib chiqarish odati bO`lgan.
Muchal mO`g`il, xitoy va butun turkiy xalqlarda keng tarqalgan yil hisobi bO`lib, unda yil oylari 12 hayvon nomi bilan ataladi: sichqon (mush), mol (baqar), yO`lbars (palang), quyon (xargO`sht), baliq (nahang), ilon (mor), ot (asp) qO`y (gO`sfand), maymun (hamduna), tovuq (murg`), it (sak), tO`ng`iz (xO`k) shular jumlasiga kiritilgan.
Xalqimizda, ayniqsa musulmonlarda totemning elementla-ridan bO`lgan muchalga e`tiqod qilish hali ham qisman davom etmoqda.
Dinlardagi, chunonchi islomdagi ayrim hayvonlarning gO`sht-larini harom hisoblab, yeyish man etilishi ham totemizm unsur-laridandir.

3.Animizm-(lotincha-animus-jon, ruh demakdir) qadimgi zamon dinlaridan biri, kishi ruhining mavjudligiga ishonishdan iborat. Animizm tabiatdagi buyumlarni ilohiylashtiradi, har bir jismda ruh bor, tanadan tashqarida ham jon bor, deb hisoblanadi.


Animistik tasavvurlar barcha xalqlar tarixidagi dinlarda jon va ruh haqidagi tushunchalarning shakllanishida ma`lum rol O`ynab kelgan. Animizm har bir kishida uning hayoti va ongining manbai bO`lgan jon bor, deb talqin qilgan. Dastlabki animistik tasavvur jonni soya yoki nafas bilan aynan, deb bilar edi. Masalan, Shimoliy Amerika xalqlarida soya bilan jon, qadimgi arablarda jon bilan qon, Grenlandiyada esa nafas olish bilan jon bitta nom bilan ataladi. Animizm odamda olam haqidagi tasavvurlarni shakllantirish, predmet va hodisalar xususiyatlarini chuqur O`rganish, jon va ruhlarning tirik odamlar singari qobiliyatga ega degan fikrlar paydo bO`lishi munosabati bilan tarkib topgan. Shu davrda jonning gO`yo O`lmasligi haqidagi tasavvur paydo bO`lgan. Chunki qadimgi odamlar O`z tanalarining tuzilishi tO`g`risida tO`liq bir tushunchaga ega bO`lmay, hattoki uyqu va tush kO`rishining sabablarini ham izohlay olmaganlar. Shundan sO`ng ibtidoiy odamlar inson tanasini boshqaradigan qandaydir alohida bir kuch bO`lib, odam O`lgandan sO`ng u kuch, ya`ni jon tanadan chiqib ketadi degan tasavvur hosil bO`lgan. Natijada jonning tanani tark etgandan keyingi faoliyati qanday kechishi haqida O`ylay boshlaganlar. Ibtidoiy odamlar O`zlarini tabiatdan ajratib qO`ymaganlar. Shuning uchun ular O`zlari bilan bir qatorda hayvon, O`simlik, hatto mehnat qurollari, keyinchalik, suv, O`rmon, momaqaldiroq va boshqalarda ham jon bor, degan tasavvurlarni keltirib chiqarganlar. Buni fanda gilozoizm deb ataydilar.
Jon va ruhlarga ishonish barcha dinlarga xosdir. Dindorlarning fikricha, jon barcha kishilarda bO`lib, xudo eng oliy ruh hisoblanadi. Farishta, shayton kabilar haqidagi tasavvurlar O`z mohiyatiga kO`ra murakkablashtirilgan animizmdir. Odam O`lgandan sO`ng tanadan chiqib ketadigan jon bor, degan tasavvur chuqurlasha borgan. Demak, odam O`lganda jon chiqib ketib, yashay berar ekan, uning O`zi abadiy yashaydi degan tushuncha paydo bO`lgan. Abadiy ruh tO`g`risidagi tasavvur ana shu yO`sinda shakllangan. Ruhlarga ishonish arvohlarga ishonishni keltirib chiqargan.
Jon va ruhlarning O`lmasligi haqidagi qadimiy animistik tasavvurlarning elementlari hozirgi barcha dinlarda saqlanib qolmoqda. Masalan, dindorlar tasavvurlarida O`lgan kishilarning arvohini yO`qlash, ularni tirik odamlar singari hamma narsadan xabardor, deb tushunish mavjud. Shu tufayli jon va ruhlarga atab qurbonlik, xayr-xudoyi qilish, sadaqa berish odatlari hamon uchrab turadi. Ba`zan murdani kiyimlari bilan dafn etish, yoniga suv, ovqatlar qO`yish odatlari ham animizmning kO`rinishidir. O`zbeklarda arvohlar haqidagi tasavvurlar, ularni eslab payshanba oqshomi arafasida chiroq yoqish, qabrstonlarga borib Qur`on suralaridan O`qish animizmga bO`lgan e`tiqodning shakllaridir.

4. Shomonizm (magiya).


Shomonizm - ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilishi davrida paydo bO`lgan animistik e`tiqod va ibodatning keng doirasiga kiradigan qadimgi diniy e`tiqodlardan biri. Uning O`ziga xos xususiyati - kishilar orasida gO`yo turli ruhlar bilan munosabatda bO`la oladigan shomonlar qobiliyatiga ishonishdir. Shomonlarga, shuningdek, kelajakni oldin aytib berish, kasalni davolash, O`lganlarni oxiratga uzatish, tabiatda xohlagancha O`zgartishlar qilish kabi xususiyatlar O`rinsiz taqaladi. O`tmishda shomonlarning ruh bilan aloqasi shomon dO`mbirasi yoki mO`jizaviy musiqa ijrosida turli rasm-rusumlarni bajarish jarayonida jazavasi tutib, holdan toygancha bajarilgan. Shomonizm O`tmish dinlar sarqiti sifatida ba`zi hollarda uchrab turadi.
Magiya (sehrgarlik)-insonga, hayvonga yoki tabiat hodisalariga g`ayritabiiy yO`l bilan ta`sir kO`rsatish maqsadida bajariladigan xatti-harakatdir.
Sehrgarlik harakatining shakllari turlicha bO`lib, ular turmushning har xil sohalarida qO`llanilgan. Muhabbat magiyasi, davolash magiyasi, ishlab chiqarish magiyasi, dushmanni yengish magiyasi kabi sehrgarlik ibodat va harakatlar ancha keng tarqalgan. Mehnat bilan bog`liq bO`lgan magik harakatlar ibtidoiy odamlar hayotida alohida O`rin egallagan, ya`ni ular tirikchilikka kerak bO`lgan narsalarni topishdan oldin shu buyum yoki hodisaga bog`liq bO`lgan magik harakatlarni bajarganlar.
Ibtidoiy jamoa ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining darajasi, pastligi, kishilar hayotining urug` va qabila munosabatlari tor doirasi bilan cheklanganligi, tabiat kuchlari oldidagi ojizlik dinning ilk shakllarida O`z in`ikosini topgan. Bu ojizlik ibtidoiy odamning sodda, yuzaki tasavvurlariga asoslangan soxta, sehrgarlik usullarni qO`llanishga majbur etgan. Ojizlik, qadimgi odamlarning har doim mO`jizaga ishonish bilan xayoldagina maqsadga erishishiga madad bergan.
Ibtidoiy dinlardagi xayoliy in`ikos mahsuli bO`lgan tog`, suv, bO`ron quyosh, momaqaldiroq xudosi kabi tasavvurlar turli-tuman bO`lsada, ular oliy va past tabaqalarga ajratilgan emas. Bunday ajratish sinfiy jamiyatga O`tilgandan sO`ng yuz bera boshladi.
Jamiyat taraqqiyotiga mos ravishda ishlab chiqaruvchi kuchlar ham O`zgarib, rivojlanib borgan. Ishlab chiqarishni tashkil etuvchi va boshqaruvchi kuchlar-kishilar ham tabaqalanishda davom etgan, dunyoqarashlari kengaya borgan.

5.Fetishizm-(fetish-fransuz tilidagi “fetiko”-yasalgan tumor, but, sanam degan sO`zlardan olingan) moddiy buyumlarda gO`yo g`ayritabiiy xususiyatlar borligiga ishonib, jonsiz narsalarga sig`inishdir. Ibtidoiy odam ongida har xil moddiy buyumlar - tog`, qoya tosh, daraxt, keyinchalik turli hayvonlarning suyagi, pati, tumor, sanam va hokazolarda g`ayritabiiy kuchlar bor, degan tasavvur paydo bO`lgan. O`zlari vujudga keltirgan bunday uydirma kuchlarga O`zlari sig`ina boshlaganlar. Ibtidoiy din shakllaridan biri bO`lgan fetishizm barcha xalqlarda diniy tasavvurlar shakllanishi bilan uzviy bog`liqdir.


Fetishizm politeistik (kO`p xudolik), hatto monoteistik (yakka xudolik) dinlarida hozirgacha saqlanib kelmoqda. Masalan, xristianlarda krestga (butga) sig`inish, islomga qadar davrda turli O`simlik turlarini-sedana, kO`ztikan, qalampirmunchoq, achchiq qalampir, isiriq, chilonjiyda, daraxtlardan-yong`oq, chinor, archa va boshqalar muqaddaslashtirilib, boshqa buyumlarga, shu jumladan odamlarga ta`siri yoki yordami bO`lishi mumkin degan asossiz tasavvur paydo bO`lgan. Bunday xususiyatni tog`-toshlarga, turli buyumlarga ham xos degan g`ayritabiiy fikrlar shakllangan.
Fetishizm diniy ibodatning ajralmas qismidir. Hozirgi vaqtda ba`zi soddadil, mutaassiblarning turli tumor, kO`zmunchoq va hokazolarni taqib yurishlari, “muqaddas” mozorlarni ziyorat qilishi, daraxtlarga latta-puttalarni osishi, is chiqarishi shunday jismlarni ilohiylashtirish, ularning uydirma mO`jizaviy kuchiga ishonish fetishizmning diniy e`tiqoddagi eng xarakterli kO`rinishi va qoldig`idir.
Ibtidoiy mifalogiya. Ibtidoiy odamning tasavvuri va e`tiqodlari majmui, ularning real xayotdagi qiyinchiliklari, muammolari va yutuqlari og`zaki ijodda aks etgan. Bu narsa odamlarning ongida qolib, turli afsonalarning yaratilishiga sabab bO`lgan. Ibtidoiy mifalogiyani tashkil etgan ijod doimo odamlarning ma`naviy xayoti, ibodati, xissiyotlar va diniy tasavvurlari bilan chambarchas bog`liq edi. Buni tushunish oson: agar ibtidoiy odamning ma`naviy asosan totemlarga, marxum ajdodlarga ibodad qilish,, ular bilan sirli qarindoshlik tashkil qilsa, mifalogiyaning markazida zoantrapomorfik ajdodlar yoki xar xil mujizaviy kuchga ega bO`lgan iloxiylashtirilgan qaxramonlar turadi.
Ibtidoiy mifalogiyada xayot va O`lim, tabiat va madaniyat, ayol va erkak orasidagi muxim aloqalar tasvirlangan edi. Mifalogiyadagi bunday qarama-qarshiliklarni taxlil qilish inson arixini qadimgi bosqichida qayta tiklash uchun muxim manbaa xisoblanadi.
6.O`rta Osiyoning qadimgi aholisi va ularning diniy tasavvurlari.
Markaziy Osiyo xalqlari shakllanish tarixining murakkab va O`ziga xos tomonlari mavjuddir. Bu vaziyat ularning diniy e`tiqodlarida ham O`z aksini topgan. Bu tarixiy jarayonning mazmunini dinning qadimgi shakllari va elementlari, zardushtiylik, monixeylik, buddizm, xristianlik, yahudiylik va islomdan tashkil topgan dinlarning tarixi tashkil qiladi. Qayd qilingan bu dinlar Markaziy Osiyo xalqlari tarixida oldinma-ketin O`rin olgan.
Bu hudud xalqlarining dastlabki manzilgohlari Farg`ona vodiysi tosh davrida, ya`ni eramizgacha bO`lgan 1 mln.-500 minginchi yillarda vujudga kela boshlagan. Quyi paleolit davridayoq (eramizgacha bO`lgan 10 ming yillar) bu yerlarda (Teshiktosh, SHerobod va boshqa makonlar) ma`naviy madaniyatini shakllanganligini ifoda etuvchi qoyalarga O`yib tasvirlangan rasmlar, haykaltaroshlikning eng oddiy turlari paydo bO`la boshlagandi. Ibtidoiy odamlar O`simlik va hayvonlarning ramziy ifodalarini xayoliy tarzda O`zaro biriktirgan, uyg`unlashtirgan; bu ilk badiiy asarlar voqelikni insonning real va hayoliy O`zlashtirishlarini O`zida ifoda etgan; shu bilan birga bular diniy qarashlarning ham vujudga kela boshlaganligini ham bildirgan. Keyinchalik, neolit davrida “muqaddas” hayvonlarga, ona-xudoga bag`ishlangan haykallar, toat-ibodatlar, diniy urf-odatlar bilan bog`liq buyumlar paydo bO`la boshlagan.
Sinkretizm faqatgina inson tomonidan voqelikni haqiqiy va xayoliy tarzda O`zlashtirganligining murakkab kO`rinishida O`zaro uyg`unlashganligini, birikkanligini ifodalamaydi. U qadimgi odamlarning tafakkurini ham uzluklilik va uzluksizlik xususiyatini, uni aniq buyum va hodisalar orqali ifoda etilishini ham bildiradi. Ushbu nuqtai nazardan yondoshilganda fetishizm - ayrim narsa va hodisalarda g`ayritabiiy xislatlar, sifatlar bor deb bilish diniy tasavvurlarning eng qadimgi shakli bO`lishi mumkin degan fikrga boramiz. Har qanday narsa va hodisalar - tosh, yog`och, g`or, buloq, daraxt xoh tabiiy bO`lsin, xoh inson mehnati orqali yaratilgan sun`iy bO`lsin, baribir, fetish sifatida kO`rinishi mumkin. KO`zmunchoq, tumor va boshqa shu kabilarni taqib yurish odatlari Markaziy Osiyoning deyarli hamma xalqlari orasida hozir ham uchrab turadi. Biroq, shuni ham nazarda tutish kerakki, ayrim hollarda tumor, kO`zmunchoq, muqaddas yozuvlar diniy xizmatlar bilan bir qatorda badiiy jihatdan ham muayyan vazifalarni bajarganlar. Ular mahalliy xalqlarning ayrim tarixiy madaniy an`analarini ham ifoda etgan. Ana shulardan bir turi animatizm diniy tasavvurlarning O`zgarib borishi va taraqqiyoti nuqtai nazaridan fetishizmga nisbatan yuqoriroq bosqichdir. Hozirga qadar bizning sO`z boyliklarimizda animatizmga xos bO`lgan qarashlar bilan bog`liq bO`lgan sO`z birikmalari uchraydi. Bunga “yomg`ir kelyapti”, “quyosh chiqyapti”, “tong otiyapti” kabilar misol bO`ladi.
Shundan sO`ng narsa, hodisalarni butun mavjudotlarni “ikkilantirish”, ya`ni ularning inson kO`ziga kO`rinmaydigan “joni”, “ruhi” mavjudligi haqida dualistik tasavvur shakllana borgan. Bunday tasavvurlarni ingliz tarixchisi, elshunosi E.Taylor animizm-tabiatdagi narsa va hodisalarni boshqarib boradigan jon va ruhlarning gO`yo mavjudligiga ishonch deb atagan. Inson vafotidan sO`ng uning ruhi yashashi haqidagi qarash ham animistik qarashdir. Sharq xalqlarining qadimgi diniy qarashlarida samoviy jismlarga, hodisalarga itoat qilishlar ham keng O`rin olgan. Bu borada yulduzlar harakatiga keng O`rin bkrilgan. Markaziy Osiyo xalqlarining osmon xudosi bO`lgan “Tangri” ga ishonishi, samoviy jism va hodisalarni muqaddaslashtirishlar bilan bog`liq qadimgi bir qancha diniy tasavvurlarning O`zaro uyg`unlashuvining natijasidir. KO`pgina turkiy xalqlarda Tangri xudo sifatida osmonga, yerga, oyga nisbatan ham qO`llanilgan. Bu vaziyat osmon, yer, suv, tog` xudolarini u davrlarda bir-biridan ajratilmaganligidan dalolat beradi. Sharq xalqlari orasida ajdodlar, ruhlariga sig`inishlar, ulardan madadlar kutishlar, yer, inson salomatligi uchun foydali bO`lgan chashma va buloqlarni muqaddaslashtirishlar, ular bilan bog`liq qurbonliklar qilishlar hanuzgacha uchrab turadi. Tog` balandliklari, dovonlari, sO`qmoqlari bilan bog`liq ruhlar eng kuchli va qudratli ruhlar hisoblangan. Ular sharafiga bag`ishlangan tosh uyumlari, muqaddas tepaliklar, sun`iy tO`siqlar, ayrim hollarda esa xom g`ishtlardan qurilgan gumbaz tom bilan yopilgan maxsus inshootlar barpo qilingan. Odatda bular atrofiga tog` echki va qO`ylarining shoxlari terib qO`yilgan, uzun tayoqlarga bir tutam jun, latta, paxta va yovvoyi qO`toslarning dumlari osib qO`yilgan. Hozirda ham bunday “muqaddas joylar”da, garchi hech kim dafn qilinmagan bO`lsa ham, mozorlar deb atalaveradi. Bular islom bilan bog`liq marosimchilik, toat-ibodatlarning tarkibiy qismiga aylanib qolgan. Dinning qadimiy shakllariga ona xudo (Onaxit) bilan bog`liq tasavvurlar ham kiradi. Ona xudo hosildorlikning, mO`l-kO`lchilikning ramziy ifodasi, oila O`chog`ini, yangi yosh avlodning homiysi ham hisoblangan. O`zbeklardagi Anbar ona, qirg`izlardagi Umoy enelar shular jumlasiga mansubdir. Dehqonlar “Bobo dehqon” haqidagi tasavvur ham shular qatoriga kiradi.
Markaziy Osiyo xalqlarining ilk qarashlari tarixi totemistik qarashlar bilan ham bog`liqdir. Bu qarashlar asosan yirtqichlarni muqaddaslashtirish orqali namoyon bO`lgan. Muayyan insonlar guruhlari hayvon turidan kelib chiqqan deb faraz qilish totemistik qarashlarning asosiy mazmunidir. Masalan, it, bO`ri, kiyik yoki bug`u, burgutlar turkiy xalqlarning bosh totemlari hisoblangan. Ular muayyan urug`larning asoschisi va homiysi deb bilingan. Eneolit davriga kelganda esa (eramizdan 3-5 ming yil ilgari) sopol idishlarda O`simliklar, buyumlar, geometrik shakllargina emas, tog` echkisi va qO`ylar ajdaholarning tasvirlari ham uchraydi. Shunga kO`ra qadimgi odamlar yovvoyi hayvonlarni bu dunyoda emas, balki O`zga dunyoda-g`ayritabiiy mavjudotlar, xudolar, ruhlar dunyosida yashaydilar va odamlar bilan xudolar orasidagi bog`lanishlarda vositachilik vazifasini bajaradilar, deb taxmin qilganlar. Chunonchi, turkman xalqlarining afsonalariga kO`ra burgut odamlar uchun emas, balki echkilar va ularning bolalari uchun yomg`irni yog`diradi. Qozoqlarda tug`ishi yaqinlashgan va yangi tuqqan ayolni yovuz ruh hisoblangan “alvasti” dan asrashda burgutdan foydalanish haqidagi tasavvurlar saqlanib qolgan. O`zbek va tojik xalqlarining milliy bosh kiyimi dO`ppilarda qO`shlarning, jumladan, musichaning tasviri uchraydi, deyarli hamma yerlarda bolalarni kO`z tegishlardan, balo-qazolardan saqlash maqsadida ukkining pati va panjalaridan, kO`zmunchoqlardan foydalanilgan. Bu hol chorvadorlarda ham uchraydi. Dunyo xalqlarida keng tarqalgan qushlarni, ayniqsa suvda suzadiganlarini e`zozlash, inson vafotidan sO`ng uning joni, ruhi qush shaklida inson tanasini tark etadi deb hisoblash; xorazmliklarda va tog`li tumanlarda yashovchi tojiklarda ham uchraydi. Tojikistonning uzoq tog`li viloyatlaridan birida yashovchi elatlar kabutarlarni hanuzgacha inson ruhi deb qarab, ularga ozor bermaydilar, iste`mol qilmaydilar, e`zozlaydilar. Markaziy Osiyo xalqlarining ilk diniy qarashlarida tuya va otlarni muqaddaslashtirish keng O`rin olgan. Bu jarayon eramizdan oldingi davrlarda kO`chmanchilik turmush tarzi va u bilan bog`liq xO`jalik ishlarining shakllanishi tufayli yanada rivojlangan. Eramizning III-IV asrlaridan boshlab 300 yildan kO`proq davr mobaynida qadimgi Buxoroda zarb etilgan tangalarda, garchi turli-tuman kO`rinishlarda bO`lsa ham, tuyaning tasvirlari chop etilgan. Markaziy Osiyo xalqlarining diniy qarashlarida bunday hayvon shakllaridagi muqaddaslashtirishlarning qoldiqlari uzoq davrlar mobaynida saqlanib qolgan. Chunonchi, bu vaziyat Siyovush (bu “qora ayg`ir ot toycha” ma`nosini anglatadi) bilan bog`liq qarashlarda ham O`z ifodasini topadi.
Fetishizm, animizm va boshqa shu kabilardan iborat bO`lgan qadimgi xalqlarning ilk diniy qarashlari urug`chilik tuzumining yemirilishi va uning O`rnida sinfiy tabaqaviy jamiyat tashkil topishi jarayonida O`zgarib borgan. Ovchilik bilan bog`liq sehrgarlik, afsungarlik va totemistik xislatlarga ega bO`lgan qarash va hara-katlar, keyinchalik ruhlar yoki shaytonlar haqidagi tasavvurlarga, hamma narsa va hodisalarni, odamlarni ikkilantirishga, ya`ni bir-biriga nisbatan mustaqil moddiy va ruhiy tomonlari bor degan qarashlarni vujudga keltirgan. Shaytonlar haqidagi qarashlarning vujudga kelishi, din tarixidagi muhim hisoblangan bosqich, kO`pxudolikning (politeizm) mavjudligi bilan O`zaro tutashib ketagan. Markaziy Osiyo xalqlarining pari, jin, shayton, ajdaho, dev, alvastilar haqidagi uydirma tasavvurlari ozmi-kO`pmi bir-bilariga ancha O`xshashdir. Bu g`ayritabiiy kuchlar O`zlarining xislatlari, odamlarga bO`lgan munosabatlariga kO`ra, shartli tarzda uch guruhga bO`linadi: birinchi guruhga odamlarga homiylik qiluvchi, ayni vaqtda ularga zarar va xastalik ham keltiruvchi bO`lib, ularni zarar-zahmatidan qutulish va rahm-shafqatiga ega bO`lish uchun is chiqarish, qurbonlik orqali xalos bO`lishi mumkin deb hisoblangan ruhlar kiradi. Bularga mozorlarda gO`yo yashaydigan arvohlar, ruhlar, O`t-O`choqlar bilan bog`liq diniy tasavvurlar va marosimlar misol bO`la oladi. Ikkinchi guruhga, insonlarga ziyon keltiruvchi hisoblanmish alvasti, ajina, dev, alamon, sarqiz, olmoz kabilardan iborat bO`lgan uydirma ruhiy, g`ayri tabiiy kuchlar kiradi. Uchinchi guruhga esa inson bilan O`ziga xos tarzda jinsiy munosabatda bO`la oladi deb tushunilgan parilar kiradi. Hozirda ham ba`zi tumanlarda bularga bag`ishlangan maxsus marosimlar O`tkaziladi. Chunonchi, jonivorlar sO`yiladi, xolvaytar, qatlama va hokazolarga O`xshash marosimchilik taomlari tayyorlanadi.
Yuqoridagi tasavvurlar paydo bO`lgan davrlardan boshlab sehrgarlik vujudga kela boshlangan. Buning asosiy belgisi ayrim odamlar sehrgarlar insonlar bilan ruhlar O`rtasidagi munosabatlarda vositachilik vazifasini bajara oladigan xislatlarga ega deb ishonishdir. Maxsus kiyim kiygan, childirma ushlagan va boshqa turli narsalar taqqan sehrgarlarning xalq O`rtasida raqs tushib va jazavaga kirib ruhlar bilan “aloqa bog`lashi” va ulardan ma`lum yO`l-yO`riq olishi sehrgarlikning asosiy marosimi hisoblangan. Sehrgarlar asosan ruhiy, asab kasalliklari bilan og`rigan kishilarni “davolashgan”, karomat kO`rsatish bilan shug`ullanishgan. Karomat mO`jiza kO`rsatishni va sehrgarlarlarning ayrim vazifalarini yana bir alohida toifadagi kishilar izayimxon, shomon, duoxonlar ham bajarishgan. Sehrgarlik bir qancha diniy tartib va usullarni O`ziga xos ravishda “payvandlagan”.
Kasalliklarni sehrgarlik usuli bilan davolashga urinishlar hanuzgacha Markaziy Osiyo xalqlari orasida uchraydigan ibtidoiy turmush tarzining eng turg`un bO`lagidir.
Diniy tasavvurlarning dastlabki shakllari mavjudlik davridanoq diniy ishonch, toat-ibodat, afsungarlik, sehrgarlik, jodugarlik O`z maqsadlariga, yO`nalishlariga kO`ra yaxshi va yomonlarga ajratilgan; kishilarni yo ovchilik, yo alohida malaka, bilimni talab qiladigan boshqa hunar bilan, bog`liq bO`lgan turlarga bO`lingan. Sehrgarlikning asosini xavf-xatardan saqlashga qaratilgan maxsus harakatlar (duo O`qishlar, har xil irim-sirim bilan bog`liq ishlar) tashkil qilgan.
Kishilik jamiyatining ilk bosqichlarida; toat-ibodatlar bilan bog`liq ijtimoiy hayotda jamoaning, urug`ning hamma a`zolari bir xil shakllarda qatnashganlar. Chunki bu bosqichlarda urug`dosh va qabiladoshlar orasida ijtimoiy tenglik hukm surgan. Keyinchalik urug`chilik-qabilachilik tuzumining yemirilish davrida, mas`ul kishilar uchun maxsus joylar, ruhoniylikni kasb-hunar qilib olgan kishilar toifasi (kohinlar, sehrgarlar va boshqalar) vujudga kelgan.
Diniy tasavvurlarning ilk shakllari Markaziy Osiyo xalqlarining keyingi diniy qarashlarining tarkibiy qismlarida tarixiy sharoitlar ta`sirida O`zgargan holda saqlangan: ularning san`ati, madaniyati va turmushiga ham muayyan darajada ta`sir kO`rsatgan.

Adabiyotlar:









Download 110,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish