Savol: Er xotinini ushlasa yoki ko‘zdan yosh kelsa, tahorat sinadimi?
Javob: Erkak ayolni yoki ayol erkakni ushlasa, hech qanday nam kelmasa, tahorat
buzilmaydi. Ammo nam kelsa, tahoratni yangilash kerak.
Kishi ko‘zidan og‘riq tufayli yosh kelsa, tahoratni buzadi. Lekin og‘rimasdan yoki
biron sabab bilan, masalan, shamol yo tutun tufayli kelgan yosh tahoratga zarar
qilmaydi.
Savol: Suyanib va yotib uxlash ham tahoratni ketkazadimi?
Javob: Suyanib va yotib uxlash tahoratni ketkazadi.
Ikki yo‘ldan quruq yeldan o‘zga biror narsa kelsa, istinjo yangidan qilinadi. Ammo
bundan boshqa sabablardan tahorat buzilgan bo‘lsa, tahoratning qo‘l yuvib og‘iz chayish
bilan boshlanadigan amallari yangidan qilinadi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |