Kufr va shirkning farqi nimada?
Savol: Kufr va shirk o‘rtasidagi farq nimadan iborat?
Javob: Kufr - haqni yashirishdir. Shirk Alloh taologa nimanidir sherik qilishdir. Kufr
va shirk ahlining oqibati do‘zaxdir.
Insonlar orasida birinchi kofir bo‘lgani Odam alayhissalomning o‘g‘li Qobil va uning
farzandlaridir. Ular Odam alayhissalomning amrlariga itoat etmaganlari uchun kofir
bo‘lganlar. Shirk Idris (Axnux) alayhissalom davrlarida paydo bo‘lgan.
Olovga sig‘inish qanday paydo bo‘lgan?
Savol: Ayrim xalqlarda olovga sig‘inish qanday paydo bo‘lgan?
Javob: Olovga sig‘inuvchi «majusiy», deb ataladi. Ular: «Alloh taolo Iblisni olovdan
yaratgan. Olov - Allohning nuridan yaralgan», deyishadi va olovga sig‘inishadi. Bu toifa
majuslar Alloh taoloni nurlarning nuri, deb e’tiqod qiluvchi toifadandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |