Savol: Chaqaloq tug‘ilmasidan avval kelgan qonning hukmi qanday?
Javob: Bunday qon nifos emas, istihoza qonidir. Bola gavdasining ko‘pi chiqmasidan
xotin lohusa bo‘lmaydi. Bu holatda kelgan qon ham istihoza qonidir. Bu onda xotinga
namoz farzdir. O’qimasa, qazo qiladi.
Bu hukmda muhim bir nuqtaga ishorat bor. Bola tamoman tug‘ilmasdan xotin lohusa
bo‘lmaydi, namoz bo‘ynidan tushmaydi. Namoz vaqti chiqmasdan avval chaqaloq
tug‘ilsa, namoz xotin zimmasidan tushadi.
Agar xotin bachadonidan qon kelmasa, qorin kesilib bola tug‘ilsa ham, lohusa
sanalmaydi. Faqat g‘usl qilishi, namoz o‘qishi, ramazon bo‘lsa, ro‘za tutishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |