Guruh:HSM002
Bajardi:O'rolov Shohjahon
“ Diniy ekstremizm va terrorizm: mafkura va amaliyot” mavzusi
bo`yicha nazorat savollari:
Ekstremizm, aqidaparastlik va mutaassiblik tushunchalarining mazmuni nima?
Terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari haqida nimalarni bilasiz?
Terrorizmning mohiyati va uning xalqaro miqiyos kasb etishining sabablari nimada?
Diniy mutaassiblikning ilk paydo bo`lishi qaysi davrga borib taqaladi?
Javoblar:
Ekstremizm (lotincha- “aql bovor qilmas darajada”, “xaddan oshish”) jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga zid radikal qarashlar va harakatlarni anglatadi.
Aqidaparastlik (arab.- “aqida”-“ishonch”, “biror narsani ikkinchisiga bog`lash”) muyyan sharoitda, boron-bir g`oyaga qat’iy ishonib, uni mutlaqlashtirish asosida shakillangan qoida va tartiblarni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko`r-ko`rona qo`llash yoki shunga urinshni anglatadi.
Mutaassiblik (arab. – “g`uluv ketish”, “chuqur ketish”) o`z fikr-mulohaza va dunyoqarashi to`g`riligiga o`ta qattiq ishonib, boshqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bo`lishni anglatadi.
Terrorizm (lotincha – “qo`rqitish”, “vahimaga solish”) – aholining keng qatlamlarida vahima va qo`rquv uyg`otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliayatdir.
Terrorizmning muhim bir xususiyati – uning muayyan siyosiy maqsad yoki amaliy natijalariga emas, balki u yoki bu huruj natijasida odamlar orasida, ijtimoiy fikrda yuzaga keladigan havotirli aks-sado, shov-shuvga erishishga qaratilgani hisoblanadi.
Terrorizm- bu shunday bir jinoyat turiki, uni amalga oshiruvchi inson o`z-o`zidan boshqa bir jinoyatga qo`l uradi. U shunday jinoyatki, uni hech ham oqlab bo`lmaydi. Bu harakat zaminida moddiy va siyosiy manfaatlar yotadi. Musulmon mamlakatlarida terrorchi uyishmalar ommaviy bo`la olmagani uchun aholining keng qatlamlari nomidan harakat qilish taassurotini uyg`otish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar. Shu sababli dinni yaxshi bilmaydiganlar, ayniqsa yoshlar bu oqimga kirib qolyaptilar. Terrorchi harakatlar dinni niqob qilib olganliklari sabali ham u xalqaro miqiyos kasb etmoqda.
Mutaassiblik ildizlari o`rta asrlarga borib taqaladi. Islomdagi ilk oqim Xalifa Ali ibn Tolib bilan umaviylar o`rtasida kurash davomida 657-yilda vujudga kelgan. Taxt uchun kurashda Ali ibn Tolib Muoviya tarafdorlari (umaviylar) bilan muzokara olib borishga ko`ngan. Bu hol xalifa Ali haqiqiy vorislik huquqiga ega, deb hisoblangan tarafdorlarning o`rtasida norozilik tug`dirgan. Qo`shinning bir qismi Alini kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib ketgan va keyinchalik Aliga ham, umaviylarga ham qarshi kurash boshlagan. Ular tarixda xorijiylar deb nom qoldirgan. Xorijiylar o`zlari “dindan qaytgan”, deb e’lon qilgan siyosiy raqiblariga nisbatan o`ta murosasiz bo`lgan. Og`ir gunoh qilgan musulmonlarni kofirga chiqarib, ularga qarshi qurolli jihod olib borganlar. Shu tariqa diniy mutaassiblik vujudga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |