Biroq, bu fuqarolar diniy ta’lim olish huquqiga ega emas, degan gap emas.
Mustaqillik tufayli O‘zbekiston fuqarolari uchun tom ma’nodagi vijdon erkinligi ta’minlandi.
Milliy va diniy qadriyatlarimiz qayta tiklandi va tiklanmoqda.
Jumladan Ramazon va Qurbon xayitlari har yili ommaviy ravishda, emin-erkin bayram sifatida nishonlanib kelinmoqda.
Diniy-ma’rifiy soxada Imom Buxoriy, Imom Motrudiy, Imom at-Termiziy, Bahouddin Naqshband, Burhoniddin Marg‘inoniy kabi ulug‘ mutafakkirlarimizning yubileylari o‘tkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |