Savol: Xotin bola tashlasa, lohusa bo‘ladimi?
Javob: Agar homila insonlar xohishi bilan: dori yoki jarrohlik (kesish) bilan
tushirilgan bo‘lsa, bu ish buyuk jinoyat va qotillikdir.
Agar tushirilgan homilaning qo‘l, oyoq, tirnoq, soch va barmoq kabi a’zolari bilinib-
shakllanib qolgan bo‘lsa, lohusalik paydo bo‘ladi, a’zolari hanuz shakllanmagan-
bilinmagan bo‘lsa, lohusa sanalmaydi. Tushukdan so‘ng qon uch kun kelsa, bundan
avval o‘n besh kun pok yurgan bo‘lsa, u hayz qoni bo‘ladi. Unday bo‘lmasa, istihoza qoni
sanaladi («Ayollar fiqhi»).
Do'stlaringiz bilan baham: |