4. Xotin uyiga erining ruxsatisiz hech kimni qo‘ymasligi, erining uyidan uning ijozatisiz biror narsani o‘zining yaqinlariga ham berishi kerak emas. Agar bersa, xotinga gunoh, erga savob bo‘ladi.
5. Shuningdek, erning ayoli ustidagi haqlaridan biri Xotin kishi Alloh taolo bergan nasibaga rozi bo‘lishi, eriga injiqlik qilmasligi kerak. Maishat qiyinchiligi yo hol nochorligi uchun g‘azablanmasligi va oh-voh urmasligi lozim. Balki xushnudlik va qanoat libosini kiyib, erining rizq topishdagi mashaqqatlarini qadrlashi, harom kasbga o‘tishidan qo‘rqib, undan hojatdan ortig‘ini talab qilmasligi darkor. Balki, erini ham qanoatga undab, harom yo‘llardan ogohlantirishi zarur. Momolarimiz erlarini kuzatayotib shunday derdilar: «Harom kasbdan saqlaning! Biz ochlik va qiyinchilikka chidaymiz, ammo do‘zax oloviga chiday olmaymiz». Ayol kishi o‘z erining tuyg‘ularini rioya qilishligi, u yoqtirmaydigan yoki unga ozor beradigan gap-so‘z va ishlardan yiroq bo‘lishligi hamda erining moliyaviy sharoitini hisobga olmog‘i, erining uy tashqarisidagi mas'uliyatlarini qadrlab, uyga kech kelishidan bezovta bo‘lmasligi yoki shu borada eriga bosim o‘tkazmasligi lozim. Shuningdek, Eri toqat qilolmaydigan darajada pul talab qilmasligi kerak. Zero, ba'zi ayollar, ehtimol ko‘plab ayollar nuqul o‘zga oilalarni, o‘zga erning o‘z xotiniga sarflagan narsalarini misol qilgan holda erlaridan xuddi shunday ta'minot talab qiladilar. Holbuki, dunyoviy sohada inson o‘zidan yuqoridagiga emas, o‘zidan pastroqdagilarga qarashi ayni hikmatdandir. Ana shunda inson o‘zining qanchalar ko‘p ne'mat ichida ekanligini his qilib, shukr qilishni boshlaydi. Shu ma'noda Nabiy sollallohu alayhi va sallam bunday marhamat qiladilar: “ أُنْظُرُوا إِلَى مَنْ هُوَ دُونُكُمْ وَلَا تَنْظُرُوا إِلَى مَنْ هُوَ فَوْقَكُمْ ، فَإِنَّهُ أَجَدَرُ أَنْ لَا تَزْدَرُوا نِعْمَةَ اللَّهِ عَلَيْكُمْ ” Ya'ni: “O‘zingizdan pastdagilarga qarang, o‘zingizdan yuqoridagilarga qaramang! Zero, shu ish (ya'ni o‘zingizdan pastdagilarga qarashingiz) Allohning sizlarga bergan ne'matini kamsitmasligingizga undaydi” (Imom Muslim va Ibn Moja rivoyati).
Bizchi, biz odatda o‘zimizdan yuqoridagilarga qarab to‘n bichamiz, o‘zimizdan ko‘ra ko‘proq ta'minlanganlarga qarab, oilada janjal qilamiz. Mantiqan o‘ylab qarasak ham o‘zidan tepadagilarga qarab ish tutgan odam, o‘zidan tepadagilarga qarab turmush o‘rtog‘ini malomat qilgan ayol, o‘zidan pastdagilarga ko‘zi tushganda o‘sha turmush o‘rtog‘ini maqtab qo‘yish mantiqan to‘g‘ri ish bo‘lgan va adolatdan bo‘lardi. Ammo, ne ajabki, biz faqat birtomonlama fikr yuritadigan bo‘lib qolganmiz. Ha, Alloh o‘z hikmati bilan hammaning sharoitini harxil qilib qo‘ygan. Dunyo kimgadir keng kimgadir torroq qilib berilgan. Kimki, shukr qilsa, Alloh unga ne'matni ziyoda qiladi va oxiratda ajr ham oladi. Ayol kishi erini qadrlasa, unga minnatdorlik tuyg‘ularini o‘zining muomalasi va xatti-harakatlari bilan izhor qilsa, Alloh unday ayoldan rozi bo‘ladi. Zero, insonlarga shukr qilmagan, insonlarning yaxshiliklarini bilmagan odam Allohga ham shukr qilmaydi. Shu ma'noda Nabiy sollallohu alayhi va sallam marhamat qilib, shunday deganlar: “لا يشكر اللهَ من لا يشكر الناس” ya'ni: “insonlarga shukr qilmagan kishi Allohga ham shukr qilmaydi!” (Imom Ahmad, Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari).
Ulamolar ushbu hadisga sharh berib quyidagi so‘zlarni aytganlar: “ya'ni, biror banda Allohga Uning ehsoni va yaxshiliklari uchun shukr qiladigan bo‘lsa, Alloh uning shukrini qabul qilmaydi, modomiki, o‘sha banda insonlarning yaxshiliklariga shukr qilmaydigan nonko‘r bo‘lsa”. Hadisning yana bir ma'nosi shundayki, “qaysi insonning odati odamlarning yaxshiligini bilmaslik, qadrlamaslik va nonko‘rlik bo‘lsa, unday inson odatda Allohga ham shukrni tark qiluvchi, noshukr bo‘ladi. Chunki, beruvchisi ko‘rinib turgan, kichik yaxshilikni qadrini bilmagan va ko‘ra olmagan inson katta yaxshilikni ham ko‘ra olmaydi”. Yana bir hadisda esa: “إنَّ أَشْكَرَ الناسِ لله تعالى أشكرُهُمْ لِلناس ” ya'ni: “Allohga eng ko‘p shukr qiladigan inson odamlarga eng ko‘p shukr qiladigan inson bo‘ladi”, deyilgan.
Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: لا تُؤْذِي امْرَأَةٌ زَوْجَهَا فِي الدُّنْيَا إِلا قَالَتْ زَوْجَتُهُ مِنَ الْحُورِ الْعِينِ : لا تُؤْذِيهِ قَاتَلَكِ اللَّهُ فَإِنَّمَا هُوَ عِنْدَكِ دَخِيلٌ يُوشِكُ أَنْ يُفَارِقَكِ إِلَيْنَا ya'ni: «Qay bir xotin bu dunyoda eriga ozor bersa, albatta, uning huri iyndan bo‘lgan xotini «Alloh halok qilgur(!), unga ozor berma! U sening oldingda vaqtinchalik mehmon bo‘lib turibdi, xolos. Yaqinda seni tark etib, bizning oldimizga kelajak», deya xitob qiladi (Imom Termiziy rivoyat qilgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |